Asosiy mavzular
10 avgust 2023

Bulung‘urda doimgidek fuqarolar aybdor bo‘ldi

Eltuz e'lon qilgan Bulung‘urda IIB xodimlari kaltaklagan o‘spirin videosi yuzasidan ichki ishlar idorasi munosabat bildirdi.

“Xodimlar qo‘pollik qilib urayapti”- deya, tasvirga olib, ijtimoiy tarmoqqa tarqatish javobgarlikdan ozod etmaydi. Aksincha, yolg‘on axborot tarqatish uchun ham javobgarlik mavjud», deya odatdagidek voqelikni yoritmoqchi bo‘lgan fuqarolarni aybdor qilishga uriniladi jumladan IIB bo‘limi e'tirozida.

Raddiyadan ma'lum bo‘lishicha, Bulung‘ur tumanida aholi tinchligini buzib, jamoat tartibini saqlagan xodimlarga qarshilik qilganlarga nisbatan tegishli tartibda hujjatlar rasmiylashtirilib, sud organiga yuborilgan.

2023 yil 2 avgust kunidan 3 avgust kuniga o‘tar kechasi soat taxminan 00:30 larda Bulung‘ur tumani “Gulozor” mahallasida yashovchi fuqaro Z. Bulung‘ur tumani IIB navbatchilik qismiga telefon orqali murojaat qilib, yashash uyining oldida joylashgan futbol o‘yingohida bir necha shaxslar baqir-chaqir qilib, har-xil uyatli so‘zlarni aytib, shovqin solib, oilasi tinchini buzganligini ma'lum qilib, ularni tinchlantirishni so‘ragan.

Murojaatga asosan, Bulung‘ur tumanida tungi xizmatga jalb etilgan xodimlar o‘yingohga borgan vaqtida, haqiqatdan ham u yerda bir necha nafar yigitlar soat 23:00 dan so‘ng, shovqin qilib, aholi tinchini buzayotganligi aniqlangan.

Shundan so‘ng, IIB xodimlari yigitlarni tinchlantirmoqchi bo‘lgan vaqtlarida ular xodimlarining qonuniy talablarini bajarmasdan qarshilik ko‘rsata boshlagan.

Fuqarolar IIB binosiga olib kelinib, tegishli tartibda rasmiylashtirilish jarayonida ularning ortidan yaqinlari tuman IIB binosiga kelib, shovqin ko‘tarishgan.

Ushbu fuqarolardan biri M.Z. qo‘l telefoniga go‘yoki IIB xodimlari ularni urayotganligini aks ettirish maqsadida yolg‘on va asossiz so‘zlar bilan holatni video tasvirga olgan.

Hodisada xodimlar tomonidan fuqarolarga nisbatan kuch ishlatish yoki qo‘pol munosabatda bo‘lish holatlari sodir etilmagan.

Hozirgi kunda ushbu shaxslarga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi MJtKning 183, 192, 194-moddalari bilan ma'muriy bayonnoma rasmiylashtirilib, to‘plangan hujjatlar JIB Bulung‘ur tumani sudiga yuborilgan, deya bildiradi Samarqand viloyati IIB Matbuot kotibi, J.Sagdullaev.

Eltuz O‘zbekiston kuchishlatar tizimlaridagi voqealarni yoritishda davom etadi. Ko‘rsatuvlarimizni kuzatib boring. Kanalimizga obuna bo‘ling. 

Tag‘in o‘qing
26 dekabr 2019
«Erk» demokratik partiyasi lideri Muhammad Solih “Begona” filmining 10-qismida 1991 yilning avgustida sodir bo‘lgan voqealar, GKChP va uning Karimov ...
21 yanvar 2016
O‘zbekistonda fonogrammaga og‘iz qimirlatadiganlar ham «Xalq artisti» unvonini sotib olayotgani borasida e'tirozlar bor. «Unvon sotish» jarayoni rassom Elesevar uchun ...
30 dekabr 2016
Ayni kunlarda «mustaqil gazeta» degan balandparvoz maqom bilan chop etiladigan «Hurriyat» nashrining ilk soni chiqqaniga 20 yil to‘layotir. Shu ...
22 aprel 2016
«Pravda vostoka» gazetasi Toshkentda milliy innovatsiya tizimi masalasida bo‘lib o‘tgan ilmiy-amaliy anjumanda xorijlik mehmonlar ham ishtirok etganini bildirdi. Ana ...
Bloglar
11 may 2024
1944 yilning 11 mayida Stalin barcha qrim tatarlarini Qrimdan surgun qilish haqidagi mash'um qarorni imzoladi. ...
6 may 2024
Hayrli kun! Urganch shahrida yashayman. Bugun quyidagi voqea yuz berdi: men avtobusda telefonda gaplashib turgandim. ...
30 aprel 2024
1990 yilning 30 aprelida mustaqil O‘zbekiston tarixidagi ilk demokratik partiya – «Erk»ning ta'sis qurultoyi bo‘lib ...