Asosiy mavzular
7 fevral 2017

Pensiya jamg‘armasi yolg‘oni fosh bo‘ldi

«Adolat ko‘zgusi» gazetasi ancha vaqtlardan buyon pensiyasi yoki nafaqa pullari o‘zlarining roziligisiz plastik kartochkaga o‘tkazib berilayotgani, bu esa turli noqulayliklar tug‘dirayotganidan shikoyat qilgan fuqarolarning murojaatlariga mutasaddilarining javoblarini e'lon qilib keladi.

Aksariyat hollarda bu shikoyatlar turli bahonalar bilan hal etilmasdan yoki to‘liq hal etilmasdan qolib ketayotganiga guvoh bo‘lardik.

Gazetaning navbatdagi sonida ham (2.02) Surxondaryoning Angor tumanilik pensionerning bu boradagi shikoyatiga javob e'lon qilindi.

«Plastik kartochkaning afzalliklari tushuntirildi» sarlavhali maqolada garchi shikoyatchi pensiya puli o‘zining roziligisiz bank kartasiga o‘tkazilayotganini aytsa-da, Pensiya jamg‘armasining Surxondaryo viloyati boshqarmasi boshlig‘i buning teskarisini bildirgan.

Ya'ni pensiya shikoyatchining o‘z arizasiga ko‘ra va bank bilan imzolangan shartnomaga asosan plastikka o‘tkazib berilayotganini ma'lum qilgan.

O‘zbekistonda pensiya, nafaqa va ish haqlari majburan plastik kartochkaga o‘tkazib kelinayotgani aslida hech kimga sir emas. Lekin mutasaddilar ko‘zini lo‘q qilib «o‘z roziligi bilan o‘tgan», deyaveradi.

Pensiya jamg‘armasidagilarning yana «plastik kartochkaning afzalliklarini tushuntirgani»ga nima deysiz.

Buni «tushunmagan» prezident esa kuni-kecha pensiya va nafaqalarni faqat naqd pulda berish to‘g‘risida qaror qabul qilib o‘tiribdi.

Endi Pensiya jamg‘armasi boshliqlari o‘z yolg‘onidan tonadimi yoki plastikning afzalliklarini «ko‘ra olmagan» prezidentdan norozi bo‘lib, dardini kimga aytishni bilmay ich-etini yeb yuraveradimi?!

Bahodir Sharif
O‘zbekistonlik gazetxon tahallusi
Eltuz.com

Tag‘in o‘qing
13 dekabr 2016
2006 yilning aprelida uni hibsga olishgan payti A'zam Farmonov 27 yoshda edi, bugun u 38 yoshga to‘ldi. Yangi prezidentning ...
19 aprel 2019
Folbinlarga ishonmayman, lekin ularning biznes modeliga qoyil qolaman. Bir qarashda kelajakni tavakkal aytib, mijozni bunga ishontirish juda qiyinga o‘xshaydi. ...
19 sentyabr 2023
Agar Ginnesning qo‘lostidagilarni nafsoniyatiga tegish, g‘ururini toptash, tahqirlash, so‘kinish va urish singari yo‘nalishlarda ham reytingi bo‘lganida edi, g‘oliblikni yaqin ...
3 sentyabr 2021
Falsafaning katta bobosi Heygel “Bir daryoga ikki marta tushib bo‘lmaydi”, degan edi. Ammo bir kontsertning o‘zida korruptsioner hokimlar ikki ...
Bloglar
30 aprel 2024
1990 yilning 30 aprelida mustaqil O‘zbekiston tarixidagi ilk demokratik partiya – «Erk»ning ta'sis qurultoyi bo‘lib ...
21 aprel 2024
Kartinani kecha uyimga olib keldim. Bir kecha termilib yotmoqchi edim. Lekin imkon bo‘lmadi. Doimgidek hayot ...
6 aprel 2024
Bugungi kunda rus propagandasi faqat rus telekanallari orqali berilyapti degan odam qattiq yanglishadi, chunki propaganda ...