Asosiy mavzular
7 aprel 2023

Bo‘riga cho‘ponlik vazifasini berish…

Qodiriy ta'biri bilan aytsak, mamlakatning yuz yil oldingi «kirli» tarixida ham¸ Sovet davrida ham mulozimlar, qudrat va sarvat egalari yetimlarni muttasil zo‘rlashgan. 

Sovetning ilk yillarida Xiva va Xo‘jaylida ochilgan yetimxonalarda ham o‘sha ilk davrdayoq yetim o‘g‘il bolalarni yetimxona rahbari zo‘rlagani va zo‘ravon rahbar xalq tarafidan sazoyi qilingani haqidagi gaplar va bu qilmish tergov qilingan hujjatlar arxivlarda turibdi. 

Sovet davrida (taxminan 70-yillar oxirida) Xivada raykom (SSSR davridagi bir tumanning absolyut humkdoriga “raykom” deyilgan) bo‘lgan amaldor yoshulli qamaldi. Bu Gdlyan Ivanovlar «qama qama»laridan oldingi voqea edi. Gazetalar bu yoshullining «o‘z xizmat vazifasidan foydalanib maishiy buzuqlik» bilan shug‘ullangani haqida mavhum qilib yozishdi. Xalq orasida esa bu raykom bovo Xivadagi qizlar o‘qiydigan bilim yurtini o‘zining haramiga aylantirgani haqidagi dahshatli gaplar oraladi. Xiva raykomi bu qizlar bilan maxsus supa shaklida yasattirilgan kemada Xiva yaqinidagi G‘ovuk ko‘lida ishrat qilgan. Qizlarning bakoratini olish bu yoshullining asosiy xobbisi bo‘lgan. Raykom to‘shagiga to‘shalgan qizlar keyinchalik bemalol erga tegishi uchun maxsus yollangan vrach ularni peshma pesh tikib turgan. Xullas, bir-biridan dahshatli gaplar. Xivadagi katta yoshli odamlar eslasa yozsin o‘sha davrda tarqalgan gaplarni. 

Saksonlarda Xorazm viloyat madaniyat boshqarmasi boshlig‘i bo‘lgan Ganja og‘a degan yoshullining xizmat vazifalaridan biri Toshkentdagi rahbarlar to‘shagiga yosh raqqosa qizlarni «postavka» qilish bo‘lgani haqida mish mishlar yurardi. Aynan o‘sha payt balki saksonlar boshida Qashqadaryo obkomining erka o‘g‘li «qizlarni ovlash»ni xobbiga aylantirgani haqida mish-mish tarqaldi. 

O‘sha davrda Namangan prokurori bo‘lgan qudratli mulozimning Alisher ismli o‘g‘li ham qizlarni zo‘rlaganlik aybi bilan qamaldi. Mulozimlarning dekabr oyida otpuska olib tog‘dagi dachada «orgiyalar» o‘tkazib, o‘zlarini «dekabristlar» deya martabalagaini haqida Uchqun Nazarov o‘zining «Ko‘zgu» degan dramasini yozgan. Bu asar telespektakl bo‘lib sahnalashtirilgan va bosh rolni Hamza Umarov o‘ynagan (Yutubda bor). 

Karimov davrida urilgan mulozimlarga qo‘yiladigan ayblardan biri ham «maishat» edi. Karimov bu so‘zni «May-Ishrat» deb ajratib gapirardi. Mulozimlarning yosh qizlar (o‘g‘il bolalar) bilan ishrat qilgani doimo videoga olinib SNB tarafidan saqlab qo‘yilar va bu mulozim «istalamagan shaxs»ga aylangan paytda bu video va fotolar o‘rtaga chiqar edi. Ba'zan Karimov hokimlarni ishdan olgan paytda qo‘lida shu rasmlarni ushab o‘tirar. O‘zini oqlamoqchi bo‘lgan hokimga u qilgan «ishrat» ko‘lamini eslatib, «so‘nggi halokatli zarba»ni berardi. 

Hozir «huquq himoyachisi», «sotsilog», «navoiyshunos yosh olim «, «jurnalist», «bloger» deb nomi chiqqanlarning «ishrat» yoki pedofillikka moyilliklari ham SNB tarafidan tizimli monitoring qilinar va kerakli paytda «ishlatilar» edi. 

Shu o‘rinda bir muhim jihatni ta'kidlash kerak: erkak va ayolning maishiy turmushi ularning bir-biriga sevgisi va xiyonati. O‘ynash tutishi va umuman yotib turishi bilan bog‘liq barchasi – ularning shaxsiy ishi. Buni elashtirishga haqqimiz yo‘q. Shaxsiy hayot daxlsiz bo‘lishi shart. Ammo, kim bo‘lishidan qat'i nazar, voyaga yetmaganlarni, himoyasi bo‘lmagan yetimlarni zo‘rlasa – bu jinoyat. Dunyoning barcha jazo qonunlari (O‘zbekistonnikidan boshqa) pedofillikni mudhish jinoyat deb biladi. Ko‘p hollarda ularga o‘lim jazosi beriladi, bichiladi yoki uzoq muddatga qamaladi. Qamalib chiqqandan keyin ham pedofillar maxsus ro‘yxatda turadi. Umrbod cheklov ichida yashaydi. Shuncha kundan beri gapirayotganimiz mana shu haqda. 

Bo‘riga cho‘ponlik vazifasini topshirish kabi absurdlik faqat O‘zbekistonda bor.

Rassom Tuz

Tag‘in o‘qing
2 iyun 2023
RT: Aziz og‘a ini, opa singil qadrdonlarim. Mana hafta aylanib siz bilan birgaman.  MS: Toshkent o‘risni mallakina oylondimi og‘a? ...
13 aprel 2024
Joriy yilning 9 aprel kuni Istanbul viloyati Fotih tumanida vaqtinchalik ishlash uchun kelgan o‘zbekistonlik ikki nafar fuqaro Instagram tarmog‘iga ...
28 noyabr 2018
2009 yilning avgustida dizayner, shoira, qo‘shiqchi, diplomat va “O‘zbekiston malikasi” sifatida dovrug‘ qozongan Gulnora Karimova dunyoga mashhur rossiyalik kutyurelardan ...
3 oktyabr 2018
O‘zbekiston prezidenti ma'muriyati rahbari o‘rinbosari, prezidentning matbuot kotibi Komil Allamjonov egallab turgan lavozimidan ozod qilindi. Bu haqda “Eltuz” bilan ...
Bloglar
11 may 2024
1944 yilning 11 mayida Stalin barcha qrim tatarlarini Qrimdan surgun qilish haqidagi mash'um qarorni imzoladi. ...
6 may 2024
Hayrli kun! Urganch shahrida yashayman. Bugun quyidagi voqea yuz berdi: men avtobusda telefonda gaplashib turgandim. ...
30 aprel 2024
1990 yilning 30 aprelida mustaqil O‘zbekiston tarixidagi ilk demokratik partiya – «Erk»ning ta'sis qurultoyi bo‘lib ...