Catira
7 oktyabr 2023

Sportchilarning Rossiya Federatsiyasidan chiqib ketishini taqiqlashga «topshiriq» berildi

Nevzorov telegram kanalida bildirilishicha, Rossiyada sportchilarning mamlakat hududini tark etishini taqiqlovchi «qaror» kuchga kirmoqda. Muallifning yozishicha, odamlarni izolyatsiya qilish aslida allaqachon boshlab yuborilgan. Bunga misol qilib u,  Putinning kechagi nutqida ham aytib o‘tgan, «Rossiyada normal hayotga bo‘lgan umiddan butkul voz kechishga to‘g‘ri keladi» degan gaplarini iqtibos keltiradi.

Ayni paytda ommani «zindonband» qilish amaliyoti asta sekin boshlab yuborilganini yozadi Nevzorov. Uning so‘zlariga ko‘ra, buni eng avvalo sportchilardan boshlashgan. Endilikda ularning maxsus ruhsatsiz mamlakat tashqarisiga chiqishi taqiqlanadi.

«Rossiyaning dunyoga urush ochishi kasofati bois har qanday holatda «bandizindon» bo‘lishdan o‘zga chora qolmasligi shubhasiz edi», deydi u.

Uning yozishicha, eski sovet an'anasiga ko‘ra, sportchilar eng nodon toifa hisoblangan.

«SSSR tajribasi haqiqatdan ham ularni har kuyga solish mumkinligini isbotladi. Ular mutlaqo «falokatni sezish tuyg‘usi»dan mahrum, tobe va patriot bo‘lishgan, chunki kasb taqozosi bilan ularning hech bir «aqliy faoliyat» bilan shug‘ullanishlariga vaqtlari bo‘lmagan», deya fikr yuritadi Nevzorov.   

Lekin uning yozishicha, bugun bu «eski obkom aqidasi» bilan qilingan harakat o‘zini oqlamasligi mumkin. Yangi topshiriq, ular uchun aslida rossiyadan nima qilib bo‘lsa ham va bu qanchaga tushchv ham «surish» kerakligini anglatuvchi signal bo‘lishi mumkin.

«Bugungi sportsmenlarning har holda bu signalni to‘g‘ri anglaydigan darajada farosatlari bor» deya ta'kidladi Nevzorov.

Tag‘in o‘qing
19 aprel 2016
«Ma'naviyat sohasidagi eng jiddiy xavfli tahdid vatansizlik g‘oyasidir. Mafkuraviy kurash arsenalida vatansizlik eng xavfli qurollardan biri hisoblanadi», deb yozdi ...
25 may 2024
2010 yilda 25 may sanasi National Center for Missing and Exploited Children – NCMEC tashkiloti tashabbusi bilan Yo‘qolgan bolalar ...
29 dekabr 2023
Yangi yil, Kelaver qanday kelsang ham, Kimlar yetdi senga, kimlar yetmadi. Sen yangi yo‘ldoshsan, sen yangi hamdam, Yo‘qlab kelganingni ...
25 mart 2021
(Muhammad Solih audiokitobining davomi) Agar haykaltarosh uzoqni ko‘ra oladigan san'atkor bo‘lsa, u yaratgan haykallar ham uzoq-uzoqlarga qarab turadi. Bordiyu ...
Bloglar
28 oktyabr 2024
(Eltuzga telegram orqali kelgan maktub) “Xorazm viloyati Urganch tumanlararo sud raisi Yo.A.Almosov janobi oliylarining bugungi ...
24 oktyabr 2024
Bir odam hammaga yaxshilik qilishga so‘z beribdi. Qo‘shnisi kelib uni otini so‘rab olib minib ketganicha ...
10 oktyabr 2024
Yuksalish maktabining gender ayirmachilikka asoslangan boshqaruvi haqidagi maqolaga o‘quvchilar ikki xil munosabat bildirdi. Bir suruv ...