Asosiy mavzular
9 noyabr 2023

Izboskan hokimi kimning izini bosdi

Izboskan tumani Andijon viloyati tarkibida ta'sis etilganiga 97 yil bo‘lgan. Ammo, Eltuz suhbatlashgan izboskanliklar, tuman tarixida biron hokim Serobiddin Ismoilov kabi omadli emasligini aytishadi.

Hali ellikka kirmagan Isboskan hokimi hozirgacha ellikta tegirmondan butun chiqdi.

Boshi toshdan ekan bu hokimning. Yon atrofida korruptsiyada ayblanib qamalmagan mulozim deyarli qolmadi. Serobiddin Poziljonov bundan mustasno albatta. 

Keling, statisikaga nazar tashlaymiz:

Serobiddin Poziljonovning birinchi o‘rinbosari Elyorbek Karimov, Iqtisodiyot boshqarmasi o‘rinbosari, shuningdek qurilish bo‘yicha o‘rinbosari Jamshidbek, uy-joy kommunal xo‘jaligi boshlig‘i va investitsiya bo‘yicha o‘rinbosar Elyorbek Abdullaevlar pora bilan qo‘lga tushib qamaldi;  

Investitsiya bo‘yicha o‘rinbosar Azamat Karimov ham ayni jinoyatda ayblanib ozodlikdan mahrum qilingan;

Qurilish bo‘yicha o‘rinbosar Ilhom Soliev qidiruvda;

Birinchi o‘rinbosar Umidjon To‘xtashev 6 million so‘m pora bilan qo‘lga tushib qamalib ketdi; 

Iqtisodiyot bo‘limi boshlig‘i Bahodir Ismoilov ham pora ustida ushlanib qamaldi;

Xotin-qizlar bo‘yicha o‘rinbosar Saida Mannapovna subsidiya uy bo‘yicha korruptsiyada ayblanib sudlangan, lekin hoziram o‘z joyida ishlayapti;

Xalq ta'limi bo‘limi mudiri Azizbek ham poraxo‘rligi uchun qamalgan;

Izboskan tumani Suv oqava rahbari Ulug‘bek ham pora olgani uchun qamalgan;

Xalq ta'limi bo‘limining yana bir mudiri Dilmurod rastrata uchun sudlangan, hozir tumandagi maktablardan biriga direktorlik qilyapti;

Qishloq xo‘jaligi bo‘yicha o‘rinbosar Abdupattoh – sudlangan, ishdan olingan, lekin xozir xam norasmiy o‘rinbosar;    

Qurilish bo‘yicha o‘rinbosar Bahodir 40 million pora olayotib ushlangan, hozir qamoqda;

Qurilish bo‘yicha o‘rinbosar Hayrullo Mamatov sudlangan ishsiz….

Bu ro‘yxatni yana davom ettirish mumkin! Afandining gapi to‘g‘ri, O‘zbekistonda hamma o‘g‘ri.

 Lekin, bizni lol qoldirgani – hamma o‘g‘ri ammo Izboskan hokimi toza ekan.

Eltuz O‘zbekistondagi hokimlarning kirdikorlarini o‘rganishda davom etadi. Kanalimizga obuna bo‘ling. Videolarimizga layk qoldiring.

Tag‘in o‘qing
31 iyul 2024
Shvetsiyadagi ulfatlar taklifi bilan yakshanba kungi shashlikxo‘rlik o‘z o‘zidan siyosiy mavzuga ko‘chdi. Va men mezbonlar izni bilan suxbatni Eltuz ...
12 iyun 2020
Gohida sizni gar o‘rtasa alam, Qora bo‘lib ketsa bu yorug‘ olam, Ko‘zlarda aylansa adashgan bir nam, Odamlar bor ko‘ngilga ...
21 noyabr 2016
«Xalq so‘zi» gazetasi (19.11) O‘zbekiston kasaba uyushmalari federatsiyasi tomonidan Xalqaro mehnat tashkiloti va Jahon banki ishtirokida mamlakatda Munosib mehnat ...
8 yanvar 2017
Shavkat Mirziyoev ikki kuyovini hayotlaridagi eng yirik yangi yil sovg‘asi bilan siyladi. Katta kuyov Oybek Tursunov prezident ma'muriyati rahbari ...
Bloglar
22 noyabr 2024
Qudratlar ayrilgan tuzum, ya'ni demokratiya avtokratiyadan yaxshidir. Bu gapni aytaverib tilim qavardi. Demokratik jamiyat bo‘lgan ...
28 oktyabr 2024
(Eltuzga telegram orqali kelgan maktub) “Xorazm viloyati Urganch tumanlararo sud raisi Yo.A.Almosov janobi oliylarining bugungi ...
24 oktyabr 2024
Bir odam hammaga yaxshilik qilishga so‘z beribdi. Qo‘shnisi kelib uni otini so‘rab olib minib ketganicha ...