Asosiy mavzular
5 may 2017

O‘quvchilar dovuchchadan biznes qilishmoqda

Andijonda maktab yoshidagi bolalar o‘rtasida «dovuchcha biznesi» avj oldi. Shahardagi maktablarning birida o‘qiydigan 7-sinf o‘quvchisi Saidning aytishicha, ularning maktabida bir xovuch dovuchcha ming so‘mga sotilyapti (Maqoladagi barcha ismlar o‘zgartirilgan. Tahr.).

Ayrim ishbilarmon bolalar 20 ta dovuchchani ming so‘mga sotsa, bu pulga 30 ta dovuchcha sotadigan “dexqon”bolalar xam bor. Saidning aytishicha, kecha u ming so‘mga 50 dona dovuchcha sotgan.

«O‘zimizning bog‘imiz bor, o‘rik, gilos ekkanmiz. Bu yil o‘rik rosa meva qildi. “Dom”da turadigan bolalar bor, ular rosa g‘o‘raga zor. (dovuchchani Andijon shevasida g‘o‘ra deyishadi) Ularga vitamin, men esa pul ishlavolaman» – deydi Said.

Dovuchcha – maktab ta'miri uchun

Shahar maktablaridan birida ishlovchi o‘qituvchi Xolida opaning aytishicha, ularning maktabida har oy maktab fondiga deb o‘quvchilardan 1 ming 2 ming so‘m pul yig‘iladi.

Bundan tashqari imtixon varaqalariga, remontga, farrosh va qorovulning maoshiga, xatto pol latta va sovun-sodaga deb pul yig‘ishlar xam ko‘payib ketgan.

O‘sha maktabda o‘qiydigan Nodirbek xovlisidagi dovuchchadan sotib 7 ming so‘m atrofida pul to‘pladi. Endi u yozgi ta'til boshlangunga qadar ota-onasidan maktab harajatlari uchun pul so‘ramaydigan bo‘ldi.

«Moliyaviy sharoiti og‘ir oilalarning bolalari shu tariqa xar xil bizneslar orqali maktab xarajatlarini qoplashga xarakat qilishyapti. Chunki keyingi paytda maktablarda arzimas baxonani ro‘kach qilib pul yig‘ishlar ko‘payib ketgan – deydi faxriy o‘qituvchi Holida.

Ro‘zg‘or tashvishi ham bolalar yelkasida

Keksa o‘qituvchi Holida ro‘zg‘orga yordam berish maqsadida, yashirincha biznes qilayotgan bolalar talaygina ekanini aytadi.

«Yon qo‘shnimning 3 ta o‘g‘li bor maktabga boradigan, o‘zi oddiy farrosh. Shu ayolning o‘g‘illari maktabdan tashqari paytda har xil ishlarni qilishadi. Biri mebelchi ustaga yordam berib sim to‘qiydi, yana biri bozorda sotuvchilik qiladi. Kichigi maktabda bir narsalar sotib ruchka daftar oladi. Ro‘zg‘or qiyinchiliklari yosh bolalarni xam pishirib qo‘ydimi deysan-da».

Andijon shahrida yashovchi Olim ixtisoslashtirilgan maktabda ta'lim oladi. Uning aytishicha, ota-onasi ajrashib ketishgan. U o‘qiydigan ta'lim dargohining esa oylik to‘lovi bor.

Shu bois Olim qanday qilib bo‘lmasin pul topib onasiga yordam qilishni o‘ylaydi. U o‘qituvchilardan yashirincha maktabda biznesni yo‘lga qo‘ygan. Sinfdoshlariga referat, nazorat ishlari yozib beradi, qurut, kirieshki sotadi. Xozir esa dovuchcha sotyapti.

«Har kuni kopilkamga 2-3 ming so‘m solaman, ro‘za kelsa sinfdoshim bilan no‘xot pishirib sotmoqchimiz. Dadam ishlamaydi, onamga qarashmasam bo‘lmaydi», – deydi Olim.

Uning aytishicha, xademay gilos pishadi. 12 yoshli Olim esa maktab remontiga pul yig‘ish uchun gilos biznesini boshlashni maqsad qilganini aytmoqda.

Eltuz.com

Tag‘in o‘qing
20 avgust 2020
Rossiyaning «Nezavisimaya gazeta» nashriga ko‘ra, O‘zbekistonda atom elektr stantsiyasi (AES)ni qurish bo‘yicha shartnoma hali tayyor emas, Rossiya tomoni bilan ...
27 yanvar 2020
Qashqadaryo viloyati Chiroqchi tumani IIB qidiruv bo‘limining besh nafar xodimi gumonlanuvchini so‘roq paytida urib o‘ldirib qo‘yganlikda ayblanib hibsga olindi. ...
27 yanvar 2020
Bugungi zamondagi o‘zbekning qo‘llari qarsaklardan qavarmaydigan bo‘lib ketdi. Aslida ilgari ham millatimizning qo‘li qarsaklardan qavarmagan.  Inqilobgacha bo‘lgan davrda xalqimiz ...
12 yanvar 2021
Eltuz qisqa hajviy animatsion filmlar turkumini davom ettiradi. G‘isht, qum va tsement aybdor! Yoki «Armaturalar ham yig‘laydi» Bugungi film ...
Bloglar
21 aprel 2024
Kartinani kecha uyimga olib keldim. Bir kecha termilib yotmoqchi edim. Lekin imkon bo‘lmadi. Doimgidek hayot ...
6 aprel 2024
Bugungi kunda rus propagandasi faqat rus telekanallari orqali berilyapti degan odam qattiq yanglishadi, chunki propaganda ...
28 mart 2024
Rossiya gumondorlarini qiynagani IShID versiyasini yo‘qqa chiqarmaydi.  Bu yerda bir eski siyqa tryuk ishlatiladi. Spetsslujbada bu ...