Asosiy mavzular
4 iyun 2019

Toshkent hokimining biznes imperiyasini o‘rganish: O‘zbekistonga o‘g‘irlik aktivlarni qaytarish oqibatlari

Gulnora Karimovaning Yevropada muzlatilgan aktivlari O‘zbekistonga hozir qaytariladigan bo‘lsa, ulardan belgilangan tartibda foydalanilmasligi yoki hukmron doiralar vakillari yoxud ularning yaqinlari tomonidan o‘zlashtirilishi ehtimoli yuqori.

Toshkent shahri hokimi Jahongir Ortiqxo‘jaevning biznes manfaatlari yuzasidan yaqinda Korruptsiyaga qarshi kurash va inson huquqlari (CHRI) tashabbusi o‘tkazgan surishtiruv O‘zbekistonni boshqarish jarayonida jiddiy nuqsonlar borligidan darak berdi.

Surishtiruv doirasida O‘zbekiston ma'muriy tizimi va korruptsiyaga qarshi islohotlar amalda qanday kechayotgani sinchiklab o‘rganildi. Hisobot O‘zbekiston haqiqatan ham o‘tmishdagi illatlari, ya'ni ulkan korruptsiyani yo‘q qilishga kirishganmi yoki, kuzatayotganimizdek, eski Karimov rejimini qayta shakllantiryaptimi, degan tanqidiy qarashlarga yo‘l ochadi.

CHRI surishtiruvi mualliflari boshqaruv tizimi va Toshkent shahri hokimi o‘laroq Ortiqxo‘jaevning qanchalik halol biznes yuritayotgani va uning gurkirayotgan biznes imperiyasini tahlil qilishdi.

Hisobotda O‘zbekistonda davlat amaldorlari va jamoatchilik o‘rtasida muloqot o‘rnatishga urinishlarda muayyan ilgarilash borligi qayd etiladi. Ayni paytda, davlat tomonidan taklif etiladigan foydali bitim va shartnomalarni qo‘lga kiritishda, buning uchun shirkatlarni tanlashda aniq mezon va shaffoflikning yo‘qligi bilan bog‘liq hokimiyatni suiiste'mol qilish kabi siyosiy xavf hali ham yuqori darajada saqlanayotganidan jiddiy tashvish bildirilgan.   

O‘zbekistonda biznes yuritish uchun bu kabi shartnomalarni olayotgan shirkatlarning va preferentsial tuzilmalarning moliyaviy ahvoli, benefitsiar mulkdorlari haqidagi ma'lumotlarning, manfaatlar to‘qnashuvini muvofiqlashtirish bo‘yicha qoida va amaliyotlarning yo‘qligi alohida tashvish uyg‘otadi.

Bularning hammasi qo‘shilib, hozircha davlat tomonidan ajratilayotgan yoki moliyalashtirilayotgan shartnomalarni olish jarayoni ustidan jamoatchilik nazorati uchun imkon yo‘qligini, shuningdek, bu kabi qarorlar yuzasidan manfaatlar to‘qnashuvini baholashga jamiyatning ham qodir emasligini anglatadi. 

Hisobot xulosalarini yaqinda e'lon qilingan O‘zbekistonda (2019-2020 yillarda) korruptsiyaga qarshi kurashish dasturi kontekstida ko‘rish zarur. Bu dastur o‘z mazmun va choralari ro‘yxati bilan ko‘p jihatdan 2018 yilning avgustida o‘zbek faollari taklif etgan islohotlar dasturiga mos keladi.

Jumladan, O‘zbekistonda davlat mulozimlarining daromadlarini deklaratsiyalash tizimini joriy qilish, davlat organlari va tashkilotlari faoliyatidagi shaffoflik va hisobdorlikni oshirish, korruptsiya jarayonlari haqida ma'lumot berganlarning himoyasini ta'minlash, shuningdek, fuqarolik jamiyati institutlari va ommaviy axborot vositalari faoliyati erkinligini ta'minlash rejalashtirilmoqda. 

Kuzatuvchilar bu dasturni olqishlayotgan bo‘lsa-da, bir qarashda sezilarli reja ijrosining dastlabki bosqichida, ayniqsa, yuqorida qayd etilgan siyosiy xatarlar fonida, qolaversa, progressiv qonunlar chiqarayotgan, biroq keyin uni o‘zi ham bajarmayotgan o‘zbek hukumatidagi tendentsiyani hisobga olib, qandaydir xulosa chiqarishga hali ertadir.    

Ushbu jurnalistik surishtiruvdan kelib chiqadigan xulosalarni, shuningdek, Gulnora Karimovaning Yevropaning qator mamlakatlarida muzlatilgan aktivlarini kelgusida mamlakatga qaytarish kontekstida ko‘rish lozim. Bu xulosa shuni anglatadiki, agar qayd etilgan aktivlar hozir qaytariladigan bo‘lsa, ulardan belgilangan tartibda foydalanilmasligi yoki hukumat tepasidagi shaxslar yoxud ularning yaqinlari tomonidan o‘zlashtirilishi ehtimoli yuqoridir.    

Shuni hisobga olib, biz Karimova aktivlarini O‘zbekistonga qaytarishdan oldin antikorruptsion islohotlar dasturini amalga oshirishdagi sezilarni natijalarni kutishni tavsiya qilamiz.

Ushbu aktivlar muzlatilgan mamlakatlar dasturning ilk natijalarini baholay olishlari uchun juda bo‘lmaganda (islohotlar rejasi yakunlanadigan sana) 2020 yilning oxiriga qadar kutishlari kerak. Sezilarli natijalar deganda biz nafaqat yangi qonunlar qabul qilinishi, balki vaziyatning amalda o‘zgarishini ham nazarda tutamiz.

Bundan tashqari, O‘zbekistonga tizimni isloh qilish majburiyatlari sirasiga aktivlarning qaytarilish jarayoni shaffof tarzda amalga oshirilishi, bu jarayonga texnik ko‘maklashuvchi tashkilotlar ochiq tender asosida tanlanishi ham kiritilishini tavsiya qilamiz. 

Bunday yondashuv O‘zbekistonning islohotlar o‘tkazishga moyilligini to‘laqonli tekshirish imkonini beradi, shuningdek, o‘g‘irlangan aktivlarni qaytarish kabi global tajribaga hissa qo‘shadi. 

Fatima Kandzi
Korruptsiyaga qarshi kurash va inson huquqlari tashabbusi tadqiqotchici

Tag‘in o‘qing
15 fevral 2017
Karabuk shahrida O‘zbekiston vatandoshi 39 yashar Jamshid Raimov, pichoq bilan qurollangan uch kishi tarafidan kaltaklanib, 1000 dollar pulini oldirdi. ...
16 noyabr 2016
Turkiyaning Mersin shahar mahkamasi o‘z farzandini kaltaklagan Gulchehra Isoqulova ustidan ochilgan jinoyat ishini ko‘rib chiqib uni aybli deb topdi ...
29 noyabr 2023
Milliy gvardiya o‘z xodimlariga qilingan hujumlar uchun jinoyat olamidan qasos olgani aytilmoqda. Salom Qadrli muxlislar bugun 29 noyabr  Eltuz ...
4 aprel 2018
«O‘zbekkontsert» davlat muassasasida 30 mart kuni san'atkorlar ishtirokida «To‘y-hashamlarni tartibga solish to‘g‘risida»gi qaror loyihasi muhokama qilindi. Bu haqda majlisda ...
Bloglar
30 aprel 2024
1990 yilning 30 aprelida mustaqil O‘zbekiston tarixidagi ilk demokratik partiya – «Erk»ning ta'sis qurultoyi bo‘lib ...
21 aprel 2024
Kartinani kecha uyimga olib keldim. Bir kecha termilib yotmoqchi edim. Lekin imkon bo‘lmadi. Doimgidek hayot ...
6 aprel 2024
Bugungi kunda rus propagandasi faqat rus telekanallari orqali berilyapti degan odam qattiq yanglishadi, chunki propaganda ...