Catira
31 yanvar 2018

Shved prokurori: 5 kishini o‘ldirgan Oqilov umrbod qamalsin

Stokgolm markazida terror hujumi uyushtirganlikda ayblanayotgan 39 yoshli Rahmat Oqilovga shved prokurori umrbod qamoq jazosi berilishini so‘radi.

Bu haqda o‘zbek terrorchisi tergoviga oid matbuot anjumanida prokuror Hans Ihrman (Hans Ihrman) ma'lum qildi.

Oqilovning himoyachisi Yoxan Eriksson (Johan Eriksson)dan iqtibos keltirib, Shvetsiyaning “Ekspressen” nashri ayblanuvchining o‘z jinoyatiga iqrorligi, biroq uni umrbod jazoga hukm etishlarini istamasligini bildirganini yozdi.

Advokat Erikssonning so‘zlariga ko‘ra, Oqilov uni otib tashlashlari yoki yuk mashinasi halokatida o‘lishini rejalagan.

Stokgolm markazidagi Drottninggatanga hujumidan oldin sheriklariga jo‘natgan SMSlaridan birida Oqilov: «Men shahar markaziga katta mashinada chiqib, odamlarni bostiraman. Keyin esa politsiya meni otib tashlaydi va tamom», deya yozgan.

Pivo tarqatishga mo‘ljallangan avtomobilni olib qochib, odamlar ustiga haydagan payti uning yuk xaltasida 5 ta qo‘lbola bomba bo‘lgan.

Matbuot anjumanida butan gazi yordamida ishlaydigan ushbu bombalar mixlar va o‘tkir tig‘li metall parchalari bilan to‘ldirilganligi aytildi.

«O‘ldirish vaqti keldi!»

Tergov ma'lumotlariga ko‘ra, Oqilov Shvetsiyada terror aktini uyushtirishga bir necha oy davomida tayyorgarlik ko‘rgan.

Prokuror Hans Ihrman matbuot anjumanida Oqilovning hujum qilish uchun 7 aprel juma kunini bekorga tanlamagani, ayni shu kuni shahar markazi gavjum bo‘lishini bildiradi. Jumladan, bu holat Oqilovning chat yozishmalarida ham o‘z aksini topgan.

“O‘ldirish vaqti keldi”, deydi Oqilov sheriklariga yozgan o‘z SMSlaridan birida.

Stokgolmda o‘tgan matbuot anjumanida Oqilovning hujumdan maqsadi IShID (Iroq va Shom islom davlati) ekstremistik guruhiga qarshi koalitsiyaga kirgan shved mamlakatiga zarar yetkazish bo‘lgani ta'kidlandi.

«Yomon, bir nechtasinigina bosdim, xolos. Mashina boshqa joyga kirib ketdi. Hozir aeroportdaman. Tupik», deya yozishga ham ulgurgan edi hujumdan so‘ng Oqilov telegram chatida.

Matbuot anjumanida, shuningdek, politsiya va shved maxfiy xizmati (Säpo) Oqilov tergovi yuzasidan 9000 sahifa material to‘plangani, shuning 600 sahifasi Oqilovning o‘zidan olingan so‘roqqa oid ekani bildirildi.

Asli samarqandlik bo‘lgan Rahmat Oqilov o‘tgan yilning 7 aprelida odamlarni yuk mashinasiga bostirishi oqibatida besh kishi, jumladan, 11 yashar qizaloq halok bo‘lgan, 15 odam jarohatlangan edi.

Eltuz.com

Tag‘in o‘qing
12 may 2021
Surxondaryo viloyatining Muzrabot tumani sudi 10 may kuni bloger Otabek Sattoriyni tovlamachilik va tuhmat qilishda aybdor deb topib, 6,5 ...
13 noyabr 2017
O‘zbekistonlik 1 milliondan ortiq mehnat migrantlari Sankt-Peterburgda ishlayotgani rasman tan olindi. Demak, RFning O‘zbekistonga masofa jihatdan undan-da yaqinroq poytaxti ...
29 yanvar 2020
Bosh vazir Abdulla Aripov 28 yanvar kuni koronavirus xatari bo‘yicha yig‘ilish o‘tkazdi. Har bir idora va tashkilotlar, shu jumladan, ...
1 aprel 2021
(Rassom Tuz audiohikoyasi matnining davomi) O‘quvchida Qo‘yliga xiyonat qilgan Ullibiyining keyingi hayoti nima bo‘ldi, degan savol tug‘ilishi tabiiy. Bu ...
Bloglar
30 aprel 2024
1990 yilning 30 aprelida mustaqil O‘zbekiston tarixidagi ilk demokratik partiya – «Erk»ning ta'sis qurultoyi bo‘lib ...
21 aprel 2024
Kartinani kecha uyimga olib keldim. Bir kecha termilib yotmoqchi edim. Lekin imkon bo‘lmadi. Doimgidek hayot ...
6 aprel 2024
Bugungi kunda rus propagandasi faqat rus telekanallari orqali berilyapti degan odam qattiq yanglishadi, chunki propaganda ...