Document UZ
19 dekabr 2019

Toshkent metrosi qurilishida qurbon bo‘lganlar ismlari ochiqlandi

Favqulodda vaziyatlar vazirligi metro qurilishi paytida ko‘chki oqibatida halok bo‘lgan olti nafar shaxsning ismlarini e'lon qildi. Ularning to‘rttasi Qashqadaryoda, ikkitasi Samarqand viloyatida tug‘ilgan.

Oltinchi quruvchining jasadi payshanba kuni ertalab topildi, deya xabar beradi «Gazeta.o‘z» hukumat va huquq-tartibot idoralaridagi manbalarga tayanib.

1. Abdullaev Oybek To‘ra o‘g‘li (1989 yilda tug‘ilgan, Qashqadaryo viloyati, Shahrisabz tumani, Beshkapa qishlog‘ida yashagan);

2. Ravshanov Jonibek Islom o‘g‘li (1989 yilda tug‘ilgan, Qashqadaryo viloyati, Shahrisabz tumani, Beshkapa qishlog‘ida yashagan);

3. Abdullaev Davronbek Botirovich (1999 yilda tug‘ilgan, Qashqadaryo viloyati, Shahrisabz tumani, Beshkapa qishlog‘ida yashagan);

4. Diyorov Anvar Normurodovich (1986 yilda tug‘ilgan, Qashqadaryo viloyati Yakkabog‘ tumanida yashagan);

5. Rahmatov Ixtiyor Amriddin o‘g‘li (1996 yilda tug‘ilgan, Samarqand viloyati, Oqdaryo tumani, Farmonobod qishlog‘ida tug‘ilgan);

6. Karimov Zarif To‘lqinovich (1981 yilda tug‘ilgan, Samarqand viloyatining Pastdarg‘om tumanida yashagan).

Hukumat komissiyasi topshirig‘i bilan har bir marhum oilasiga 100 million so‘mdan pul ajratildi. 18 dekabr kuni Toshkent metrosining Yunusobod liniyasini uzaytirish uchun boshlangan qurilish uchastkasidagi ochiq maydonchaga 250 kub metr hajmdagi tuproq qulab tushgan, dastlabki taxminlarga ko‘ra, jami 20 nafar quruvchi tuproq ostida qolgan edi.

Eltuz.com

Tag‘in o‘qing
2 fevral 2021
“Eltuz” qisqa hajviy animatsion filmlar turkumini davom ettiradi. Navbatdagi film yozuvchi Rahimjon Rahmat matni asosida tayyorlandi. Muallif Qo‘qonning Kapponbozorida ...
25 sentyabr 2015
– Dunyoda ikki yuzdan oshiq davlat bor, deyarli barchasida tinchlik, sanoqli davlatlardagina ma'lum sabablarga ko‘ra notinchlik xolos. Yurtimiz yuz ...
18 iyul 2018
Poytaxtning Yunusobod tumani hokimi buyrug‘i bilan 12 iyul kuni, tumanning 11-dahasidagi, 17-uy devoriga ishlangan mozaika usti oqqa bo‘yaldi. Bu ...
13 aprel 2022
Ukraina mojarosi haqida o‘qiyverib, bir qiziq voqea esimga keldi. Ancha yillar oldin bir tilshunoslar forumida ukrain tilidagi bir yo‘l ...
Bloglar
30 aprel 2024
1990 yilning 30 aprelida mustaqil O‘zbekiston tarixidagi ilk demokratik partiya – «Erk»ning ta'sis qurultoyi bo‘lib ...
21 aprel 2024
Kartinani kecha uyimga olib keldim. Bir kecha termilib yotmoqchi edim. Lekin imkon bo‘lmadi. Doimgidek hayot ...
6 aprel 2024
Bugungi kunda rus propagandasi faqat rus telekanallari orqali berilyapti degan odam qattiq yanglishadi, chunki propaganda ...