Catira
18 aprel 2018

O‘qituvchi va doktorlarni ko‘cha supurtirgan mulozimlar izza qilindi

Vazirlar Mahkamasida 17 aprel kuni bosh vazir Abdulla Aripov raisligida o‘tgan videoselektorda o‘qituvchi va tibbiyot xodimlarini ko‘cha tozalashga jalb qilgan vazir va hokimlarga hayfsan berildi.

Hayfsan berilgan sog‘liqni saqlash vaziri Alisher Shodmonov va xalq ta'limi vaziri Ulug‘bek Inoyatov, Andijon va Samarqand hokimlari aybiga iqror bo‘lib, tavba qilishdi.

“Ular o‘qituvchi va tibbiyot xodimlariga ko‘cha supurtirib, xalqiga, prezidenti va davlatiga xiyonat qilganligini” tan olishdi va “eng og‘ir jazo bersangiz ham bizga kam“, deya bosh vazirga mo‘ltirab qarashdi.

«Barcha shahar va tuman hokimlarini oxirgi marotaba ogohlantiraman. Prezidentimiz bu vaziyat bo‘yicha qat'iy topshiriq berdi. Bu ishlaringiz – davlatimiz olib borayotgan siyosatga xiyonat! Bundan keyin takrorlansa, nafaqat ishdan olinasiz, balki tegishli tartibda jinoiy javobgarlikka ham tortilasiz», – deya qattiq ogohlantirgan Abdulla Aripov rassom Kirpi tomonidan portreti chizilishi kabi izzatga loyiq bo‘ldi.

Rassom Kirpi
Eltuz.com

Tag‘in o‘qing
17 fevral 2020
O‘zbekistonda tobora ommaviylik kasb etayotgan, “prezident tashabbusi” bilan tashkil etilayotgan klasterlar paxtani qo‘shib yozishning oldingi saflarida bormoqda.  Mahalliy matbuotda ...
8 sentyabr 2022
Eltuz «600 sekund»ning 8 sentyabr 12-sonini taqdim etadi. +++ Farg‘ona viloyati sudida Andijon shahrining sobiq hokimi Bahrom Haydarov va ...
11 fevral 2017
Xalqaro mehnat tashkiloti (XMT) 2016 yilgi paxta yig‘im-terimi mavsumida bolalar mehnati va majburiy mehnat monitoringi yakunlariga oid hisobotini e'lon ...
27 oktyabr 2016
«Milliy tiklanish» gazetasi (26.10) shu nomdagi partiyaning parlamentdagi fraktsiyasi yig‘ilishida 2017 yilga mo‘ljallangan byudjetnoma – davlat byudjeti, davlat maqsadli ...
Bloglar
30 aprel 2024
1990 yilning 30 aprelida mustaqil O‘zbekiston tarixidagi ilk demokratik partiya – «Erk»ning ta'sis qurultoyi bo‘lib ...
21 aprel 2024
Kartinani kecha uyimga olib keldim. Bir kecha termilib yotmoqchi edim. Lekin imkon bo‘lmadi. Doimgidek hayot ...
6 aprel 2024
Bugungi kunda rus propagandasi faqat rus telekanallari orqali berilyapti degan odam qattiq yanglishadi, chunki propaganda ...