Ko‘zqarash
9 oktyabr 2017

Farg‘onalik imom: Yo‘rgakdan to kafangacha paxta bizga vojib!

Kuni bilan yomg‘ir tinimsiz yoqqan bo‘lsa-da, Marg‘ilon va Qo‘qon shahridagi temiryo‘l stantsiyasi odamlar bilan gavjum bo‘ldi. Hasharchilar “O‘zbekiston temir yo‘llari” AK tomonidan Qoraqalpog‘istonga olib ketildi.

Barcha tashkilot va korxonalardan ishchilarning soniga qarab besh nafardan 20 nafargacha kishi majburiy ravishda Qoraqalpog‘iston, Jizzax va Sirdaryo viloyatiga paxta yig‘im-terimiga jo‘natilmoqda.

«Gaz idorasida ishlayman, bizdan 18 nafar kishi barchasi erkaklar Qoraqalpog‘istonga ketdi», – dedi byudjet idorasi xodimlaridan biri.

Uning «Eltuz» nashriga bildirishicha, ularga bir oy uchun besh yuz ming so‘m pul berilgan paxtadan qaytishgach yana besh yuz ming so‘m berish va'da qilingan.

«Biz ularni jo‘natish uchun 15 mingdan pul yig‘dik. Hasharchilarga faqat kiyim-kechak olsangizlar bo‘ldi, u yerda issiq ko‘rpa-to‘shak, oziq-ovqat, yo‘l kirani biz beramiz deyishibdi. Yana tergan paxtalarining bir kilosi uchun 1000 so‘mdan berishar ekan» deydi u.

Quva tumani obodonlashtirish bo‘limida ishlovchi yana bir suhbatdosh esa «Eltuz» muxbiriga Jizzax viloyatiga paxta tergani ketishayotganini bildirdi.

«Mana bitta Damas mashinasida olti kishi Jizzax viloyatiga paxta tergani ketyapmiz. U yerda hali ham birinchi terim ekan. O‘zimizning viloyatda uchinchi terim ham boshlandi» dedi u.

Ayni paytda Farg‘ona viloyatida o‘qituvchilardan terim uchun pul yig‘ish va xasharchi topib berish talab qilinmoqda.

«Eltuz» nashri suhbatlashgan farg‘onalik o‘qituvchi, ularning maktabi besh nafar hasharchi topib bergani, ular uchun har bir o‘qituvchidan 40 ming so‘mdan pul yig‘ib olinganligini aytdi.

U shuningdek, hasharchilar maktabda ishlaydigan ayol o‘qituvchilarning turmush o‘rtoqlari ekanligini bildirdi.

Har kuni viloyat televideniesi orqali paxtaga chiqarish bo‘yicha viloyat faollarining chiqishlari, murojaatlari berib borilmoqda.

“Biz tug‘ilganimizdanoq paxta matosidan tayyorlangan yo‘rgakka o‘ralamiz, oy kunimiz yetib vafot etganimizda ham paxta tolasidan bo‘lgan mato bizga kafanlik bo‘ladi. Hurmatli birodarlar shuning uchun paxtani har bir tolasini nobud qilib terib olaylik!” deb murojaat qildi juma kuni efirga chiqqan Farg‘ona viloyati bosh imom xatibi Tursunali Erbo‘taev.

Nasima Davron qizi
Eltuz.com

Tag‘in o‘qing
3 aprel 2017
Oy oxirlayotgan kunlarda prezident videoselektor majlis o‘tkazdi. «Kun.o‘z» sayti o‘z manbalariga asoclanib, davlat rahbari bu majlisda «O‘zbekiston» va «Yoshlar» ...
30 iyun 2016
Shu kunlarda ijtimoiy tarmoqda chinozlik Ahmadboy lavhalari ovoza bo‘lmoqda, bu hodisa bundan uch to‘rt yil burun prezidentning korruptsioner qizi ...
3 may 2019
Ko‘rib turganingiz uy oddiy o‘zbek mulozimining uyi. Uy egasi davlatdan aniq summadagi maosh olgan va tijorat bilan  shug‘ullanishi qonunan ...
7 aprel 2015
Qudrat Bobojon Biz har kuni xabarlar olamiz, mamlakatda kun sayin demokratiya zaiflashayotgani, diktatura kuchayib borayotgani haqida.  Ehtimol, oddiy avom ...
Bloglar
11 may 2024
1944 yilning 11 mayida Stalin barcha qrim tatarlarini Qrimdan surgun qilish haqidagi mash'um qarorni imzoladi. ...
6 may 2024
Hayrli kun! Urganch shahrida yashayman. Bugun quyidagi voqea yuz berdi: men avtobusda telefonda gaplashib turgandim. ...
30 aprel 2024
1990 yilning 30 aprelida mustaqil O‘zbekiston tarixidagi ilk demokratik partiya – «Erk»ning ta'sis qurultoyi bo‘lib ...