Asosiy mavzular
10 may 2023

Mirziyoev Germaniyadagi muzeyga minnatdorlik bildirdi

Ilgari Eltuz xabar qilganidek, Germaniyaga tashrif doirasida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev va Germaniya Federal Prezidenti Frank-Valter Shtaynmayer Berlin shahridagi jahonga mashhur Jeyms Simon galereyasida “O‘zbekistonning arxeologik xazinalari. Makedoniyalik Iskandardan Kushonlar saltanatigacha” nomli noyob ko‘rgazma ochilishida ishtirok etishdi.

Prezident Mirziyoev ochilish marosimida ikki mamlakatda xalqlarimizning boy madaniy merosi va bugungi yutuqlariga qiziqish ortib borayotganini qayd etdi:

Hududidan Yevropaga eltuvchi qadimgi karvon yo‘llari o‘tgan O‘zbekistonning tarixi bilan Germaniya jamoatchiligi yaxshi tanish.

Germaniyaning eng yirik nashrlari Berlindagi ko‘rgazma, O‘zbekistondan keltirilgan arxelogik xazina haqida yozishmoqda. 

«Tarixga qiziquvchilar, san'at va arxeologiya ixlosmandlari uchun bu chinakam xazina. Biroq tarixiy emas, zamonaviy O‘zbekiston haqida ham shunday jo‘shib yozishlarini istagan bo‘lar edim» deydi Germaniyadagi «Yuzuk Art» tashkiloti ijrochi direktori Dilbar G‘afforova.

Ko‘rgazmaning ochilishi O‘zbekiston va Germaniya o‘rtasidagi madaniy aloqalarda diqqatga sazovor voqea bo‘ldi. Uning o‘tkazilishi haqida Germaniya Federal Prezidenti Frank-Valter Shtaynmayerning 2019 yil maydagi O‘zbekistonga tashrifi chog‘ida kelishilgan edi.

Qariyb to‘rt yil davomida ikki mamlakat arxeologlari, tarixchilari, san'atshunoslari va muzey xodimlari tadbirni tashkillashtirish ustida ishlashdi. Germaniyalik mutaxassislar ishtirokida 50 ga yaqin eng qimmatli osori-atiqalar restavratsiya qilindi.

2024 yilning 14 yanvar kuniga qadar davom etadigan ko‘rgazmada Berlin davlat muzeylari to‘plamlaridan 65 ta va O‘zbekiston muzeylari to‘plamlaridan 285 ta eksponat namoyishga qo‘yilgan. Ularning ko‘pi mamlakatimiz tashqarisida ilk bor ko‘rsatilmoqda.

Ko‘rgazmaga, bugungi O‘zbekiston va Markaziy Osiyo hududida joylashgan ilk davlatlarning miloddan avvalgi VI asrdan milodiy IV asrgacha davrni qamrab olgan tarixini aks ettiruvchi asori atiqalar qo‘yilgan.

Eksponatlar orasida Kushon imperiyasining Dalvarzintepa va Holchayon qo‘rg‘onlaridan topilgan aslzodalar, askar va badavlat ayollar haykallari bor.

Ushbu betakror ekspozitsiya tashrif buyuruvchilarga O‘zbekiston tarixi bilan tanishish, uning qadimiy merosi to‘g‘risida tasavvur hosil qilish imkonini beradi.

Eltuz O‘zbekiston madaniyati va tarixiga oid yangiliklarni yoritishda davom etadi. Kanallarimizga obuna bo‘lishni ununtmang.

Tag‘in o‘qing
14 aprel 2017
Ko‘lankadagi o‘zbek millioneri 2010 yilda bir muddat qamalganidan keyin g‘oyib bo‘lgan «Paxtakor» futbol jamoasi va “Kapital-bank”ning sobiq egasi 51 ...
17 iyun 2022
Biz nima uchun o‘zbek jamiyatida «ayollar huquqi» deb gapiramiz va bu ko‘pchilikka yoqmaydi?Buning sabablarini bilish uchun qiz bola bo‘lib ...
1 oktyabr 2018
Muhammad Bekjon o‘z kitobining navbatdagi qismida Koson zonasidagi 159-larning alohida jazolanishi, «g‘oz yurish» va uni 15 sutka izolyatorga hukm ...
13 sentyabr 2016
Agar Siz yoki yaqinlaringizni paxta terimiga qatnashishga majburlashsa, agar Sizdan paxta terimiga bormaslik uchun pul talab qilishsa, marhamat, bu ...
Bloglar
11 may 2024
1944 yilning 11 mayida Stalin barcha qrim tatarlarini Qrimdan surgun qilish haqidagi mash'um qarorni imzoladi. ...
6 may 2024
Hayrli kun! Urganch shahrida yashayman. Bugun quyidagi voqea yuz berdi: men avtobusda telefonda gaplashib turgandim. ...
30 aprel 2024
1990 yilning 30 aprelida mustaqil O‘zbekiston tarixidagi ilk demokratik partiya – «Erk»ning ta'sis qurultoyi bo‘lib ...