Asosiy mavzular
15 sentyabr 2023

O‘lik haqida faqat haqiqat aytiladi – RTdan va'z

Aziz asrimizning aziz onlari

Aziz odamladan so‘raydi qadrin

Fursat g‘animatdir. Shox satrlarla

Bezamoq chog‘idir umr daftarin

MS. Go‘tarildi shamal. Go‘rindi tom. Bini yozdi G‘opr G‘ulom. Nichiksizla, xo‘jik brri! mo‘chchi oybikala. 

RT: Matchonboy xorazmcha gaplamasin, degan taklif tushdi.

MS: Navchun oxr og‘o. Nemischa gaplayinmi yo. Das ist, fantastish!

RT: Muhtaram tomoshabin, agar Matchonboy xorazmcha gaplayversin desangiz, yutubning izoxlar qismida 1 raqamini yozib qoldiring. Agar nemischa gaplashini istasangiz 2 raqamini yozib qo‘ying. Keyingi juma sanab ko‘rib, qaror qabul qilamiz.

MS: Gitler kaput, xendi xox.

RT: Shoshilma Matchon nemischa gapirishga, o‘z bilganingcha gaplab turaver. Qaror kelasi jumada olinadi. 

OSMON MUSAPPA NEWS

MS: Dig‘idiq dig‘idiq ot galdi, og‘om maktapdan galdi. Shapkasini ayri qo‘yib, hammalara solom bardi. Og‘o indi o‘lgan qotqonloni oyting. Ichimni chakib yurak bog‘rim azilip ishitin.

+++

Namongonda arabparast to‘y o‘tkazgan kuyov 2000 yilda Namangan viloyatida tug‘ilgan fuqaro «I.A» Namangan viloyat IIBga chaqirilgan.

«I.A» o‘z shaxsiy diniy qarashlaridan kelib chiqib to‘yda kelinga burqa kiydirib, o‘zi ham arabning taviyasi bo‘lib olgani, hamda diniy kuy-qo‘shiqlardan foydalanib, tadbirga diniy tus bergani o‘zining tashabbusi ekanini ma'lum qilgan.

O‘zbekiston Respublikasining “Xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq, hamda imkoniyatlar kafolatlari to‘g‘risida»gi qonuniga asosan:

Sud tomonidan fuqaro «I.A.»ga nisbatan Ma'muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 184-2-moddasi bilan bazaviy hisoblash miqdorining 5 barobari miqdorida jarima jazosi tayinlandi

+++

Samarqandlik aprs o‘zining «A.M» ismli lo‘x yurtdoshini AQShga cherez Meksika apkrib qo‘yaman deb 14 ming dollar so‘radi. 

Aprs shu puldan uch ming dollarini olayotganida ushaldi. Aprs qamag‘da.

MS: Bu borishda Samarqondni yori xolqini meksikadagi krokodil yidi.

Yunisef tashkiloti o‘zbek maktablarini bitirayotganlarning xarf tanimasligi va g‘irt savodsizligidan tashvish bildirdi.

+++

«Kompromatuzb» ishi prokurori jurnalistikani shantaj tujjorlikka aylantirgan Mavjuda Mirzaevani 6 yilga ozodlikdan mahrum qilish va 3 yilga jurnalistlik faoliyatni taqiqlashni so‘radi. Sud davom etmoqda.

+++

Rusparast kinochi Amir Kusturitsa Toshkent xalqaro kinofestivaliga taklif etildi. Ha, albatta, madaniyat faqat siyosiy maqsadlar uchun silkitilgan O‘zbekistonning elitasi deb ataladiganlar qo‘lida bo‘lganidan keyin bu narsa ajablanarli emas. Bu yerda futbol, balet va qolgan Yakubovich-Fadeevlar shunchaki emas, ularga neytral O‘zbekistonda hech narsa yo‘q, balki har tomonlama rag‘batlantiriladigan tashviqotning «yumshoq kuchi» deb ataladigan kreml propagandasi bor xolos… Bizning betarafligimiz bir oyog‘ida juda o‘ziga xos va cho‘loq.

2022 yilning 22 fevralida Kusturitsa Sergey Shoygu taklifidan so‘ng Rossiya armiyasi teatrining bosh direktori bo‘lishga rozi bo‘ldi. OAV Kusturitsaning Mudofaa vazirligi teatriga tayinlangani haqida yozgandan so‘ng, Chexiya febiofest kinofestivali uni 2017 yilda berilgan mukofotidan mahrum qildi.

2018 yilda u Rossiya Qurolli kuchlari asosiy ma'badining sharmandali qurilishini qo‘llab-quvvatladi. 

2014 yilda Kusturitsa Qrimning anneksiya qilinishini qo‘llab-quvvatlagan edi.

MS: Kusturitsani ota buvosi musulmon bo‘lg‘on. O‘zinam quloqina ozon oytib, chukkini kasganla. Keyin nasroniy dinina girib, oshqinlab getti monglayi qoro.

Toliboncha siyosatga chek qo‘yildi

O‘zbekistonda «toliboncha shariat» o‘rnatilish urinishlariga chek qo‘yildi. 10 sentyabr kuni Bosh vazir Abdulla Aripov va DXX raisi Azizov ishtirokida maxsus majlis o‘tkazilib, diniy radikallashuvning mamlakatni rak o‘simtasi kabi chulg‘ab olgani va bunga chek qo‘yilmasa davlat uchun taxlika kuchayishi muhokama qilindi.

Bola huquqlari haqidagi qonunga zid ravishda Misrdagi radikalizm urchitiladigan xujralarga olib ketilayotgan bolalar soni keskin ko‘paygani, Qatar va Turkiyadagi ekstremistik tashkilotlar moliyaviy ko‘magida O‘zbekistonda «siyosiy islomni parvarishlash» va pirovardida konstitutsion tuzum o‘rniga «toliboncha shariat o‘rnatish» rejasida bo‘lgan guruxlar nazoratga olinishi kerakligi uqtirildi.

Ko‘p millatli, ko‘p konfessiyali mamlakatda aynan bir din mansublarining boshqa guruhlarni takfir qilishi va o‘zlarini ulardan baland deb hisoblashi mamlakat qonunlariga mutlaqo ziddir.

O‘zbekiston qonunlarida ayol va erkakning guvohligi, meros va barcha boshqa huquqlari teng deb yozilishiga qaramasdan diniy voizlar o‘z va'zlarida ayollarni kamsitib «ikkita ayol guvohligi bir erkak guvohligi bilan teng» deya ayollarning tamal haq huquqlarini oshkora kamsitishayotgani va diniy ma'vizalarda poligamiya ya'ni seks kommunalar targ‘ibot qilinayotgani ham mavjud qonunlarga zid.

O‘zbekiston dunyoviy davlat. Din davlatdan, maktab va maorif – masjid, cherkov, sinagog va xokazolardan ajratilgan. 

Davlat xizmatchilari o‘z faoliyatida dinning davlatdan ajratilgani printsipiga rioya qilishlari kerak.

Davlat xizmatchisi «men palon mazhab, palon dinga ustunlik beraman» degan ishorani berib, boshqa konfessiya yoki umuman e'tiqod qilmaydiganlar huquqini kamsitmasligi kerak. 

Davlat dini va etnik mansubligidan qat'iy nazar barcha vatandoshlarga bir xil haq huquqni ta'minlashi mamlakat qomusida belgilangan. 

Majlisda davlat va millat manfaatlaridan kelib chiqib konstitutsion dunyoviy tizimga xatar manbalarni cheklash bo‘yicha yo‘nalish mamlakat kelajagi uchun muxim ekanligi ta'kidlandi. 

Og‘o o‘sholo yaxshi go‘radon artis doyi o‘lvadi. Botir degan bolasi qilinnan olib denka atip xoqimni oloman dap yurvadi. Nichik bo‘ldi shu ishla.

 Sherali o‘lib millat ustunsiz qoldimi?

Davrimiz fikr bobolaridan biri, balki eng yaxshisi Ulug‘bek Hamdam yaqinda olamdan o‘tkan qo‘shiqchini “Hech bir shubhasiz millat ustunlaridan biri edi” deb yozibdi.

Demak, endi millat ustunsiz qolib, ontarilib tomi o‘pirildimi?

Ozgina zapas qo‘yib yozsa bo‘lardi Ulug‘bek Hamdam. 

Sherali Jo‘raevni O‘zbekistonning 30 yillik siyosiy tarixi fonida qarab ko‘raylik. 

1990 yilda Jo‘raev “siyosatga kirib” deputat bo‘ldi. O‘sha yili  o‘zbek tilini sevadigan yurt oydinlari Toshkent markazida miting o‘tkazdi. Hukumat odamlar shu mitingga bormasin, deb zudlik bilan Xalqlar do‘stligi saroyiga Sherali Jo‘raevni chaqirib, tekin kontsert ber deyishdi. Sherali Jo‘raev  rozi bo‘lib bu kontsertni tashkil qildi.  Asosiy muxolif bo‘lgan deputat Muhammad Solih yonida yurardi. Ular tushlik yemakni Jo‘raevning uyida yeyishardi. 

Jo‘raev o‘sha davrda boshqa erkin fikrli deputatlar xususan Toiba To‘laganova va Halima Xudoyberdievalar bilan ham yaqin edi. 

Bu uch deputat quvg‘in qilinganida Jo‘raev laoqal bir og‘iz so‘z ayta oldimi? Yo‘q!!! 

Deputat Ro‘zimurodov va yozuvchi Emin Usmon o‘ldirilganida bir og‘iz e'tiroz bildirdimi? Yo‘q albatta. 

Deputat Mirsaidov kaltaklanganidachi? Mayli bu deputat millatdoshlarga xayrixox bo‘lsa, Karimov uni peshanasidan otib tashlardi deb ishondik. 

Karimov tarafidan oldin sevilib keyin chekkalab qo‘yilgan Erkin Vohidov va Abdulla Oripovlarning yonida “do‘st bo‘lib” tura oldimi? Yo‘q albatta. 

Abdulla Oripov o‘zining so‘nggi intervyularidan birida Sherali Jo‘raevdan ixlosi qaytganini ochiq aytgan.

2005 yili Andijondagi isyon bostirilib, odamlar o‘lganida Jo‘raev bir narsa dedimi? Aslo yo‘q! 

Masalan Obid Asomov o‘z tashvishini bildirdi. Buning uchun Asomovni stolbaga osishmadi. Zapret qilingan bo‘lsa Jo‘raevni ham zapret qilishdi. 

“Millat ustuni” zapretda bo‘lishiga qaramasdan, Karimovga hushomad qilishda davom etdi. “Daryolar” degan qo‘shiq aytib Karimovning yomon qo‘shnichilik siyosatini alqadi. 

MS: “Magazinda vazelin arigani erigan, oh voh aragvay” dab qo‘shiq aytsa “millat ustuni” bo‘lib qolaverami indi? 

RT: Jo‘raev yaxshi pop folklor qo‘shiqchisi edi. Aynan Jo‘raev bois mardum Navoiy, Maxtumquli, Erkin Vohidov va Oripov she'rlarini yod oldi. 

Bir ma'noda adabiyot targ‘ibotchisi edi. Ko‘p ham emas, kam ham. 

O‘lganlar haqida yomon gapirmaslik kerak. Ular haqida haqiqatdan bo‘lak gapni gapirmaylik.

«O‘liklar haqida yo yaxshi gapiring yoki haqiatdan bo‘lak gap aytmang” 

Bu oltin fikrni Spartadagi qadim yunon siyosatchisi va shoiri Xilon aytgan. (Eramizdan olti asr oldin. Xilonning bu gapi tarixchi Diogen kitobi bois bizgacha yetib keldi.

Uyat gaplar

MS: Og‘o shu uyot gaplani oytavarasiz, odom izo yeb yerlara girib getasi galadi.

RT: Tualetga tushib ketgan telefonni axlat ichiga bo‘g‘zigacha kirib olishga tayyor bo‘lganlar «bo‘q» so‘zi yozilsa uyalar ekan.

Qizlari tanini sotib yuborgan pulga umraga borayotganlar «jalap» so‘zi yozilsa avtorni toshbo‘ron qilishga tayyor. Har kuni ming marta onangni palon qilay¸ qizingni pismadon qilay deb so‘kadiganlar «eshak go‘shti» haqidagi xabarchini g‘iybatda ayblashadi. Aroqqa kolbasani zakuska qilib o‘tirganlar «eshak» go‘shti sotgan qassobni qoziqqa o‘tirtirish kerak deydi. Hozirgina protsentga bergan pulini razborini qilgan hojaka kalishini sudrab jumaga yug‘uradi va albatta safning birinchi qatorida savlat to‘kib turadi. Norasida qizi o‘qituvchisidan ikkqat bo‘lgan ona bo‘lgan voqeadan emas, gapdan qo‘rqadi. Qo‘shni bilmasin, Rossiyada yurgan akang bilmasin¸ Qozog‘istonda ishlayotgan otang eshitmasin, deydi va qizidan tug‘ilajak go‘dakni 300 dollarga sotish haqida roddomdagi tanish akusher bilan peregovor boshlavoradi. Tak chto ma'naviyat chirog‘ini yoqvolmangki, odamning ko‘ngli ayniydi. O‘zini tanqid qila bilish har bir millatga xos xususiyat emas. Bizam o‘rganaylik.

MS: Sho‘rda tormoza uring og‘o. Alni ochip potiyani uring.

RT: Assalom O‘zbekiston – Juma muborak!

Tag‘in o‘qing
4 aprel 2023
Salom qadrli muhlislar. Eltuz portaliga kelgan navbatdagi 5 ta shikoyatni o‘qib eshittiramiz. Maktublar O‘zbekistonning Namangan, Xorazm, Buxoro, Toshkent va ...
21 may 2019
Andrey Saxarov 1921 yilning 21 mayida Moskvada tug‘ildi. Vodorod bombasini ixtiro qilgan, internet kelajagi haqidagi gipotezani ilgari surgan Saxarov ...
2 noyabr 2016
O‘zbekiston Huquq himoyachilari alyansi (O‘HA) tarqatgan matbuot xabariga ko‘ra 2016 yilning 1 noyabri kuni Bo‘ka shahar Xalq ta'limi bo‘limi ...
29 dekabr 2020
Qishloq xo‘jaligi mutaxassisi, 70 yoshli Ismoil Ospanov “Eltuz” orqali o‘z turkum chiqishlarini davom ettirib, navbatdagi videosini qishloq xo‘jaligidagi yer ...
Bloglar
21 aprel 2024
Kartinani kecha uyimga olib keldim. Bir kecha termilib yotmoqchi edim. Lekin imkon bo‘lmadi. Doimgidek hayot ...
6 aprel 2024
Bugungi kunda rus propagandasi faqat rus telekanallari orqali berilyapti degan odam qattiq yanglishadi, chunki propaganda ...
28 mart 2024
Rossiya gumondorlarini qiynagani IShID versiyasini yo‘qqa chiqarmaydi.  Bu yerda bir eski siyqa tryuk ishlatiladi. Spetsslujbada bu ...