Asosiy mavzular
15 aprel 2021

Norasida go‘dakning qotili kelinoyisi bo‘lib chiqdi

5 aprel kuni maktabdan kelinoyisi tomonidan olib ketilgan 5-sinf o‘quvchisi Ma'rifat Asatullaevaning jasadi Katta Namangan kanalidan topildi. Qizni kanalga aynan kelinoyisi itarib yuborgani aytilmoqda.

Namanganlik Samijon Mamadaliev qizining maktabdan qaytib kelmagani, noma'lum shaxs tomonidan olib ketilgani haqida o‘sha kuniyoq Chortoq tumani prokuraturasiga ariza bilan murojaat qilgan. 

Holat yuzasidan prokuratura tomonidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov jarayonida norasidaning joniga o‘z kilinoyisi Feruza Qodirova qasd qilgani aniqlangan. 

Hamma yaxshi ko‘rgan qiz edi, juda aqlli, deydi Ma'rifat haqida u tahsil olgan Chortoq tumanidagi 47-umumta'lim maktabi psixologi Zulfiya Jamoliddinova. 

Uning so‘zlariga ko‘ra, Ma'rifatni qarindoshi kelib, maktabda tanaffus vaqtida buvisi kasal ekanini aytib olib ketgan. Qiz sinf rahbarini ogohlantirmay maktabdan chiqib ketgan. U tez borib qaytishni rejalashtirgan bo‘lishi mumkin. 

Maktabdagi tartib-intizom, ota-onalar bilan hamkorlik va 5 aprel kuni maktab ma'muriyati yo‘l qo‘ygan xatolar bo‘yicha namanganliklar.uz sayti  muxbiri bergan savollarga maktab direktorining ma'naviy-ma'rifiy ishlari bo‘yicha o‘rinbosari Sh.Oxunov qoniqarli javob bera olmadi. 

U o‘sha kuni jinoyatchini maktab oldida ko‘rgan va kimning oldiga kelganini so‘ragan. Ma'rifatning qarindoshi ekani, bolada zarur gapi borligini aytgach, direktor o‘rinbosari tanaffus paytida qizchani chaqirib berishlarini tayinlaydi. 

Noma'lum shaxsning shunchaki “qarindoshiman, zarur gapim bor”, degan gapi bilan unga bolani o‘qish paytida chaqirib berishgan. Jinoyatchi esa uni maktabdan xotirjam olib chiqib ketgan.

Ma'rifat oilada eng katta nabira edi. Marhumaning amakisi Humoyun Mamadalievning aytishicha, taxminan bir yarim yil oldin ukasi uylanib, uyga kelin kelgan. Yosh oilaning 2 farzandi tug‘ilmasdan nobud bo‘lgan. Yangi oilada ko‘p nizolar bo‘lib turgan. 

Marhumaning onasi 5 aprel soat kunduzgi 3 lar orasida maktabga qizini izlab borishganida faqat farroshlarni topishgani, rahbariyatdan hech kimni topa olishmaganini bildirdi. 

Onasi qizning sinfiga kirib, uning o‘quv qurollarini yig‘ib, sumkasini olib qaytgan. Keyin ular marhumaning sinf rahbarini telefonda chaqirib, qizni birga qidirishgan. 

Ammo u ham nabirasi kasalligini aytib, tezda ketib qolgan. Bola topilmagach, yana sinf rahbariga telefon qilishgach, o‘qituvchining o‘g‘li uni haqoratlagan. 

Marhumaning amakisi surishtiruvlaridan ma'lum bo‘lishicha, gumondor shaxsning onasi ham o‘sha kungi jinoyatdan xabardor bo‘la turib, buni yashirishga uringan. 

“Maktab binosi oldida o‘rnatilgan kameralardagi tasvirlar orqali qizchani kelinoyisi olib ketgani tasdiqlandi. Ammo maktabning ayrim xodimlari bu ishni hanuz yashirishga harakat qilmoqda”, deydi Humoyun Mamadaliev.

U bu jinoyat sodir bo‘lishida maktab ma'muriyatining ham aybi borligi, mas'uliyatsizlik, befarqlik bilan noma'lum kimsaga voyaga yetmagan o‘quvchini berib yuborgani uchun ularni ham jazoga tortish kerakligini aytdi.  

Tag‘in o‘qing
8 noyabr 2023
Boyovut Ichki ishlar idorasi boshlig‘i o‘rinbosari profilaktika inspektorini noinsof, iflos, eshshak, cho‘chqa deya haqorat qildi. Qadrli muhlislar bugun 8 noyabr ...
26 yanvar 2018
O‘zbekiston Milliy xavfsizlik xizmati raisi Rustam Inoyatov Dubayda qiymati 12 million dollar bo‘lgan turar joy inshooti qurdirgani haqidagi ma'lumotni ...
1 avgust 2016
Eski ToshMIning Nikolay g‘ishtdan qurilgan va O‘zbekiston tarixiy yodgorliklar idorasi muhofazasida bo‘lgan binosi Bosh vazirning bir imosi bilan buzildi. ...
20 sentyabr 2018
Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston milliy kutubxonasida 25 sentyabrga rejalangan Rauf Parfining 75 yilligi tadbirining taqiqlanishi ortidan feysbuk ijtimoiy tarmog‘ida ...
Bloglar
6 may 2024
Hayrli kun! Urganch shahrida yashayman. Bugun quyidagi voqea yuz berdi: men avtobusda telefonda gaplashib turgandim. ...
30 aprel 2024
1990 yilning 30 aprelida mustaqil O‘zbekiston tarixidagi ilk demokratik partiya – «Erk»ning ta'sis qurultoyi bo‘lib ...
21 aprel 2024
Kartinani kecha uyimga olib keldim. Bir kecha termilib yotmoqchi edim. Lekin imkon bo‘lmadi. Doimgidek hayot ...