Asosiy mavzular
8 oktyabr 2022

Erondagi namoyishlar o‘rta maktablargacha tarqaldi

Qizlar ro‘mollarini yechib, havoga silkitib, ularni tinchlantirish uchun kelgan davlat amaldorlariga norozilik bildirishmoqda. Eron shahar maydonlarida paranjilar, hijoblar yechilib, yoqib yuborilmoqda. Namoyishlar tarqalmagan shahar qolmadi, qurbonlar soni 150 dan oshdi.

Sababi nima bo‘lishidan qat'iy nazar, yosh ayolning boshini yopmagani uchun hibsga olinishi, uch kun ushlab turilishi va oxir-oqibat hayotdan ko‘z yumgani bu insonlik fojeasi. Namoyishlar uchun haqli bir sabab.

Eron ayollari tik turib, zulmga qarshi isyon ko‘tarib, ro‘mollarini yoqib, sochlarini qirqishmoqda.
Bosimning oshishi ham reaktsiyani kuchaytiraypti.

Eronlik mulllar va rejim :»Amerika bizning yoshlarimizni provokatsiya qilmoqda» deyishadi.
Bizni imomberdilarning ham fikri shunday. Mullavachchalarni tili bilan aytganda urf-odatlarimizni, ilg‘or islom madaniyatini «g‘arb va yahudlar buzishmoqda.» Bu mulla akalar nazarida go‘yoki «tolibon, eron madaniyat markazi, g‘arb esa yomonlik o‘chog‘i.»Karimov davrida g‘arb davlatlaridan boshpana olgan go‘yoki “mazlum” mullalar ham shu fikrda.

Holbuki, nafaqat bugun, balkim tarixan, islom o‘lkalarida faqirlik, jaholat va istebdod(despotizm) hukmron.

Kunimizda esa, Iqtisodi yomonlashayotgan, inflyatsiyasi oshib borayotgan, politsiya va miltiq zug‘imi bilan xalqini zulm ostida bostirishga urinayotgan har bir diktator darhol amerikani ayblaydi. Xalqini yana ham dindorroq qilishga urinayotgan Eron, Ibrahim Raisi rejimi ham shunday.

20 yillik iqtidori davrida iymonli avlod yetishtirmoqchi bo‘lgan , natijada deist avlod soni kundan kunga ortib borayotganlar islomchilarda ham shu ahvol.

Kun mavzusi Eronga qaytsak.

Eronning har bir aholi punktida AQShning agentlari bormi? Noroziliklarga amerika sababmi? Eron ahloq politsiyasi nazoratxonasida o‘lgan qizni amerikalik agentlar o‘ldirdimi? Namoyishchilarni amerika kelib o‘ldirayaptimi?

Javob oddiy, bu voqealar mullalarning zulmkor rejimi olib kelgan ijtimoiy portlashdan iborat. Zotan bular porox bochkasida o‘tirib, olov bilan o‘ynayotganlardir.
Bu manzarada musulmon jamiyatlar totalitar rejimlarini liberal-demokratik yo‘nalishga o‘zgartirishdan boshqa yo‘llari yo‘q.

Bahodir Fayzi

AQShda yashayotgan o‘zbek publitsisti

Tag‘in o‘qing
9 sentyabr 2020
Andijon viloyatining Izboskan tumani hokimi Serobiddin Ismoilov tuman selektorida uy so‘rab joniga tekkan bir muallima ayolni jinni deb haqorat ...
30 mart 2016
30 mart kuni Chilonzor, 23-mavze uchastka noziri, sud ijrochilari va 10 ga yaqin, o‘zini tanishtirmagan fuqaro kiyimidagilar jurnalist 47 ...
2 mart 2017
1 mart kuni jurnalist Jamshid Karimov ruxiy hastaxonadan ozod qilindi. 49 yashar Jamshid o‘tgan yili o‘lgan O‘zbekiston prezidenti Islom ...
12 avgust 2018
«Jasliqda bir oylarcha o‘tirganimizdan keyin vaziyat biroz yumshaydi. Tushlik, kechki ovqatlardan keyin 5 daqiqa bo‘lsayam bir-birlarimiz bilan gaplashishga imkon ...
Bloglar
21 aprel 2024
Kartinani kecha uyimga olib keldim. Bir kecha termilib yotmoqchi edim. Lekin imkon bo‘lmadi. Doimgidek hayot ...
6 aprel 2024
Bugungi kunda rus propagandasi faqat rus telekanallari orqali berilyapti degan odam qattiq yanglishadi, chunki propaganda ...
28 mart 2024
Rossiya gumondorlarini qiynagani IShID versiyasini yo‘qqa chiqarmaydi.  Bu yerda bir eski siyqa tryuk ishlatiladi. Spetsslujbada bu ...