Asosiy mavzular
5 avgust 2020

O‘zbekiston: to‘rt yillik geosiyosat natijasi

Mirziyoev boshqaruvida tashqi siyosatda, bir tomondan, Rossiya va uning geosiyosati bilan bog‘liq munosabatlardagi milliy manfaatlar borasida ko‘pchilik noroziligiga sabab bo‘lgan bo‘lsa, boshqa tomondan, qo‘shnilar bilan qayta tiklangan aloqalar olqishlandi. 4 yillik tashqi siyosatning asosiy o‘zgarishlari mana shular bo‘ldi.

Tashqi siyosatning salbiy va ijobiy deb ko‘riladigan ikki holatiga e'tibor bersak, birinchi – salbiy holatda Rossiyaning O‘zbekiston tarixidagi bosqinchilik, mustamlakachilik tarixi mustabid Karimov davrida ham ko‘rilmagan yuzsizlarcha va sharmandalarcha ulug‘landi, ko‘pchilik siyosatchilar, mutaxassislar va ijtimoiy fikr hisobga olinmasdan, xalq ovoziga qo‘yilmasdan, Rossiya kuratorligidagi YeOIIga a'zolikka qadam tashlandi va Rossiyaning «Rosatom»i bilan hamkorlikda AES qurilishi boshlandi.

Davlat idoralari tuzilmasida Rossiyacha nomlar va modellar qo‘llana boshlandi (o‘zbekcha bo‘lgan prezident devonining administratsiyaga o‘zgartirilishi, Rosgvardiya kabi Milliy gvardiya tashkil etilgani kabilar), Rossiyaning O‘zbekistonga ta'siri ortib ketdi.

Shuningdek, tashqi siyosatda ko‘zga tashlangan yana bir holat kommunistik Xitoy bilan aloqalarning kuchaygani bo‘ldi.

Boshqa tomondan, tashqi siyosatning ijobiy deb ko‘riladigan jihati qo‘shnilar bilan chegaralarning ochilishi bo‘ldi. Afsuski, qo‘shnichilik munosabatlari – chegaralarning ochilishi kam miqyosli iqtisodiy aloqalar va insonparvarlik yordamlaridan strategik munosabatlarga rivojlana olmadi, bunday munosabatlar rejalari haqida gap ham bo‘lmadi.

Strategik munosabatlar deganda nazarda tutilgan jihatlar – qo‘shnilar, Markaziy Osiyo turkiy tilli davlatlarining Rossiyadan xoli ittifoqdoshlik, birodarlik strategik hamkorligi iqtisodiy, madaniy, harbiy, energetik, logistik ma'nodagi aloqalarga o‘tilmadi.

Birgina misol, energetika masalasida: mutaxassislar AES xarajatlari, xatarlari va siyosiy sabablarni inobatga olib, AESning o‘rniga qo‘shni Qirg‘iziston va Tojikistonning gidroenergetik imkoniyatlaridan teng sheriklik kelishuvi bilan bir nechta GES qurilishi foydali bo‘lishini isbotlab berishgan.

Bu GESlarning xarajatlari AES qurilishi xarajatlarining yarmidan oshmasligi, xavfsiz va arzon, ikki barobar ko‘p elektr energiyasi ishlab chiqarish imkoniyati borligi taklif etilgan. Uchta davlatning bunday energetik hamkorligi strategik geosiyosiy, iqtisodiy xarakterga, ta'sirga ega bo‘lar edi.

Afsuski, qo‘shnilar bilan munosabatlarda na energetik ma'noda, na tashqi, jahon bozorlariga (Rossiyani cheklab) chiqishda yangi logistik yo‘nalishlar ustida ishlar bo‘lmadi, odimlar otilmadi. Qo‘shnichilik munosabatlarining jiddiy, strategik ahamiyati yo‘qligining yana bir misoli O‘zbekistonga Xitoydan Sharqiy devor vazifasini o‘tovchi Qirg‘iziston va Tojikiston Xitoydan kreditor qarzlari sababli tabiiy resurslar – yerlarini berishga majbur qolganligiga O‘zbekistonning befarqligidir.

Mana shu sabablarni ko‘rsatib, O‘zbekistonning tashqi siyosati 4 yil ichida rivojlanmadi, balki yo‘qotish bo‘ldi, degan bo‘lar edim.

O‘zbekistoning tashqi siyosati, albatta, ichki siyosatga bog‘liqdir, ichki siyosatning holati ko‘pchilikka ma'lum va bu alohida mavzu.

Muhammad Matjon
muallifning feysbukdagi sahifasidan

Tag‘in o‘qing
27 dekabr 2017
Prezident Mirziyoevning Oliy Majlisdagi tanqididan so‘ng Moliya vazirligidagi 500 dan ziyod xodim bo‘shatildi. «Moliya tizimining nomiga dog‘ tushirayotgan “kalamushlar”ni ...
30 yanvar 2021
Joriy qish mavsumida mamlakatning uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish tizimi nafaqat yaroqsiz, balki odamlar uchun xavfli ekani ma'lum bo‘lib qoldi. ...
20 aprel 2018
Kollej o‘quvchisini urgan urganchlik o‘qituvchi Zebo Nafasova 14 aprel kuni ishdan bo‘shatildi. Uning ishdan ketishiga oyoq kiyimi bilan o‘quvchini ...
15 yanvar 2016
Eltuz elektron pochtasiga kelib tushgan xabarga ko‘ra, bosh vazir Shavkat Mirziyoevning erkatoy kuyovlari Oybek va Otabeklar puli ko‘pligidan kerilishmoqda. ...
Bloglar
30 aprel 2024
1990 yilning 30 aprelida mustaqil O‘zbekiston tarixidagi ilk demokratik partiya – «Erk»ning ta'sis qurultoyi bo‘lib ...
21 aprel 2024
Kartinani kecha uyimga olib keldim. Bir kecha termilib yotmoqchi edim. Lekin imkon bo‘lmadi. Doimgidek hayot ...
6 aprel 2024
Bugungi kunda rus propagandasi faqat rus telekanallari orqali berilyapti degan odam qattiq yanglishadi, chunki propaganda ...