Asosiy mavzular
5 sentyabr 2019

Mustaqillik kuni Toshkentda davlat bayroqlari o‘g‘irlandi

Mustaqillik bayrami nishonlangan 1 sentyabr kechasi, Toshkent rasmiylariga ko‘ra, shahar ko‘chalariga o‘rnatilgan bayroqlardan 2000 tadan ortig‘i o‘g‘irlangan. Yetkazilgan zarar miqdori 142,6 mln so‘mni tashkil etdi, deya xabar berdi gazeta.uz nashri poytaxt hokimligi matbuot xizmati ma'lumotidan iqtibos keltirib.

Ijtimoiy tarmoqlarda noma'lum shaxslarning simyog‘ochga osig‘liq bayroqni o‘g‘irlayotgani, bir guruh yigitlarning mashinalariga bayroq osib, yo‘l harakati qoidalarini buzgan holda ko‘chada tiqin hosil qilib «bayram qilayotgani» aks etgan videolar tarqaldi.

«Bizdan narida «Spark», ichidan bitta chuvak tushdi va tezgina simyog‘ochga maymun kabi osilib, u yerdan ikkita bayroqni yulib oldi. Besh metr narida mentlarning mashinasi turardi va mentlarning emotsiyasi nol edi», deya yozdi Feliks ismli feysbuk yuzeri.

1 sentyabr kuni kuzatilgan bu kabi holatlarni tarmoqda ko‘pchilik tasdiqladi.

«Bu esidan ayrilganlar tuni bo‘yi mashinalariga bayroq osib, to‘da-to‘da bo‘lib yurishdi. Mening go‘dak o‘g‘lim kechasi vahimadan chinqirib uyg‘ondi. Agar ular patriot bo‘lishsa, bayroqlarini ko‘tarib jimgina yurishmaydimi, nima keragi bor hammaning tinchini buzib, uyqu bermasdan», deya yozdi yana bir feysbuk yuzeri Diana Berkutova.

Boshqa bir yuzer Ramil Valiev esa bu oddiy o‘g‘irlik ekanini iddao qildi.

«Bu o‘g‘irlik. Davlat mulkini o‘marish. Buning uchun tuzukina «muddat» olish mumkin», deya izohladi voqeani Ramil Valiev feysbuk sahifasida.

Hukumat nashrlariga ko‘ra, har bir bayroqning narxi 70 ming so‘mni tashkil etadi. Shunday qilib, bir kechada davlatga yetkazilgan zarar miqdori 142,6 mln so‘mga yetgan.

Rassom Tuz
Eltuz.com

Tag‘in o‘qing
1 dekabr 2020
«Oshin» – 1983 yilda Yaponiyada suratga olingan ko‘p qismli film. Bosh rollarda Nobuko Otova, Yuko Tanaka, Ayako Kobayasi va ...
11 avgust 2018
Namangan viloyatining Uychi tumani markazida hokimlik ishchilari kesgan katta chinor daraxti yo‘lovchilardan birini bosib o‘ldirdi. So‘nggi yillarda O‘zbekiston Vazirlar ...
6 dekabr 2021
«Eltuz» nashri 30 noyabr kuni “Maktabgacha ta'lim vazirligining bolalarga xos bo‘lmagan o‘yinlari” sarlavhasi ostida ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan video va ...
27 avgust 2021
Rassol Kirpi
Bloglar
30 aprel 2024
1990 yilning 30 aprelida mustaqil O‘zbekiston tarixidagi ilk demokratik partiya – «Erk»ning ta'sis qurultoyi bo‘lib ...
21 aprel 2024
Kartinani kecha uyimga olib keldim. Bir kecha termilib yotmoqchi edim. Lekin imkon bo‘lmadi. Doimgidek hayot ...
6 aprel 2024
Bugungi kunda rus propagandasi faqat rus telekanallari orqali berilyapti degan odam qattiq yanglishadi, chunki propaganda ...