Asosiy mavzular
1 sentyabr 2023

O‘zbek timsoxi qo‘rqinchlimi, yoki Meksika krokodili? – RTdan va'z

Men Rassom Tuz,

Sen bilan yuzma yuz!

Ëmonliqni buz,

Yaxshilikni tuz!

Kelayotir sovuq kuz

Issiqdan umidni uz!

MS: Og‘o bugun ullini ulli guninda jo‘qi she'rlarini qo‘ying. Karimo‘p davrinda senator bo‘lg‘on shig‘irchi Iqbol Mirzoni o‘qing.

RT: Yer yuzining jannati sensan,

Yaratganning san'ati sensan.

Jannatbog‘im, hazrattog‘imsan,

Mehrobimsan, sajdagohimsan.

Sen onasan, muqaddas Vatan!

Yagonasan, muqaddas Vatan!

MS: Og‘o, qizishib getmin tormoza uring. Agar o‘zbekiston jannat bo‘lsa, navchun odamla krokodilla suzib yurgan zeykashdan o‘tib, Amerikaga getib yotibdi? Qo‘ying bu vorro-vorroni, o‘lgan qotqonnon so‘llang.

(templi muzika fonida xabarlar)

Suv balosi. Tojikistonda 27 avgust kuni kuchli jala oqibatida 13 kishi o‘ldi.

Extiyotsizlik. Toshkent viloyati Zangiota tumanida 2 yashar  bola quduq ichidan o‘lik holda topildi

Urgutda  Malibu sho‘pri yo‘l chetidagi piyodani urib yubordi. Piyoda o‘ldi.

MS: Dim qisqa bo‘ldi indi. Sal uzaytiring. Tafsilotlari bilan ayting oxir.

Xorazm, Namangan va Farg‘onalik sho‘pr Toshoblda «uchrashdi»

Shacman furasini boshqargan 38-yashar xorazmlik doyi Cobalt  haydab ketayotgan Namanganlik  28- yashar yigit mashinasini suzdi. Bu paytda Volkswagen Crafter yuk mashinasini haydab ketayotgan 34- yashar Farg‘onalik ham bu ikkalasiga to‘qnashib, orqaga qaytdida yo‘l chetida turgan Man  furasiga borib urildi. Manning ichida sho‘pr yo‘g‘ edi. Bu tarixiy uchrashuv Toshoblda sodir bo‘ldi.

MS: Iloya uchrashmag‘oy adi qon toshog‘onla. Ertang bollo maktapa borodi. Maktabda na gap?

RT: O‘zbekiston maktablarida kola¸ saqich¸ chips¸ xot dog va qazi qarta sotish taqiqlandi.

MS: Oroq¸ tirgak sotish avvalroq zapret bo‘lvadi. Progress!!! Og‘o, Istanbuldagi ishvalakladan gaplang.

ISTANBULDA O‘ZBYeK JALABINING SUTYeNYoRI KLIYeNTNI OTIB TAShLADI

Istanbulda jalablik qiladigan 31 yashar o‘zbekistonlik Dilnoza Bayramovaning qo‘shmachisi 26 yashar Ali Askar Kitay Dilnoza bilan seks uchun chaqirgan klienti doktor Ibrohim Qoraxonni otib o‘ldirdi.

“Saboh” gazetasining yozishicha, u o‘zbek g‘ari Dilnoza Bayramova 1500 lira evasiga “Avjilar” mahallasidagi otelning 206 raqamli xonasida seks qilishga kelishgan.

«Ashi ish bo‘bo‘gandan kegin» Doktor Qoraxon bir pachka pulni Dilnozaning qora kolgotkisiga tiqib, dushga kirib ketgan. Dilnoza, yerdan topsangam sanab ol degan xalqimiz maqoliga amal qilib, peshana teri bilan topgan pulini ikki qaytalab sanagan. 100 lira kam chiqqan.

«Davay, 100 lirani cho‘z,» degan Dilnoza. Qurumsoq pinti duxtr esa, bermayman pulni, 1400 ga ham arzimaysan, degan. Dilnoza darrov qo‘shmachisini chaqirgan. Sutenyor Ali Asqar kelib, do‘xtirni paqillatib otib tashagan. Doktor go‘rda. O‘zbek jalab va uning sutenyori qamag‘da. Shu o‘rinda balans uchun Iqbol Mirzodan bayt.

O‘zbek desam, jaranglagan tor kelur,

Undan oldin nomus ila or kelur.

MS: Shu itizg‘a turkni otqono o‘rden barish garak. Atkannan keyin galishkan plni barishi garak adi. Og‘o bizani ko‘chadagi nosprsh medal oldi. Shuni chushunmadim. Navchun nosprush o‘rden olishi garak?

O‘zbekistonda orden medal berish tizimsiz xaos bir narsa. Masalan, bozor tepasidan turib bir chelak moshni sepib yuborsangiz xuddi hukumatning orden medal bergani kabi bo‘ladi. Umrida porox hidlamagan, jon deb putinga sotilish yoki Idlibdagi terroristlarga qulluq qilish zehniyatidagi o‘zbek xarbiylariga nega orden berildi? Nima qaxramonlik qildi ular. O‘risning ural mototsikligiga minib, yashasin Putin deb ashla aytgan tug‘ma ovsar Yildiz xojonaga nega  mukofot berildi? Menimcha otdel nagraddagilarga krossvordga o‘xshagan jadval berilgan. Do‘stlik ordeniga familiyasini bosh xarfi M bilan keladigan sakkizta odam deganday. Boshqa mantiq ko‘rmadim. Cho‘kkanlar qutqarilmaydigan, vatan himoya qilinmaydigan, o‘t o‘chirilmaydigan, kasallar davolanmaydigan, olimlari hech narsa kashf qilmaydigan o‘lik mamlakat. Ammo hammaning ko‘ksi to‘la orden, medal. Maqilding sen? Nima karomat ko‘rsatding? Atom reaktorining pultini yasadingmi? Nos sotgan bo‘lsang pulga sotkansan. Davlatga nima pishdi nima kuydi?

Anjan qo‘g‘irchoq teatri direktori  Chukkievni mukofotlagan hukumat Ukrainani mustaqillik bayrami bilan qutlashni unutdi.

MS: Chukkiev!!! Odom od akan. Issop. Indi bir she'r o‘qing Iqbol Mirzodan. Amerikada hazzatib yurganlara qo‘shilg‘on she'rni.

Man-man deya ko‘ksingizga uribsiz,

Tog‘ deb o‘ylab, yaydoq qirda yuribsiz,

Abu Rayhon topgan yerda yuribsiz,

Avval keling, ko‘ring O‘zbekistonni.

MS: Bordiq, go‘rdik O‘zbekistonni. Yimirtog‘o gulip yotibdi. Og‘o siza bir savol. Shundiyn she'rlar yozodon zulpiyachi nishatib ko‘payadi?

Zulpiyachi qanday ko‘payadi?

Germaniyada ham mukofot tizimi bor. Bitta federal orden va uchta xarbiy medal bor. Federal orden «Germaniya oldidagi buyuk qahramonligi uchun» deb ataladi. Bor yo‘g‘i to‘rtta umummiliy mukofot, Bundan tashqari Germaniya federatsiyasini tashkil qiluvchi 16 viloyatga bittadan mukofot ta'sis qilish huquqi berilgan. «Xalq artisti¸ rassomi yoki  xalq karnaychisi» degan unvon yo‘q. GDRda bor edi xalq artisti degan unvon, 1989 yil bekor qib tashashdi. Germaniyaning it topmas qishlog‘ida yashagan sutsog‘ar yoki Amberg diskotekasida ashla aytadigan qo‘shiqchiga unvon berish Germaniya katakonlarining hayoliga ham kelmaydi. Saksoniyani sel bosganda cho‘kayotgan chol kampirlarni qutqargan yigitga Saksoniya mahalliy medali beriluvdi. Aytmoqchi bo‘lgan gapim sovetlardan qolgan unvon orden tizimidan darrov qutulish kerak. Za odno Zulpiya mukopotini ham bekor qip tashash kerak. Kecha sirdaryolik, momo xavo kiyimidagi zulpiyachi tadbirkor qizning odam ota  kiyimidagi mahalliy mulozimni ot qilib minib, kichkina Vera uslubida chopayotgani aks etgan feyk montaj  videoni yuborib «qani ma'naviyat» deyishdi. Bu zulpiyachi degani seks qilmaydig‘on qanotli parishta degan ertakni yaratib qo‘yib, shu ertakka o‘zi ham ishonib ketgan avom xalq krizisi. Zulpiyachiyam seks qiladi. Bo‘masa zulpiyachilar qanday ko‘payadi. Seks qilmasa qirilib ketadiku. Gapning ko‘toxi shu. Otmen qilish kerak barcha unvonu o‘rdenlarni. Mayli bittasi qosin «Cho‘kayotgan zulpiyachini qutqargani uchun» degan medal.

MS: Og‘o, siz quri yomonlisiz. Deshonda o‘tirib, ichonni tirasiz. Boshqala novvi diydi?

RT: Aqlli o‘qigan bilganlar ham shu gapni aytib yotibdi. Mana shoir A'zam Obidovning fikri?

Yurtda yangilik deydigan hech narsa qolmadi: hamma pozitsiyalar egallangan, qarorlar qat'iy, o‘zgar(tir)ishga hojat yo‘q.

Musaffo osmonda – qarg‘alar; gapiruvchi to‘tilar – qafasda; muxolifatga yo‘l yopiq.

Hoy, siz, surish kerak deganlar, qaydasiz? Yakkam-dukkam ketganlar, oilangizni ham olib keting, o‘sha yoqlarda tinch bo‘ling, orqaga hech narsa yubormang endi. Hech narsa. Ketgan o‘lkangizni gullating, iltimos.

Avvalroq ketganlar, endiyam bizga biror narsa o‘rgataman deb ovora bo‘lmang, ketgan jamiyatingizga qo‘shilib-qo‘shilib keting. Iltimos…

Ketmoqchi bo‘lganlar, baxtliroq, erkinroq o‘lkalarga butunlay keting. Yer ham, osmonlar ham, hamma narsa Allohning mulkidir, bu zaminning har yerida yashashga bandalik haqqingiz bor, unutmang.

Vatandagilar, boriga ko‘nib, yo‘g‘iga chidab, ko‘rmaganga va bilmaganga olib yashashda bardavom bo‘lamiz. Biror narsani o‘zgartirolmaymiz. Qayg‘urmay, kurashmay, tanqid qilmay ham u dunyoga eson-omon yetvolsa bo‘ladi.

Hech yo‘q o‘zingizni o‘zgartirmoqchi bo‘lsangiz, unda yana o‘zgarishga yo‘l va imkon qoldirgan yurtlarga, hech yo‘q O‘zlik dunyosiga tamoman ketmoqdan o‘zga chora mavjud emas.

Vatanparvarlik – qizil gap. Yolg‘on gapirmaydigan va Xudo oldida hisob berishga ishonuvchi Yaxshi Inson bo‘lmoq yetarli, hatto ko‘plik ham qiladi. Endiyam afsus demaylik.

Hammaga omad!»

A'zamjonning bu gapini o‘qib bo‘lib, Meksika orqali Amerikaga yetib olgan samarqandlik qiz bilan gaplashdim. «O‘tkan yili anomal qishda qiynalganimda nima qilib bo‘lsayam ketaman deb qaror qiluvdim, mana niyatimga yetdim.» dedi. O‘nta davlat va timsox to‘la botqoqni kechib,  O‘zbekistondan qochish uchun bomba argument.

Bu gapga yana bir o‘zbek shoirasi Sanobar Qulmirzaeva mana bunday izox yozdi

O‘z yurtidagi timsohlardan qutulibdi zato. Ketvorish kerak o‘zi, surish kerak. Tankang bo‘lmasa ming o‘qiganing kapeyka.

MS: Bizadayi ayrim krokodillani aldinda meksika timsoxlari chepuxa.

San'atlar ichida eng yomoni

RT: Bugun muridkalardan biri erkalanib, «Tuz og‘a mening rasmimni chizib bering. Faqat ujas qilib chizmang» deb iltimos qildi. Mana chizdim. Faqat endi bu rasm Rassom Tuz ardoqlaydigan ja'mi qizlarning umumiy portreti bo‘ldi. Qalam bilan go‘mma o‘raydigan qog‘ozga chizdim. Oq bo‘r bilan bir ikki shtrix qildim. Kam bo‘sayam ko‘p o‘rnida ko‘ringlar. Rassom degan chizib turishi kerak. Bo‘masa qo‘li chiqib ketadi.

MS: Og‘o siz xudojniksiz. San'atlar ichinda eng yaxshisi rassomlik. Ëmoni qaysi?

RT: Son sifatga aylanmasligini «xontaxta kino» tortadig‘on qo‘ling singur o‘zbek «kinochilar» 20 yil ichida isbotlab berishdi.

Ularning eksprementidan chiqqan xulosadan  qoyadagi qo‘tos ham ontariladi.

«O‘zbek kino ololmaydi» degan achchiq, ammo to‘g‘ri xulosa.

Byudjet pulini o‘marish¸ amalga chiqqach dormoed parazit qarindoshlarni ishga olish va xitrlik yo‘llari bilan lo‘xlarni kidat qilishni a'lo darajada eplaydi. Chaqimchilik, radar qo‘yish¸ birovning ko‘rpa to‘shagiga lupa bilan qarab avrat qorovuli, ampatrul bo‘lishda bularga yetadigani yo‘q.

Bruklin, Stokgolm, Istanbul va Piterni po‘rtillatishni ham qoyil qilishdi.

Yana osh, shavla qilishni, charvi solingan sambusani dumba solingan deb aldashni bilishadi.

Sakkizta arabcha so‘zga sakkizta forscha so‘zni qofiya qilib xumday boshini sarak-sarak qilib, shig‘ir yozdim, endi men Do‘rmonda tekin yashayman deyishni qoyillatishadi.

Lekin kino ola olmaydi. O‘z vaqtida bemaza xontaxta kinolarni pachkalab  olgan Zebo xola qariganda bekor o‘tirmay deb o‘sha yoshligida olgan «ujas» kinoni davomni opti.

Kinoda o‘g‘li¸ nevarasi va bemaza qovun tuxumidan ham ko‘p qarindoshlari qatnashibdi.

Shu xotinga kino olgani uchun jarima solish kerak. Dunyodagi eng yomon kino olib, shuncha ne'matni uvol qig‘ani uchun.

Dunyodagi san'atlari ichida eng yomoni – bu o‘zbek kinosidir.

Buni panorama tepasiga yozib qo‘yish kerak.

MS: shu gapni Iqbol Mirzoni bir jup sheri bilan isbotlang indi.

RT: Bo‘yningdan ketgan yo‘q hali dor izi,

Qo‘y, qora kunlarning o‘chsin qorasi!

Sen borsan – Temurning ulug‘ vorisi,

Osmoningga qaytdi oylaring, o‘zbek.

Katta qishloq ekan Parij, London, Rim,

Dalamni sog‘inib ezildi ko‘nglim.

Dunyo go‘zali – sen, qadoqqo‘l singlim,

Go‘zaldir o‘ngigan ko‘ylaging, o‘zbek.

Haftalab yo‘l qarab sarg‘aymas Kumush,

Tog‘ni tolqon qildi bobomeros musht,

Tin oldi davonga boqib Alpomish,

Tog‘larni qo‘pordi yoylaring, o‘zbek.

MS: Yo‘qay. Shu Iqbol Mirzo Karimovdan voz gechmadi.

Bobosidan kechgan nevara

RT: O‘lib ketgan diktator Karimovning nevarasi Maryam Tillaeva bobosidan va ismidan voz kechganligini bildirdi. «Meni u odamni nevarasi deb aytmanglar. Men Masha Tillaevaman. Amiranning sobiq xotiniman. O‘rta ma'lumotliman. Blogerman. Muz ustida toyg‘onishni o‘rganyapman. Yaqinda meni Zo‘r TV ko‘rsatadi.»

MS: Shuncha pula oliy ma'lumotli bo‘lmag‘anmi bu juvonnamak. Og‘o, shu shoppotdin qiza osilishdingizdon. Bu qizni atkan yaxshiliqini ham oyting oxir.

RT: Tillaeva butun umr er qidiradigan millatga oyna tutdi.

O‘zbekistonda «er izlash» aksar  aholi ertadan kechgacha shug‘ullanadigan ish.

Qiz bola tug‘ilishidan «sarpa yig‘iladi». Qiz bola yetilsa «shu qizga boyvachcha er topaylik» deb kuniga ellik marta duo qilinadi.

«Palonchi boyning o‘g‘li pistiyonchiga uylanibdi» degan gap suhbatning asosiy mavzusi. «Munisaning eri» temasi esa umummilliy g‘oyaga aylanib ulgurdi.

Maboda bir sho‘rlik qiz uyda o‘tirib qolsa, barcha qarindoshlarning ertadan kechagacha bir biriga beradigan savoli bitta «Palonchixonga haliyam er topilmadimi?».

Agar qarindoshlar bir joyga kelib qolsa «Manounga er topinglar, tez» deb barmog‘ini bigiz qilib qiz boyaqishni yig‘latishadi.

O‘zbekistonda qirqdan oshgan lyuboy xotin o‘zini «sovchi xola» deb biladi.

Berlindagi institut direktori bo‘lib ishlaydigan olima opa O‘zbekistonga borganida, vodiy, voha va poytaxtda kim bilan uchrashsa «qizim bor, shunga germaniyadan nemis er topib bering» deyishgan.

Koreys er qidiradigan firmalar itining tovog‘i oltindan bo‘ldi.

Maktab direktorlari va institut otdel kadr rahbarlarining asosiy ishi «er qidirish».

Diplomatiya universitetida ingliz tili domlasi bo‘lib ishlab pensiyaga chiqqan Baxtiya opa butun bir millatning asosiy istagini tushunib yetib «sovchilik firmasi» ochdi.

Taqvosi kuchayib ninza va vodolaz kiyimida yuradigan shaxidkalar esa «mabodo ikkinchi qilib oladig‘on rijol er topilsa, qancha maxr undirsam» deydi.

Butun millat ko‘radigan televideniyaning praym taymida, bitta arts chol va yana ikki sovchi xola «er izlashadi»

Bu programma ketayotgan paytda boshqa kanal ko‘rilmaydi. Atom reaktori yaratayotgan propessor ham «er izlash» TV shousini yotvolib ko‘radi. 

Majoziy ma'noda esa davlatga ham «er qidiriladi».

«Koshki davlatimizni Putin olib qo‘yniga solib yotsa» deydi aksariyat junboshlar.

Instabloger Maryam Tillaeva butun bir millatning «asriy orzusini» bir daqiqalaik video sketchda tasvirlab berdi.

«Er izlayapman» degan yozuv ko‘tarib ko‘chada yurdi. Endi buni ko‘rgan million million axoli darrov chirt ettirib ichida «ma'naviyatchi» obrazini yoqib olib Tillaevani qarg‘ashga tushdi.

Yerlarga dumalab¸  dumalab tirsaklarini tishlab tutqanoq tutgan kabi ontarilib ontarilib qarg‘ashdi. Bitta xojona qarg‘ayverib ovozi yo‘qolib qopti. «O‘zbek qizi etagini ko‘tarib «qoni er» deb jugurib jurmaydi¸ Iyot. Iyot» deb yotishibdi. 

Ey piypl. Maryam Tillaeva sening yuzingga ko‘zgu tutdi xolos. Boring shu.

Ko‘zguda ko‘ringan aksing badbashara taviya ekanligini bilmasmiding.

Umring er qidirib o‘tgan mardum bo‘lsang¸ nimangga karilaysan.

MS: Qissadan hissa novvi?

Tillaevaga tasanno. U qiz bobosi zombi qilib ketgan to‘daning taviya yuziga ko‘zgu tutdi.

Kreml tarafidan SSSR paytida O‘z SSRga rahbar qilib tayinlangan va Sharqda mash'al O‘zbekistonda diktatura o‘rnatib qoloq mamlakatga aylantirgan kommunist Karimovning bevasi Tatyana 75 yoshga kiribdi. Xozir qamag‘da jazo o‘tayotgan qizi uni jodugar deb atagan edi. Tatyana Karimovaning heshlari Karimov davrida Farg‘onadagi butun ishlab chiqarish tizimini korruptsion sxemalar bilan qo‘lga olib sog‘ib sovunga aylantirgan edi. Rasmdagi Tatyana va uning ikki nevarasi Masha va Imon o‘zbek tilini bilmaydi. Men bu oilaning tirik vakillariga buyuk gurji kinochisi Tengiz Abuladzening «Tazarru» filmini ko‘rishni tavsiya qilaman. Filmda diktatorning nevarasi o‘z bobosini go‘rdan qazib olib murdasini jarga uloqtiradi. Noming o‘chsin, urug‘ingga o‘t tushsin, Karimov!!!

MS: Og‘o, indi sho‘rda durib yonqi gapni oyting.

Assalom O‘zbekiston, Juma muborak!

Rassom Tuz

Tag‘in o‘qing
12 may 2021
“Abdulla G‘arib Prodakshn”, rassom Elsevar, rassom Tuz va “Eltuz” yangi siyosiy satirik animatsion filmlar turkumining beshinchi qismini taqdim etadi. ...
4 dekabr 2023
Nihoyat O‘zbekistondagi qo‘shiq shinavandalari qalbini larzaga solayotgan shou tomoshalariga navbat yetib keldi – Eltuzning qattiq Iks faktori yoki X-Faktor pagonlarga ...
21 may 2021
“Abdulla G‘arib prodakshn”, rassom Elsevar, rassom Tuz va “Eltuz” yangi siyosiy satirik animatsion filmlar turkumining olinchi qismini taqdim etadi. ...
31 may 2019
Sho‘rolar hukumatining keskin siyosati, aholining xususiy mulki, chorva mollarini tortib olib, ko‘chmanchi xalqlarni majburan o‘troqlashtirish, kolxozlashtirish harakatlari oqibati o‘laroq, ...
Bloglar
30 aprel 2024
1990 yilning 30 aprelida mustaqil O‘zbekiston tarixidagi ilk demokratik partiya – «Erk»ning ta'sis qurultoyi bo‘lib ...
21 aprel 2024
Kartinani kecha uyimga olib keldim. Bir kecha termilib yotmoqchi edim. Lekin imkon bo‘lmadi. Doimgidek hayot ...
6 aprel 2024
Bugungi kunda rus propagandasi faqat rus telekanallari orqali berilyapti degan odam qattiq yanglishadi, chunki propaganda ...