Asosiy mavzular
17 noyabr 2016

O‘zbekiston Internet erkinligi cheklangan davlatlar sirasiga kiritildi

Internet va media sohasi O‘zbekistonda dunyoda eng keskin nazorat qilinadigan davlatdir. «Freedom House» har yili o‘tkazadigan Dunyo bo‘yicha Internet erkinliklari darajasi yuzasidan chuqurlashtirilgan tadqiqotiga ko‘ra xisobotiga asoslanib shunday xulosaga kelish mumkin.

Yaqinda e'lon qilingan hisobot internetdagi erkinliklarning pasayib borayotgani va ayni paytda onlayn faollikning oshayotgani umumiy tendentsiyasini tasdiqlaydi. Tadqiqot uchta xolatga asoslanadi: axborotga to‘siqlar, kontentlarning cheklanishi va foydalanuvchilar huquqining buzilishi. Bu holatlarning har biri bo‘yicha mamlakatlar baholanadi, baholar soni qancha kam bo‘lsa, vaziyat shunchalar erkin, punktlar sonining ko‘pligi esa erkinlik muhitining shu qadar kamligini anglatadi.

rasm4059

Hisobotda o‘rganilgan 65 mamlakat orasida, 100 ta punktdan 79 tasini olgan O‘zbekiston kam erkinliklarga ega deb topilgan. O‘tgan yillarda ham nazoratning yuqoriligi, ko‘plab xalqaro axborot saytlarining to‘sib qo‘yilgani va hukumat tanqidini o‘z ichiga olgan kontent mualliflarining uzoq muddat qamoqlarga tashlangani uchun yomon reytinglar qozonib kelgan.

Bu yilgi hisobotda, ovozli IP-telefoniya, jumladan Skype, WhatsApp va Viber xizmatining taqiqlangani, shuningdek, «jamoat tartibini ommaviy axborot vositalari va telekommunikatsion tarmoqlar orqali buzish» kabi nokonkret jinoyat uchun jazoning kuchaytirilgani kabi holatlar kuzatildi. Hisobotda bu holat, voqealarni onlaynda tanqidiy yoritishga bo‘lgan to‘sqinlik deya baholangan.

Tadqiqotda, jumladan O‘zbekiston aholisining deyarli yarmi 2015 yili Internetga ega bo‘lgani, asosan xizmat narxining yuqoriligi, keng polosali tarmoqdagi tezlikning pastligi, ma'lumotlar uzatish hajmining cheklangani va infratizilma ustidan davlat nazoratining kuchli nazorati qayd etilgan.

Hisobotga ko‘ra, internet-kommunikatsiyasi O‘zbekiston hukumati tomonidan nazorat qilinadi va boshqariladi.

U «mustaqil axborot va ichki va tashqi munosabatlar yoki inson huquqlariga aloqador rejimni tanqid qiluvchi har qanday kontentga har joyda va sistematik to‘siq qo‘yish bilan shug‘ullanadi».

Hisobotda shuningdek, o‘zbek hukumatining qo‘rqitish usullarini qo‘llab mustaqil jurnalistlar va huquq himoyachilarini jim bo‘lishga majburlash, «uydirilgan ayblovlarga asoslangan» zo‘rovonlik va jinoiy ta'qiblar amaliyoti qayd etilgan. Shu munosabat bilan, doimiy qamoq tahdidi va qo‘rqitish kampaniyasi natijasida mamlakatni tark etishga majbur bo‘lgan Dmitriy Tixonov eslanadi.

Kelgusidagi istiqbol yuzasidan, tadqiqot ijobiy o‘zgarishlar bo‘lishidan darak bermaydi: 2016 yilning sentyabrida Prezident Karimov o‘limidan so‘ng, uning o‘rniga kelgan Shavkat Mirziyoev Karimov siyosatini davom ettirishga va'da berdi, bu degani, «internetdagi erkinliklar yaxshilanishi dargumon» ekanini anglatadi.

Hisobotning ingliz tilidagi to‘liq versiyasi: https://freedomhouse.org/report/freedom-net/freedom-net-2016
Tadqiqotning O‘zbekistonga taalluqli qismi ingliz tilida: https://freedomhouse.org/report/freedom-net/2016/uzbekistan

Tag‘in o‘qing
22 yanvar 2018
Rasmda ko‘rayotganingiz «Setra» avtobusi oldida selfiga tushgan Maqsad O‘zbekistonning 52 vatandoshini so‘nggi manzilga eltgan avtobusning tirik qolgan haydovchisi. Bu ...
26 aprel 2024
RT: Mana xafta zuvv etib aylanib yana siz bilan yuzma yuzman. MS: Ovong og‘o, bugun beshlanjiy gun. Gurungni sizdan ishitamiz. ...
13 aprel 2024
Oxirgi paytlar O‘zbekiston Davlat jahon tillari universiteti talabalarining arzlari kanalingizda tez-tez ko‘zga chalinyapti. Hal bo‘lyaptimi-yo‘qmi, bizga qorong‘u. Ammo bugun ...
2 may 2015
AQSh Davlat departamenti matbut vakili Jeff Ratke 1 may kuni Vashingtonda o‘tgan matbuot brifingida O‘zbekiston hukumatini uzoq yildan beri ...
Bloglar
6 may 2024
Hayrli kun! Urganch shahrida yashayman. Bugun quyidagi voqea yuz berdi: men avtobusda telefonda gaplashib turgandim. ...
30 aprel 2024
1990 yilning 30 aprelida mustaqil O‘zbekiston tarixidagi ilk demokratik partiya – «Erk»ning ta'sis qurultoyi bo‘lib ...
21 aprel 2024
Kartinani kecha uyimga olib keldim. Bir kecha termilib yotmoqchi edim. Lekin imkon bo‘lmadi. Doimgidek hayot ...