Asosiy mavzular
28 mart 2023

Buxoro qanday bombalangan edi yoki muzey direktori nega qochdi?

«Yuzuk-Art» tashkiloti faollari tashabbusi bilan 23 mart kuni Amerikadan topilgan va O‘zbekistonga keltirilgan «Buxoroning bombardimon qilinishi» triptixi xotirasini yo‘qotishga ulgurgan ko‘pgina o‘zbeklarni xushyor torttirdi.

Ko‘pchilik bu voqea haqda o‘ylay boshladi, ayrimlar masalan  O‘zbekiston davlat san'at muzeyi direktori Vasila Fayzieva uni Rauf Parfi haykali taqdimotida ekspozitsiya zaliga osilishiga  izn bermadi va taqdimot kuni esa muzey direktori tadbir o‘tayotgan ekspozitsiya zalini tashlab chiqib ketdi.

Oxunovning 30 yil burungi asari aslida, bir sirli qonuniyatga ko‘ra, xuddi lakmus qog‘ozi kabi baland kursilarda kimlar o‘tirganini, ularning «isitmasi» nimadan ekanini fosh qildi. 

O‘z o‘zidan ayonki muzey direktori Vasila Fayzieva bu harakati bilan yo o‘zi osh-qatiq bo‘lgan Rossiya raxbarlarining, yoki yanayam to‘g‘rirog‘i, o‘zidan bir pog‘ona yuqoriroqda o‘tirgan rossiyaparast akalari manfaatini himoya qilmoqda. Har holda bu yerda O‘zbekiston manfaati sirayam o‘ylanayotgani yo‘q, yoki yana bir bor bu mamlakatning madaniyatiga, tarixiga, siyosiy mustaqilligiga tupurilmoqda. 

Rassom Vyacheslav Oxunov, «Buxoroning bombardimon qilinishi» asari fonida

Xo‘sh, sovet davrida ko‘rgazma zaliga ilish mumkin bo‘lgan ruslarning «Buxoroni bombalagani»ga bag‘ishlangan rangtasvir asar bugun nimasi bilan va kim uchun qo‘rqinchli? Shu yerda qisqa bir tarixiy chekinish.

1920 yil rus kommunistlarining avvaliga Buxoroda xalq orasida grajdanlar urushiga o‘xshash fitna qo‘zg‘ashga urinishi, keyinchalik esa shaharni qamal qilish yo‘li bilan bosib olish rejasi  barbod bo‘ladi. Shundan so‘ng, bosqinchi Frunze ochiqchasiga agressiya yo‘liga o‘tadi. Buxoroni va uning xalqini havo uchoqlari orqali bombardimon qilishga buyruq beradi. Shundan keyingina rus bosqinchilarining shaharga kirishiga imkon yaratiladi. 

Eng qizig‘i bu voqea 1920 yilning 1 sentyabrida yuz berdi. Shu kuni Buxoro bombardimon qilindi va rus bolsheviklari shu yo‘l bilan qamal qilingan shaharni egallashdi. Yana bir paradoks, kommunist Karimov istagi bilan bu kun negadir keyinchalik O‘zbekistonda mustaqillik kuni sifatida belgilandi.

Shu gaplarni o‘ylab tursam, lop etib boshqa bir ma'lumotni o‘qib qoldim. 27 fevral kuni O‘zbekiston san'at muzeyi direktorining ilmiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosali lavozimiga Rossiya vatandoshi bo‘lgan Ovchinnikov Mixail Vladimirovich tayinlangani haqida.

Xo‘sh Ovchinnikov janoblari kim?

Rasmda Mixail Ovchinnikov (o‘rtada) muzey xodimlari bilan

Sankt Peterburg davlat madaniyat institutining san'atshunoslik aspiranturasi bitiruvchisi M. Ovchinnikov Sankt Peterburgdagi «FABERJE» muzeyi sobiq direktori bo‘lgan.

Shu yerda pazl parchalari Putinning qimmatbaho tuxumlari shaklida sirli tarzda bir yerga yig‘ilayotgani va sarlavhaga chiqarilgan muzey direktori nega qochdi degan savolga javob topilgani ko‘zga tashlanadi.  Ya'ni Ovchinnikov Rossiyadagi eng qimmatbaxo «FABERJE» tuxumlari muzeyini boshqargan. 

Odatda o‘lmas Kosheyning joni yimirta ichida, yimirta esa sandiqda, sandiq esa daraxtda bo‘ladi. Har holda Rossiyadagi qimmatbaxo tuxumlar egasining qo‘riqchisi O‘zbekistondagi muzeyga nima maqsadda kelgani, muzey direktori jurnalistlar, blogerlar yig‘ilgan zalni nega tashlab qochgani, nega Vyacheslav Oxunovning AQShdan topib keltirilgan noyob «Buxoroning bombardimon qilinishi» asarining zalga osishga ruxsat etilmagani sababi shu tarzda bugun bir qadar ayon bo‘ldi.

Shoir muxlislari Rauf Parfi haykali fonida

Rauf Parfi nechog‘lik nekbin inson edi! U bekorga o‘lsam, menga haykal qo‘ying, demagan deya o‘yladim. Shu baxona shoir olamdan o‘tgan kun 27 martda unga haykal qo‘yildi, Shu baxona tarix changlarida yo‘qolgan ikki asar topildi, shu baxona o‘z xotirasini yo‘qotgan, rus amaldorining barmoq ishorati bilan nafaqat davlat muzeyidagi asarlarni, balki muzeyni ham tashlab qochishga tayyor raxbarga bu ikki asar ko‘zgu kabi tutildi.

Sizning xotirangiz oldida bosh egamiz ustoz Rauf Parfi!

Qudrat Bobojon

Eltuz muharriri

Tag‘in o‘qing
19 fevral 2021
Bu mushuk miyovlashni bilmaydi Chunki miyovlashni unga hech kim o‘rgatmagan. U hurrillaydi, xolos. Bu mushuk har tong Balkondan turib ...
5 aprel 2017
O‘quvchilarning jinsiy tegajog‘ligidan hamkasbini himoya qilgan Toshkent shahar Olmazor tuman 315-umumta'lim maktabining ingliz tili o‘qituvchisi 60 yashar Gulbo‘ston Nizomiddinova ...
1 yanvar 2021
Mana, o‘lmagan qul siz bilan 2021 yilning ilk kunida diydorlashib o‘tiribman. 364 kunlik kitob turibdi oldimda. Bir-bir varaqlayman. Ko‘chada ...
6 oktyabr 2021
Farg‘ona politexnika instituti o‘qituvchisining «Eltuz»ga yozishicha, joriy o‘quv yilidan boshlab yengil sanoat va to‘qimachilik fakulteti boshqa binoga ko‘chirilishi va ...
Bloglar
6 may 2024
Hayrli kun! Urganch shahrida yashayman. Bugun quyidagi voqea yuz berdi: men avtobusda telefonda gaplashib turgandim. ...
30 aprel 2024
1990 yilning 30 aprelida mustaqil O‘zbekiston tarixidagi ilk demokratik partiya – «Erk»ning ta'sis qurultoyi bo‘lib ...
21 aprel 2024
Kartinani kecha uyimga olib keldim. Bir kecha termilib yotmoqchi edim. Lekin imkon bo‘lmadi. Doimgidek hayot ...