Catira
7 mart 2019

Gulnora va boshqalar…

Gulnora Karimovaning umumiy tartibdagi qamoqqa o‘tkazilishi va farzandlarining dunyoga sharmanda bo‘ldingiz deb jar solishi mavsum-mavsum bo‘lib davom etadigan serialni yodga solyapti. Va bosh qahramon har safar hayratlantirishdan charchamayapti.

Shaxsan menga bu voqealar syujetning mantiqiy rivojlanib borishidek ko‘rinyapti.

Avvalo, GKni o‘z otasi qamagan. Aynan GKning o‘zi qilmishlari tufayli O‘zbekistonni dunyoga sharmanda qilgan. «Teliasonera» mojarosidan keyin «kelayotgan» investorlar endi kelmay qo‘yarkanmi?

Ikkinchidan, GK tuhmat bilan emas, haqiqatda qilgan aybi uchun jazo o‘tayapti.

Uchinchidan, tartibni buzibdi, «beruxsat ko‘chaga va tarmoqqa chiqibdi». Demak, bu ayol o‘zgarmagan, hamon o‘sha sabotajchi va qonunga itoat etmaydigan insonligicha qolgan.

Imon Karimova allaqanday kelishuv buzilgani va endi ular ham jim turmasligini aytibdi. Ko‘raylik, eshitaylik. Agar chindan ham aytishga arzirlik gaplari bo‘lsa, voqealar rivoji yana qiziydi.

Bahonada biz balki yanada qiziqroq narsalarni bilib olarmiz. Har holda, haqiqatlarning aytilgani durust.

Bloger Shahnozaxon
@shahnozxon

P.S: Shu paytgacha uy qamog‘ida saqlangan Gulnora Karimovani sud 5 mart kuni sud ayollar koloniyasiga o‘tkazgan edi.

Tag‘in o‘qing
7 oktyabr 2022
Aziz og‘a ini, opa singil qadrdonlarim. Mana xafta aylanib siz bilan birgaman. Kuz kelib to‘y-to‘ychiq ko‘paygan payt… MS: Tuz ...
11 may 2019
Xorazmlik shoir, 56 yashar Mahmud Rajabning uyiga 10 may kuni soat kechqurun 18.30 da o‘zlarini BIB xodimlari deb atagan ...
20 mart 2016
Ekipaj a'zolarining barchasi BAA fuqarolari bo‘lgani, shuningdek, yo‘lovchilardan 5 nafari xorijlik ekani aytilmoqda. Xabar qilinishicha, yo‘lovchilarning 2 nafari ukrainalik, ...
13 may 2024
Rassom Tuzga yuborilgan bu iddaoli maktubni qanday bo‘lsa shundayligicha nashr qilishga qaror qildim. Maktub anonim emas. Uni kimdan kelgani ...
Bloglar
22 noyabr 2024
Qudratlar ayrilgan tuzum, ya'ni demokratiya avtokratiyadan yaxshidir. Bu gapni aytaverib tilim qavardi. Demokratik jamiyat bo‘lgan ...
28 oktyabr 2024
(Eltuzga telegram orqali kelgan maktub) “Xorazm viloyati Urganch tumanlararo sud raisi Yo.A.Almosov janobi oliylarining bugungi ...
24 oktyabr 2024
Bir odam hammaga yaxshilik qilishga so‘z beribdi. Qo‘shnisi kelib uni otini so‘rab olib minib ketganicha ...