Asosiy mavzular
11 avgust 2023

General surgundan qaytdi – RTdan va'z

Rassom Tuz: Azizlar mana zuvv etip xafta aylanib yana siz bilan yuzma-yuzman.

Matchon Suqulish: Nichiksizlar xo‘jik birri, ham mo‘chchi oybikala. To‘y sezon boshlanib diyralishmaya start barildimi, Mo‘llo buvolani biti do‘kilibdi. (video)

MS: Eshikingni aldi o‘y akan. Ichi do‘li qo‘y ekan. do‘qqiz oydan keyin galsam, bir ulli beshik to‘y akan. Og‘o go‘rdigizmi instada. Odamla beshikni musora tashapti.

RT: Eskirgan beshikni musorga tashash joizmi? Beshik yog‘ochdan qilinadigan va ba'zi vrachlar bola zindoni deb ataydigan mebel. Agar beshikni yog‘ochi qurtlagan bo‘lsa musorga tashamay, yoqib yuborgan ma'qul. Singan bo‘lsa, musorga tashasa hech narsa qilmaydi. Eski divan, kreslo, krovat, bolalar yotog‘i  qotorida buniyam tashavorish joiz. Agar beshik 18 asrda naqshin qilib yasalgan bo‘lsa, u xalq xunarmandligi namunasi sifatida saqlanishi kerak. Eski tuski tujjorlari,  osori atiqachilar sotib oladi e'lon bersangiz. «Beshikni tashasa oxir zamon bo‘ladi» deb dodlaganlar xotirjam bo‘vursin. Hech narsa bo‘lmaydi. Beshik bu oddiy va baxsli mebel. Ikona, but, sanam yoki sig‘iniladigan muqaddasot emas. Uni ustalar bolta, tesha, arra yordamida arzon tol yog‘ochi yoki sosnadan yasaydi. (Shunga qurt tushadi) «Beshik – bu o‘zbekchilik» degan gap ham yanglish. Tojiklarda ham beshik bor. Beshik Markaziy Osiyodan tashqari Gruziya va Turkiyaning ba'zi bo‘lgalarida mavjud.

MS: Og‘o, siz beshikda yotmog‘onmisiz? Hokimlaram beshikda yotqon. Mirziyopam yotqon beshikda.

RT: Mendan yosh onalar maslahat so‘rasa, «zinhor bolani beshikka yotqizmang» deb maslahat beraman. Beshik bola uchun qattiq stress. Boylab qo‘yish asnosida qullik zehniyati shakllanadi. Beshikda yotgan bolaning boshi yassi bo‘lib qoladi.

MS: Yaxshi, beshik masalasini tushundik. Indi maktab bollo gruppa bo‘lib xaja borso nichik bo‘ladi?

2023 yil 8 avgustdagi 345-sonli hukumat qarori bilan 18 yoshga to‘lmaganlarning umraga borishi taqiqlandi.

(Video qo‘lda bayroq bilan raqs tushayotgan bolalar)

MS: Og‘o, Urganchda surgunda yurgan general Toshkenta qoytdi ishitdingizmi.

General surgundan qaytdi

General-mayor Nazarmuhamedov Davron Abitovich ichki ishlar vaziri o‘rinbosari — Ma'naviy-ma'rifiy ishlar va kadrlar bilan ta'minlash departamenti boshlig‘i lavozimiga tayinlandi. Bunga qadar Xorazm viloyati Ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i lavozimida xizmat qilgan. Nazarmuxamedov 2017-2019 yillarda ichki ishlar vazirining birinchi o‘rinbosari bo‘lgan.

MS: Og‘o inoshu xatni naloqni ministrina barib qo‘yar akansiz.  Inobi rasmni iyaripti qo‘shib

Uzun tumanidan ministrga  qisqa maktub

Hurmatli ministr. Men Uzun tuman nalogda ishlaydigan bola bilan yurgich edim. U bolani shirin gaplariga chidolmay berib qo‘ydim. Qizligimni oldi, yashshamagur. Endi uylanmayman dep yotibdi. «Oyoq yuzing yoroshmadi, soningni silayman deb moshindi terakka urdim» deb baxona qildi it. Hurmatli ministr, shu bolaga oyting, menga uylansin.

MS: Psixolog novvi diydi bu gapa?

Eshak va uning egari

MS: Og‘o shu hokimlani saylab qo‘ysak bo‘lmiydimi? Hech bo‘lmaganda saylov vaqtinda ela un, yog‘ taraqatar adi.

RT: Dehqonobodlik ziyoli olim «hokimlarni saylash kerak» degan fikrni aytdi. Quloqqa yaxshi eshitiladi, ammo qoramolga aylantirilgan to‘daning tanlovi davlatni tanazzulga olib boradi.  Namanganda bir orqasevar pedofil mullani saylashadi, Qashqadaryoda kuf-sufchi eshonbovoni, Toshkentda esa salim o‘g‘ri yoki baxtiy o‘g‘rini. Qolgan yerlarda un, kalish tarqatganga o‘z o‘yini berishadi. Qirg‘izistonda bunday badbaxatlikni ko‘rdik. Deyarli hammasi putinqul va arabqul bo‘lgan to‘dani saylov qutisiga yaqinlashtirish granatani gulxanga tashash bilan teng. Xalq bu eshshak ustidagi egar. Eshshak bilan eshakning egasi o‘rtasida ezilibgina turadi. Eshshak qaerga yursa, egar ham o‘sha tarafga yuradi. Oldin buni sal boshqacharoq ham aytgandim. Xalq bu hukmdor, bilganini yozadigan oppoq qog‘oz. Chao birotlar. Pompidu. Chars va nashaning tozasi. Qatortoldagi kurvalar va Uchko‘prikdagi kokain.

MS: Uchko‘prikda kokain bormi? Ënqi Umida mallimni ishi nichik bo‘ldi?

Ovsar hokim va muallim janjali

«Uch yil burun juda dag‘al¸

Bir ish qilib eding menga!

Ko‘rsataman endi senga!!!»

Krilovning «Bo‘ri bilan  qo‘zichoq» masalining Cho‘lpon tarjima qilgan bu ravon satrlarni katta avlod yod biladi. Mavzuga sakrasam. Shu kunda Surxonning tug‘ma ovsar  hokimini «dunyoga mashxur qilgan» maktab direktori Umida Tursunovani yomonotliq qilmoqchi bo‘lganlar «bir yil oldin maktabga bostirib kirgan blogerlarni haydab chig‘ordi» deyishmoqda. Germaniya, Frantsiya yoki Chexiyadagi maktabga bloger yoki jurnalist ashqol dashqolini ko‘tarib kira olmaydi.  Ruxsat olishi kerak. Agar AQShda shunaqa kirib borsa, kiraverishdagi qorovul baqlajon tog‘a pistoletini chig‘orib «maktab hududiga bostirib kirganlarni» otib tashagan bo‘lardi. So‘t qorovulni oqlardi. Tushunarlimi? Ëki yana yozaymi. O‘zbek maktabi degan xudo qarg‘agan joyda kir bosgan tovus jempirdi kiyib yurgan ko‘ti tog‘oraday semiz va savodsiz mallim xotinlar bo‘ladi. Insho yozsa ellikta xato qiladigan, bolalarni urib, jonini sug‘urib olgan alvastilar. Bir vaqtlar peduchilishini bitirib, keyin bir amallab sirtdan diplom olgan urodlar. Shular dars talashib, doimiy hujumga o‘tish uchun maktablarda front chiziqlari yaratishgan. Ular bollarni o‘qitishni o‘ylamaydi. Dars soati olib, bekarchi, dangasa eri va bir dunyo parazit bola baqrasiga pul oborib bersam deb o‘ylaydi. Bu parazit sinfdan maktabni tozalab tashash kerak. Aynan o‘shalar maktab direktori Umida Tursunovaga qarshi birlashib, pul to‘lab, balogir yollab, hujumga o‘tib yotishibdi. Ha, tovus jemperingga kuya tushsin desam shundog‘am ado bo‘lgan ustivoshi. Umuman barcha maktablar bu shumg‘iya, alvasti va qorinboy mallimlardan tozalanishi kerak. Nima devdilar Krыlov bobomiz? Tarixda misollar juda ko‘p bunga degandilar.

MS: Tarixni qo‘ying og‘o xozirdan so‘llang. Ko‘chada xotinlo urush boshlog‘on. Do‘rtinchi jaxon urushi!

«Ber porani – o‘ldir fuqaroni!»

RT: Men yosh bola paytimda pora olish-berish jarayonida qatnashganman. Yana ham to‘g‘risi, 4000 sovet so‘mi solingan dermantin (o‘sha payt uchun katta summa) so‘mkani ko‘tarib turganman. Bitta krutoy qarindosh, yana bitta krutoy qarindoshning o‘g‘lini Tosh DU xozirgi Milliy Univerga kiritib berdi. Yur, Toshkentni ko‘rib qaytasan  deb meni ham obketishdi. Avgustda bo‘ladigan kirish imtihoni yanvarda «xal bo‘ldi». Poraxo‘r Tosh Duning ingliz tili do‘mlasi. Uyi Rashidovning  anhorbo‘yi rezidentsiyasiga yaqin maxallada. (Rashidov ashi davrda mo‘htaram bo‘lib ishlardi) Beshyog‘ochdan ikki ostanopka uzoqda. Teatralniy institutga yaqin joy. Oldiniga qarindoshim meni ko‘chada pul solingan so‘mka bilan qoldirib, ichkari kirib ketdi. Keyin ichkaridan chiqib, menga anhor bo‘yidagi trotuar bo‘ylab yur, ondatra telpakli ko‘zoynakli amakiga so‘mkani ber, dedi. Men so‘mkani berdim. Ondatra telpakli ko‘zoynak, rangini kaltakesakday qilib, so‘mkani olib badar ketdi. Qarindoshimiz ashi yildi sentyabr oyida Tosh Du studenti bo‘ldi. Oradan ancha vaqt o‘tib o‘sha mahalladan taksida o‘tib borayotirsam bir xotin qo‘l ko‘tardi. Ënida to‘ridan go‘ri yaqin ko‘zoynakli boboy turibdi. «Xoji otani hastimomga tashab qo‘ying. Jumaga shoshvotti» dedi. Men uni tanidim. Ësh bollarda fenomenal pamyat bo‘ladi. «Xojota siz Tosh Du ingliz tili kafedrasida mudir bo‘p ishlagansiza palonchi yili» dedim. Boboyning ko‘zi yoshlandi. Meni quchoqlab «seni o‘qitganmidim xovoryu may student» dedi. Men unga «umra qiganmisiz yo hajmi» deb so‘radim. Uch barmog‘ini ko‘rsatib. «Ikki marta umra, bir marta haj qildim».  O‘g‘ri qarisa so‘pi bo‘ladi, degan maqolni aytmadim. Sal o‘tmay, u domla o‘ldi. Ammo O‘zbekistonda poraga o‘qishga kiritish degan tizimi o‘lmadi. Svejiy misollardan keltiray. Andijon davlat universiteti xodimi yuqori lavozimlarda ishlovchi tanishlari orqali bitta g‘irt ovsarni  mazkur oliy o‘quv yurtining “Biologiya” yo‘nalishi bo‘yicha sirtqi bo‘limga o‘qishga kiritib qo‘yish evaziga 4 ming AQSh dollari olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlandi.

MS: Poraxo‘r nerda ?

RT: Ha, o‘lma! Qamag‘da!!!

Qarshi shahrida yashovchi, 31 yashar aperist o‘zganing ishonchiga kirib, mansabdor tanishlari yordamida uni Qarshi davlat universitetining “Sport” fakultetiga o‘qishga kiritib qo‘yish evaziga 3 ming AQSh dollari olgan vaqtida ushlandi. Ashnaqa Qarshilikdan chiqmas yaxshilik. Poraxo‘r qaerda? Ha o‘lmang! Qamag‘da!!!

Chirchiq davlat pedagogika universitetining bo‘lim boshlig‘i 2 nafar o‘zbek qashshog‘ining Rossiya Federatsiyasi oliy o‘quv yurtidagi o‘qishini o‘zi faoliyat yuritayotgan universitetga ko‘chirib berish va 2 nafar fuqaroga ingliz tilini bilish bo‘yicha xalqaro sertifikat olib berish evaziga 10.100 AQSh dollari olgan vaqtida ushlandi.

Boshqa holatda esa Chirchiq davlat pedagogika universiteti o‘qituvchisi qashshoqni  ushbu oliy o‘quv yurtining maktabgacha va boshlang‘ich ta'lim jismoniy tarbiya yo‘nalishiga o‘qishga kiritib qo‘yish evaziga 3 ming AQSh dollari olgan vaqtida ushlandi.

Yana bir holatda Qibray tumanida yashovchi er-xotin o‘zlarining tanishlari yordamida fuqaroni Chirchiq davlat pedagogika universitetiga o‘qishga kiritib qo‘yish evaziga 3500 AQSh dollari olgan vaqtlarida ushlandi.

Xo‘sh toshobldagi poraxo‘rlar qaerda? Ha o‘lmang! Qamag‘da!!!

Hozirda barcha holatlar yuzasidan mazkur shaxslarga nisbatan Jinoyat Kodeksining 168- (firibgarlik) va 28,211- (pora berish) moddalari bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Post Skriptum: Surxondaryoning joriy hokimi ham pora bilan o‘qishga kirgan. Ammo ushlanmagan. Men ushlanganlari haqida yozdim. Ushlanmagani son ming. Yangi O‘zbekistondagi barcha poraxo‘r.

MS: Lekin og‘o, poro olami, boshqa atami. Topqoni to‘yo biyirsin. Samarqandda qizishib getib yosh bolloni o‘ylantirib boshlodila.

(Video)

Bundan ikki oycha oldin bir sobiq hokim bilan gaplashuvdim. Bu hokim lavozimda ekan «qonun bu menman» degan absolyut tushuncha bilan yashaganini aytadi. Majlisda milisani turizib «palonchini o‘nbesh sutka qama» desa, og‘zidan gap tushmasdan o‘sha odamning qo‘liga kishan solingan. Sudyalar kechagi chislo bilan mahkama qarori chig‘orib berishgan. Ko‘chada ikki qavatli uyni ko‘rib, «buz» desa shartta buldozer olib kelib buzishgan. Lyuboy odamga «tur o‘rningdan, ma senga ruchka, palonchining ustidan ariza yoz» desa, o‘sha odam yugurib borib darrov otasining ustidan bo‘lsa ham jaloba yozgan. Bu hokim majlisda har kuni barcha qo‘l ostidagilarni onasidan so‘kkan. Onasi o‘lgan bo‘lsa «onangni go‘riga sikay»  deb so‘kkan. Hech kim g‘irring ham demagan. Muzeyga borib respublika ahamiyatidagi va qonunga ko‘ra Madaniyat vaziriga bo‘ysunadigan muzey direktoriga «Davay och shisha qutingni» deb 18 asrda qozikalon kiygan noyob eksponat, usti arab yozuvli zarbob to‘nni o‘g‘li o‘qiydigan yurfak domlasiga kiygizib rasmga olgan. Yaxshiyam choponni olib ketmagan. Muzey direktoriga «o‘rab ber  choponni» desa¸ darrov o‘rab berib, ta'zim qilardi.  O‘zbekistonda notavon, mute, qo‘rqoqlarning son sanoqsiz armiyasi bor. (sanasa biror 36 million chiqadi plyus, minus)  Pora berib yurfakni tugatib, pora berib sudya bo‘lgan chalasavod albatta hokimdan qo‘rqadi. Barcha mayda mulozimlar qo‘rqoq va insonga yarashmaydigan darajada tuban. Agar xodimni urib keltaklab, ustidan siysang ham lavozimi katta odamga xudoga sig‘ingandek sig‘inaveradi. Surxon hokimi Ulug‘bek Qosimov yoshligida supadan yiqilib miyasi lat yegani uchun tug‘ma ovsar.  Boz ustiga ikki oyligida qizamiqqa chalinib, yaxshi tuzalmay qolib ketgan. Miyasiga bilim yuqmaydi. Ota onasi pora bilan o‘qishga kiritib, pora bilan ishga joylagan. Bu tug‘ma ovsar «davlatchilik printsiplari» va «insonlarning konstitutsion huquqi» degan narsani umuman bilmaydi. Miyasi amyobaniki kabi kichik bo‘lgani uchun bilimni hazm qila olmaydi. O‘z fikrini bemalol bildirgan o‘qituvchini «jinoyatchi» deya qamagan Uzun tuman sudyasi Jumanov yoshligida  mehmondan qolgan tandir go‘shtini yeyman deb, tomog‘iga suyak tiqilgan. Emchiga oborishganda uning boshiga urib urib suyakni chiqarib olgan. Ëshligida yegan zarbalar oqibatida miyasi ishlamaydigan bo‘p qogan. Hamma bachalar olti oy beshikda yotsa, Jumanov ikki yil yotib orqa miyasi sabzi to‘g‘raydigan taxtaday tep tekkis bo‘lib qolgan. Oqibatda miyaning  fikrlash degan funktsiyasi deformatsiya bo‘lgan. Ota enasi qo‘y, molini sotib bu ovsar tentakni yurfakda o‘qitishgan. Poraning kattasini berib, sudga ishga kiritishgan. Uzun tumanining kaltafaxm aqli ko‘tox sudyasi Jumanovni davolabam bo‘lmaydi. Uni qayta o‘qitib aqlini ham kiritib bo‘lmaydi. Uzun tumanida gavron bilan savalab o‘qib qo‘yadigan domullo bor deyishadi. Balki yotqizib uch kun savalansa aqli ishlab ketishi mumkin. Shokoterapiya deydi buni. Ammo shaxsan men buning ham foyda berishiga ishonmayman. Boshlar oyoq¸ oyoqlar bosh bo‘lib it izi ot iziga qo‘shilib ketgan alg‘ov dalg‘ov zamonlarga qoldik.

MS: Og‘o, sho‘rda durib alni ochip, uring potyani!

RT: Assalom O‘zbekiston juma muborak!

Tag‘in o‘qing
20 aprel 2017
O‘zbekistonlik tahlilchi Anvar Nazirning Eltuz muxbiriga bildirishicha, yaqinda Toshkentda hokimiyat darajasida o‘tgan komissiya yig‘ilishida kirilga qaytmaslik, lotin alifbosini saqlab ...
8 mart 2017
Rossiya Tashqi razvedka xizmati direktori Sergey Narishkinning O‘zbekistonga sirli tashrifi na mahalliy matbuotda, na biz kuzatishga muvaffaq bo‘lgan rus ...
18 avgust 2020
Karantin paytida odamlarga qulaylik yaratilmayapti, deb yozmoqda Farg‘ona viloyatidagi muxlisimiz. Uning aytishicha, bankdan qarz olgan. Karantin paytida aholini qo‘llab-quvvatlash ...
13 aprel 2018
Yaqin tanishimning qizi rus maktabida o‘qiydi. O‘zbek maktablarida ta'lim berish sifati pastligi bois farzandini shu maktabga bergan. Shunday bo‘lsa-da, ...
Bloglar
21 aprel 2024
Kartinani kecha uyimga olib keldim. Bir kecha termilib yotmoqchi edim. Lekin imkon bo‘lmadi. Doimgidek hayot ...
6 aprel 2024
Bugungi kunda rus propagandasi faqat rus telekanallari orqali berilyapti degan odam qattiq yanglishadi, chunki propaganda ...
28 mart 2024
Rossiya gumondorlarini qiynagani IShID versiyasini yo‘qqa chiqarmaydi.  Bu yerda bir eski siyqa tryuk ishlatiladi. Spetsslujbada bu ...