Asosiy mavzular
23 may 2023

Maktab tomidan o‘tayotgan chakka, ta'mirlanmayotgan yo‘l va tarixiy ko‘lning ko‘mililishi – EP77

Calom qadrli muxlislar Eltuz portaliga kelgan navbatdagi beshta xatni o‘qiymiz. Ular Tashkent, Qashqadaryo va Camarqand viloyatlaridan kelgan. Dastlabki shikoyat toshkent viloyatining Bo‘ka tumanidan. Ochiq byudjet loyixasida g‘olib chiqqan tumanga yo‘l ta'miri uchun pul ajratilmadi deya yozmoqda, xat egasi.

Toshkent viloyati Bo‘ka tumanidan murojaat qilyapmiz. “Ochiq byudjet” portaliga ichki yo‘llarni asfaltlash loyihasini qo‘yib g‘olib chiqdik, lekin haligacha ta'mirdan darak yo‘q. Tuman hokimligidan so‘rasak, mablag‘ yo‘q, 2023 yil davomida ham iloji yo‘q deyishyapti. Qo‘shni Piskent tumanida “Ochiq byudjet”da g‘olib chiqqan loyihalar bo‘yicha yo‘llar asfalt qilib berildi. Bo‘ka tumanida g‘olib chiqqan loyihalar ham tez muddatga ijro etilishini so‘raymiz

Keyingi maktub Qashqadaryoning Muborak tumanidan. Gaz ishlab chiqariladigan tumanda gaz yo‘q. Aholi suyultirilgan gaz balloni kelishi kechikayotganidan arz qilmoqda.

Qashqadaryo viloyati Muborak tumani Qarliq qishlog‘i Bo‘ston mahallasidan murojaat qilyapmiz. Qishlog‘imiz ikkiga – Katta Qarliq va Kichik Qarliqqa bo‘lingan. Katta Qarliqqa suyultirilgan gaz ballonlar 30, ba’zida 40-50 kun kechikib tarqatilmoqda. Vaziyat murakkab bo‘lib, biror mas’ulga iltimos qilsangiz tezroq ajratadilar. Bo‘lmasa, eski hammom eski tos. Qishlog‘imiz Muborak gazni qayta ishlash zavodiga yaqin bo‘lsa-da tabiiy va metan gaz yo‘q. Holat yuzasidan amaliy harakat kutib qolamiz

Navbatdagi xat ham Qashqadaryodan. Sifatsiz maktab qurilishi va maktabdagi nosog‘lom muhit haqida yozishmoqda.

Qashqadaryo viloyati Qarshi tumanidagi 12-maktabdan yozmoqdamiz. Maktabimizda 2022 yilda mahalliy byudjet hisobidan qurilish olib borildi. Ammo qurilish ajratilgan mablag‘ga yarasha bo‘lmadi. Maktab jihozlari ham o‘lda-jo‘lda, maktab hovlisi, uzr-u, eski qurilish mollari sotadigan bozorni eslatadi. Maktab direktori ma'naviyat ishlariga befarq. “Yangi O‘zbekistonda sifatli ta'lim” deb bong urilmoqda. Bizda esa buning aksi. Maktabda muhit sog‘lom emas. Vazirlik holatni nazoratga olishini so‘raymiz.

Keyingi shikoyat Bo‘ka tumanidagi tarixiy ko‘lning ko‘milib o‘rnida gaz zapravka qurilayotgani hususida.

Toshkent viloyati Bo‘ka tumani markazida joylashgan tarixiy ko‘lni ko‘mib, uning o‘rnida gaz zapravka qurishyapti. Qurilishni to‘xtatishga na aholi, na hokimning kuchi yetdi. Qurilish qonuniy bo‘lmoqdami?

Va nihoyat so‘nggi maktub Samarqand shahridan ko‘zi ojiz bolalar uchun ixtisoslashgan maktab tomidan chakka o‘tayotgan ekan.

Samarqand shahridagi 59-son ko‘zi ojiz bolalar uchun ixtisoslashgan maktab-internati oshxonasidan chakki o‘tmoqda. Holbuki, ta’lim maskani yaqinda qariyb 19 milliard so‘m sarflanib ta'mirlandi. Holatni nazoratga olishlarini so‘raymiz.

Bu sizga bugun o‘qib eshittirganimiz beshta shikoyatning so‘nggisi edi. Ko‘rsatuvimizga kelayotgan izoxlarda ko‘pincha biz bilan qanday bog‘lanish. Qanday qilib bizga murojaat qilish mumkinligi to‘g‘risida so‘rashadi. Bilmaganlar uchun yana bir bor eslatamiz. eltuz portali interaktiv tarzda telegram kanalida alohida sahifa shaklida ochilgan. Murojaatlar uchun u yerga maxsus bot ham o‘rnatilgan. Eltuz kelayotgan shikoyatlar, videomurojaatlar, takliflar va ularga yozilgan javoblarni ham e'tiboringizga taqdim etishga intiladi. Videolarimizga layk bosing. Kanallarimizga obuna bo‘lishni unutmang.  

@eltuz

Tag‘in o‘qing
9 sentyabr 2016
Mustaqil matbuotda va ijtimoiy tarmoqda Karimovning nojoiz joyga dafn etilgani, zudlik bilan maqbara qurish uchun 120 tacha mozor buzilgani ...
16 fevral 2021
Qiziq, men o‘zimni «Sen kimsan?» deb taftish qilar ekanman, boshqalar ham bu savolni menga bera boshladilar: «Sen kimsan?» Tabiiy, ...
25 yanvar 2022
Toshkentning barcha hududlarida elektr energiyasi o‘chgani sababli Toshkent metropolitenining barcha yo‘nalishlarida vaqtinchalik metro harakati to‘xtadi. Hozircha mobil aloqa ishlamoqda. ...
5 may 2015
Bizda ko‘p narsalar taqiqlangan: har qanday mafkura, din, o‘zgacha fikrlar.  Taqiqlar shu darajada ko‘p va xilma xilki, Masyana haqidagi ...
Bloglar
11 may 2024
1944 yilning 11 mayida Stalin barcha qrim tatarlarini Qrimdan surgun qilish haqidagi mash'um qarorni imzoladi. ...
6 may 2024
Hayrli kun! Urganch shahrida yashayman. Bugun quyidagi voqea yuz berdi: men avtobusda telefonda gaplashib turgandim. ...
30 aprel 2024
1990 yilning 30 aprelida mustaqil O‘zbekiston tarixidagi ilk demokratik partiya – «Erk»ning ta'sis qurultoyi bo‘lib ...