• Uznews.uz
Asosiy mavzular
1 sentyabr 2021

“Lochin” brigadasi harbiy xizmatchisi: Birinchi va oxirgi murojaat!!!

“Eltuz” tahririyati feysbuk messenjeri orqali vahimali, ayni paytda xavotirli bir murojaat oldi. U o‘zini “IIVning xalqaro aeroportlarda xavfsizlikni ta'minlovchi “Lochin” brigadasi harbiy xizmatchisi” sifatida tanishtirgan shaxs nomidan kelgan.

“Lochin” harbiy xizmatchisi o‘z harbiy qismidagi nosog‘lom vaziyat, bo‘layotgan haqsizliklarga chora ko‘rilmasa, qurolli zo‘ravonlik sodir etishi ehtimolidan ogohlantirgan. 

“Eltuz” ushbu murojaat jamiyat xavfsizligi, insonlar hayotiga taalluqli bo‘lgani uchun uni qanday yozilgan bo‘lsa shundayligicha (balki kriminalistlar va psixologlarga yordam bo‘lar!) e'lon qilishga qaror qildi.

Salom. Men sizlarga Tashkent Halqaro aeroportidan yozyabman. 

Murojatimiz birinchi va oxirgi marta. Diqqat bilan o‘qib va jiddiy choralar ko‘rmasangizlar qattiq afsuslanasizlar, balki o‘sha joyda sizlarning yaqinlaringiz yoki ko‘plab begunoh insonlar bo‘lar… Nima bo‘lsayam o‘sha mudxish kunda bo‘ladigan ishga 100% xozirgi amaldagi hukumat, rahbarlar va sizlar javob berasizlar, va o‘sha ish sizlarning bir necha yillik bizga bo‘lgan e'tiboringiz natijasi deb, qabul qilasizlar.

«O‘sha ish» deb, nima haqida yozayotganimiz pastroqda ma'lum bo‘ladi. Ungacha asosiy sababni bayon qilsak, ahir sababsiz oqibat bo‘lmaydiku, to‘g‘rimi, buni sizlar juda yaxshi bilasizlar? Bu bir martalik hayotda Sizlar to‘kin-sochin, ko‘zni qamashtiradigan uy va mashinalarda mazza qilib, beg‘am yashayabsizlar. Bizlar qachon shu kamtarona mehnatimiz orqasidan sizlarchalik bo‘lmasa ham oddiy uy va oddiy mashina olamiz? Qachon sal bo‘lsa ham oilamiz bilan beg‘am, hotirjam yashaymiz, ahir umrimiz o‘tib ketayabadiku. Oz bo‘lsada hayotning lazzatlarini qachon his qilamiz. Yoki hayot shunaqa og‘ir mehnat va asabbuzarliklardan, baxtsizlikdan, kasallik orttirishdan iboratmi? Qanday qimang hammasi moliyaviy holatingizga borib taqalarkan. 

10 yil avval yosh, orzulari osmon, kuchga to‘lgan, kallasi butun, sog‘lom va juda g‘ayratli yigit edim. Tengqurlarim qatori men ham hayotda o‘z o‘rnimni topish uchun rejalar tuzar va hayot haqida chuqur o‘ylay boshladim. Oldimda ko‘p imkoniyatlar va ko‘plab eshiklar bor edi. 

Men birontasini tanlashim kerak edi. Do‘stlarim xorijda o‘qishga, ayrimlariga ishlashga ketishdi, ayrimlari o‘zimizda oliy o‘quv yurtlariga o‘qishga kirishdi, ayrimlari biznes savdo, ishlab chiqarish bilan shug‘ullanishdi, eng bo‘lmagani variantga avtomobil olib taksilik qilishdi, meni ham o‘zlari qadam tashlagan sohalarga qiziqitirib, maqtanib, saflariga qo‘shmoqchi bo‘lishdi, bunga imkoniyatlarim ham bor edi. (Hozir shu o‘sha do‘slatim havas qilsa bo‘ladigan hayot kechirayabdi, uyi, mashinasi bor menday qiynalmay mendan ko‘p daromad topishadi) Lekin men o‘zim tanlagan, mashaqqatli va shu bilan birga sharafli kasb – harbiylikni tanladim. Nimagaki biz 3 farzand oilada Vatanparvarlik hislatlari bilan tarbiyalanganmiz. 

Yoshligimizdan ota-onamiz mard, g‘ururli va Vatanni sevib ardoqlaydigan komil inson qilib tarbiyalashgan. Shu sababmi shu kasbni-harbiylik kasbini tanlaganman. «Quruq qoshiq og‘iz yirtar» deb, bejizga aytishmagan. O‘sha payti, bir o‘rtog‘im bilan harbiy sohaning eng «elitniy», mehnat haqqiga havas qilsa bo‘ladigan yo‘nalshiga yani SNBning «Burgut» ga hujjat taxlaganmiz, bir necha yil boks bilan shug‘ullanganman, mukofatlarim ham bor shuning uchun Burgutning barcha saralash va tanlovlaridan 100% o‘zim o‘tdim, lekin bo‘sh joy bo‘lmagani sababli SNBning boshqa sohasi «Lochin»ga (hozirgi IIV Xalqaro aeroportlarda havsizlikni ta'minlash qo‘shinlari) taklif qilishgan, «hozircha Lochinda ishlab turay keyinchalik Burgutga pervod qilib olaman, deb rozi bo‘lganman. 

Xullas, Lochinga shartnoma asosida ishga keldim, «askar hayotni» boshladim, bilasiz askar hayoti osonmas, qat'iy tartib-intizim, shaxdam qadamlar, jismoniy mashqlar, paligon ko‘pincha postda turamiz, xullas Qurolli Kuchlar nizom qoidalaridan chiqmasligingiz kerak. 

Xizmatimiz asoson Toshkent xalqaro aeroporti atrofida devorlar bilan o‘ralgan hududda kuzatuv minorasidan tunda esa piyoda patrullik yo‘li bilan qo‘riqlashdan iborat. Sobiq «Lochin» brigadasi butun O‘bekiston hududidagi aeroportlarni qorovullash uchun tuzilgan harbiy bo‘linma. 

Bu bo‘linmaga rahbar Namanganlik qirg‘iz millatiga mansub general-mayor Mirzarahimov Bahodir. Aynan shu shaxs sal kam 20 yildan beri Lochinga rahbar. Ayrimlar Lochinni lochin qilgan Bahodir aka deyishadi. Ha o‘zidan yuqoridagilar nazdida o‘zining obro‘si uchun ishlagan odam. Faqat o‘zini o‘ylagan, shaxsiy tarkibni bir tiyinga ilmagan shaxsiy tarkibi uchun hech narsa qilmagan noshud. Shu odam qarshiligi sabab Burgutda joy ochilib taklif qilishganda, o‘tolmaganman, o‘qishgayam kirolmaganman. Bu odamdan qattiq nafratlanaman, hayotimni izidan chiqayotganiga ham shu odamning sezilarli hissasi bor. 

Agar o‘sha payti Burgutga o‘tib ketganimda, hozir hayotim oz bo‘lsada havas qilarli bo‘lardi, oilamda puldan muammolar va uysizlik sabab janjallar ham bo‘lmasdi. Hozirgiday o‘zimni o‘ldirish hissi ham paydo bo‘lmasdi. Oxirgi bir yillardan beri qani edi, bugun uxlasam u ertaga uyg‘onmasam, deb uyquga ketib, ma'nosiz yashayman. 

Chindanam jonimdan to‘ydim, nimagadir o‘lishdan qo‘rqmay qolganman. Bu haqida har kuni o‘ylayman. Sababi xozirgi taqdirimdan, ishim sabab oilamda bo‘layotgan janjallardan charchadim. To‘g‘ri qaysidir ma'noda o‘zimning ham aybim bordir, lekin men hammasini to‘g‘ri bajarishimga, to‘g‘ri ishlashga, mehribon ota, vafodor er, itoatkor farzand, sodiq do‘st bo‘lishimga qaramay, hayotim izidan chiqayabdi. Sababini shu joyda, ertayu-kech uyqusiz qattiq ishlab, kam dam va kam daromad topayotganimda deb o‘ylayman. Olayotgan oylik maoshimiz qornimizdan ortmaydi.

Toshkentda hamma narsa qimmat, ijara pulini aytmasa ham bo‘ladi, 2 xonali uy kamida 200$, davlat tomonidan beriladigan ijara puli yetmaydi, yana yonimdan qo‘shib to‘lab turaman. 2 ta farzandim va xotinimdan qizg‘onib ham pul orttirolmayabman. Bunaqada qachon oddiy uy va mashina olaman. Axir ishga shu sabab ham kirganmanku. Har bir inson o‘z uyi, mashinasi bo‘lishini xoxlaydiku. 

Menga boshqa hech narsa kerakmas. Mehnatimga yarasha haq olay, natijada uy va mashina olaman, hozir beradigan oylikni hisob chiqsa bu ozruzlarim hech qachon amalga oshmaydiganday. Har doim qarindoshlar, do‘stlarim va tanishlarim «10 yildan ortiq ishlab qo‘yibsan, uy, mashina qildingmi, deb so‘rayveradi. Nima deb javob berishni bilmayman, xijolat bo‘laman. 

Shu sabab oxirigi yillar hech kimga qo‘shilmay qo‘ydim. Kamiga ota-onam, akalarim va xotinim ham xolu-jonimga qo‘ymaydi. Nime emush, televizorda hamma harbiylarga uy berilayotganmush, menga qachon beriladi, deb so‘rayveradi. Har doim shu gaplarni eshitaverganimdan uyga ham borgim kelmay qolgan. 

To‘g‘ri, bir necha yillar davomida harbiylarga imtiyozli kredit asosida berilishi kerak bo‘lgan uylar aynan bizning bo‘linmaga berilmay kelayotgandi, va nihoyat oxirgi yillari berildi, lekin narxlari juda qimmat xatto butun oyligimiz yetmaydi, raqamlarni ko‘rsangiz beihtiyor shu ham imtiyozli kreditmi, devorasiz.

Ichi qoralik deb o‘ylamangku, Toshkent aeroportida bizga o‘xshab bir qator harbiy tuzilmalar xizmat olib boradi, jumladan, Prezident Xavsizlik Xizmati, Davlat Xavfsizlik Xizmatining aviatsiya havfsizligi bo‘limi, Davlat Xavfsizlik xizmati Chegara qo‘shinlari, Davlat Bojxona qo‘mitasi, Milliy Gvardiya hodimlari, shularni ichida aynan bizni bo‘linma davlatning «etim bolasiga» o‘xshab qolgan, to‘g‘ri hammani o‘z vasifasi bor. Ularga bizga «Lochinga» o‘tib xizmat qilasizmi deb taklif bersngiz, xech o‘ylanib o‘tirmay YO‘Q deb javob beradi, sababi bizni xizmatimizni qanaqa mashaqqatliligini yaxshi biladi. 

Bizni xizmatni «nomi ulug‘ surpasi quruq» deyishadi. Yuqoridagi sanab o‘tgan hodimlar bizning hodimlardan jismonan ham ruhan kam mehnat qiladi va bizdan ko‘proq oylik maosh olishadi. Ularga imtiyozli arzon uy-joylardan, past fozili avtokreditlar beriladi. Bizga esa yo‘q. Bu qanaqa adolatsizlik? 

Tushunayabsizmi? Oxirgi jumlani qaytadan o‘qib chiqishingiz mumkin, men bu gapni yolg‘ondan osmondan olib yozganim yo‘q. Bu haqiqat. Surishtirshingiz mymkin. Bir nechtasi, men yashaydigan uyga yaqin joylarda yashashadi, aeroportda ishlashini bilib turib ko‘chada ko‘rib qolsam, ataylab oldiga borib oylik maoshi, past fozili ipteka va avtokreditlar olishayotganliklari haqida so‘rab bilaman. Ularga berilayotgan e'tibor va imkoniyatlarni ko‘rib qadrimga achinib, erkak bo‘lib yig‘lagim keladi. 

Yuqoridagi hodimlarning hech qaysisi bizga o‘xshab katta harbiy sapok kaska va og‘ir bronejilet kiyib, Kalashnikov avtomatini ko‘tarib ochiq havoda postda turmaydi. Biz shu xolatda, uxlamay kechayu-kunduz, qishin-yozin xar qanday ob-havo sharoitida, qor-yomg‘ir, bo‘ron , jazrima issiq farqi yo‘q, shu holatda postda turamiz. Xarbiy qismga borib har xil xo‘jalik ishlarida ishlaymiz, mahallalarda majburan obodonlashtirish ishlarida ishladik, nima biz mardikormizmi? Qaerga xizmat bo‘lsa jo‘nataveradi. 

Karantin payti shaxar atrofida postlarda turdik, xozir kamiga Covid sentrni va aeroportda aloxida avg‘on qochqinlarini qo‘riqlab o‘tiribmiz, odam yetishmaydi. Kun ora xizmat. Tasovvur qiling shu xolat yillab davom etadi. Shu qiyinchliklar sabab hammamiz turli jiddiy kasalliklarni orttirib olganmiz, ishonmasangiz tibbiy kitobchamizni tekshirib ko‘ring, hatto ko‘pchilik ayrim kasalliklarni ishxonaga aytmay, yashirincha ta'tilda davolanadi, chunki ayrim kasalliklar sabab harbiy xizmatga yaroqsiz bo‘lib ishdan haydalib ketish hech gap emas. 

Yuqoridagi boshqa harbiy xizmatchilardan farqimizni isbotlashda barcha statistikalarga e'tibor bering, 

1-Oyligimiz kam. 

2-bizga ularga o‘xshab imtiyozli kredit asosida uy va avtokredit berilmaydi.

3-tik oyoqda yuqorida batafsil yozganimday mashqqat bilan xizmat qilamiz

4- xizmat sabab juda ko‘p kasal bo‘lyabmiz

5-shaxsiy tarkib va askarlar orasida o‘z joniga qasd qilishlar ko‘payib ketgan. 

6-xizmat va kam oylik sabab oilaviy ajrimlar ko‘p, 

7- bir dunyo qanaqadir majburiyatlarni nuqta verguligacha yodlaymiz va yana boshqa misollarni keltirishimiz mumkin, hammasi odamni stres va dipressiyaga soladi. 

Mashaqqatimiz ko‘p bo‘lgandan keyin oylik maoshimiz ham ko‘p bo‘lishi kerakmasmi? Mana shu nomutonasiblikni to‘g‘irlaydigan, adolatli tizim yaratadigan mard halol rahbar yoki siyosatchi bormikan? Qachongacha shunday yashaymiz. Shaxsan men bir necha yillardan beri shu adolatsiz muhitda ishlab asablarim charchab radikallashib boryabman, nafaqat men boshqalar ham. Turli tuzalmas kasalliklarni orttirdim, yashirinib davolanib yuribman. Hammasidan to‘ydim. Ko‘zimga ota-onam, farzandlarim ham ko‘rinmay qolgan. Bir necha bor o‘zimni o‘ldirmoqchi bo‘ldim.

Lekin nimagadir uzoq yillar bu adolatsizliklar o‘zgarishidan umid qilib yashab keldim. Sabr kosamiz to‘ldi, postda turib qo‘limdagi qurol bilan o‘zimni otib tashlagim yoki qorovulxonadagilarni otib qurollarini olib mashinaga minob perrondagi hamma samalyotlarni yonilig‘i bakiga qarb o‘q uzib yo‘lovchilari bilan birga portlativorgim kelib ketaveradi, bazo‘r o‘zimni tiyaman. 

Shunaqa qilib, bizga tegishli ma'sullardan qasd olgimiz kelaverdi. Kam oylik, adolatasiz xizmat sabab nafaqat men shundayman, balki boshqalar ham menga o‘xshab radikallashgan, bu haqida bollar bilan har naryadda gaplashamiz. Agar bizdan kimdir miyyasi aynib nufuzli davlartlarni samalyotlarini yo‘lovchilar bilan qo‘shib otib, portlativorsa bormi, bundan daxshati bo‘maydi, xali tarixda bunday bo‘lmagan bo‘lsa kerak. 

Shuning uchun, bunday ko‘ngilsizliklarni oldini olish uchun, mana shunday signallarga e'tiborli bo‘lib, shaxsiy tarkibning taklif va muammolarini tinglab hal qilish kerak. Yuqoridagi aeroportdagi boshqa vazirlik va qo‘mitalar xarbiy xizmatchilari kabi bizning oyliklar ham teng bo‘lsa, ularga beriladigan imtiyozli uy-joylar va avtokreditlar bizga ham berilsa adolatdan bo‘ladi. Xurmatli rahbarlar bizning asosiy muammolarimizdan xabardor bo‘ldilaringiz, bu sizlarga bir belgi yoki signal. 

AGAR 1-OKTYaBRGAChA YuQORIDAGI MUAMMOLARNI QARIChLAB O‘RGANIB IJOBIY HAL QILMASANGIZLAR, YuQORIDAGI DAXShATLI FOJIA SODIR BO‘LADI. BUNI ShUNChAKI PO‘PSA DEB O‘YLASANGIZ QATTIQ ADAShASIZ. SINAB KO‘RMANG!!! PUShAYMON BO‘LASIZ! AGAR BUTUN BOShLI ShAXSIY TARKIBNI ALMAShTIRIB TAShLASA HAM, MEN TOShKENT AEROPORTINI XAVFSIZLIGINI IPIDAN IGNASIGAChA JUDA YaXShI BILAMAN. QANChALIIK QATTIQ QO‘RIQLANMASIN AEROPORTNI ISTALGAN HUDUDIGA BEMMALOL KIRIB BORAOLAMAN VA BIR KUNMAS BIR KUN HAYoTIMNI IZIDAN ChIQARGAN BU ADOLATsIZ TIZIMDAN QASOS OLAMAN.

BIZ ShU KUNGAChA BARChA MUAOMMOLARNI BIR NEChA MARTA YIG‘ILIShLARDA AYTIB BO‘LDIK, LEKIN ZARRAChA HAAM FOYDASI BO‘LMADI! ENDI BOShQAChA BO‘LADI, BIR SINAB KO‘RINGSIZLARChI?

Ushbu murojatni prezident vertual qabulxonasiga yubordik, siz ham ushbu murojatni tarmoqlarizda yoriting….

Tag‘in o‘qing
6 avgust 2023
Jizzax viloyati Zarbdor tumanidagi “Zarbdor” gazetasining bosh muharriri G‘ulomjon Hamzaev Eltuzga maktub yo‘llab, mamlakat rahbariyatidan tuman hokimi Zafar Ro‘ziev ...
7 noyabr 2016
Shanba ertalab joni uzilgan Abdulla Oripov toshkentliklar kommunist-mozor deb aytadigan Chig‘atoy qabristoniga oldin rejalangani kabi seshanba kuni xam, keyinchalik ...
24 sentyabr 2023
Qozog‘istonda chet el vatandoshini o‘g‘irlab yaqinlaridan pul talab qilgan besh o‘zbek uzoq muddatga qamaldi. Qarag‘anda shahar sudi 21 sentyabr ...
20 iyun 2022
1990 yil 20 iyunda O‘zbekiston SSR Oliy Soveti tomonidan Mustaqillik deklaratsiyasi qabul qilingan edi. Mamlakat tarixidagi eng muhim hujjatni ...
Bloglar
28 oktyabr 2024
(Eltuzga telegram orqali kelgan maktub) “Xorazm viloyati Urganch tumanlararo sud raisi Yo.A.Almosov janobi oliylarining bugungi ...
24 oktyabr 2024
Bir odam hammaga yaxshilik qilishga so‘z beribdi. Qo‘shnisi kelib uni otini so‘rab olib minib ketganicha ...
10 oktyabr 2024
Yuksalish maktabining gender ayirmachilikka asoslangan boshqaruvi haqidagi maqolaga o‘quvchilar ikki xil munosabat bildirdi. Bir suruv ...