Asosiy mavzular
26 oktyabr 2020

Frantsiya mahsulotlarini boykot qilish borasida

Ijtimoiy tarmoqlarda populistlar tomonidan Frantsiya mahsulotlariga boykot e'lon qilish haqida chaqiriqlar paydo bo‘lmoqda. Kelinglar, bu tadbirdan kimga qanaqa zarar keltira olishimizni ko‘rib chiqamiz.

Ixtiyoriy mahsulot iste'molchining qo‘liga yetib borgunicha 3 ta bosqichdan o‘tadi: texnologiya yaratish, ishlab chiqarish va marketing (sotish). Biror mahsulot uchun texnologiya yaratish yoki uning sifatini oshirish uchun katta ilmiy-texnik salohiyat talab qilinadi.

Davlatning ushbu salohiyati mahculotning bozordagi raqobatga chidamlilik ko‘rsatkichi sifatida qaraladi. Texnologiya yaratilgach, uning asosida ishlab chiqarish tashkil qilinadi. Bu esa o‘z o‘rnida qo‘shimcha ishchi o‘rinlaridir.

Yaratilgan mahsulotni sota olish ham murakkab jarayon. Shu sababli mahsulotni iste'molchi uchun tanish va jozibador qilish uchun brend ustida ishlanadi.

Texnologiya va yetakchi brendni yaratish juda katta aqliy mehnat talab qiladi. Shu sababli texnologiyalar va brend doim qimmat bo‘ladi va u keltiradigan qo‘yishcha qiymat ham yuqori.

Ishlab chiqarish jarayoni uchun bu gapni aytib bo‘lmaydi. Ishlab chiqarishda ijodkorlik yoki aqliy mehnat talab qilinmaydi. Faqatgina texnik reglamentga robot kabi amal qilinsa bo‘ldi.

Shu bois, ishlab chiqarishning qo‘shimcha qiymati qolgan ikki jarayonnikidan juda past.

Rivojlangan davlatlar, xususan, Frantsiya asosiy urg‘uni texnologiya yaratishga qaratgan. Yevropada Germaniya va Shveytsariya kabi Frantsiya bu sohada yetakchi.

Frantsiya texnologiyalari mashinasozlik, kompyuter texnologiyalari, neft qazib olish kabi deyarli barcha sohaga singib ketgan va aynan texnologiyalar Frantsiyaning asosiy moddiy bazasini tashkil qiladi.

Texnologiyalarini dunyo bo‘ylab barcha sohalarga keng joriy qilib tashlagan davlatga, istaymizmi-yo‘qmi, har bir sotib olayotgan mahsulotimizdan badal to‘laymiz.

Balkim Rossiya benzin, Turkiyada konserva mahsulotlarini sotib olganimizda ham Frantsiyaga muayyan miqdorda pul to‘layotgandirmiz. Turli sohalarda joriy qilingan va tijoratlashtirilgan patentlarni o‘rganib chiqish davomida buni tushunish mumkin.

Oddiy misol. O‘tgan asrning giganti bo‘lgan AQShning IBM kompaniyasi bugun mahsulot chiqarmaydi. Faqat texnologiya yaratadi. Shunga qaramay, uning kapitalizatsiyasi faqatgina o‘smoqda.

Endi faraz qiling, farzandimiz kasal bo‘lganda hatto Hindiston dorisini olsak ham uning substantsiyasi frantsuzlar ixtirosi asosida bo‘lishi mumkin. Chunki Frantsiya farmatsevtika gigantlardan biri.

«O‘zbekiston havo yo‘llari»dan aviachipta oldik. Samolyot Airbus ekan. Mana shu narsalarni boykot qila olamizmi? Yo‘q, albatta.

Frantsiya musulmon davlatlar mudrash va turli bo‘lmag‘ur narsalarning muhokamasi bilan ovora bo‘lgan paytda o‘z texnologiyalarini barcha sohalarga joriy qilib bo‘lgan.

Biz boykot qilmoqchi bo‘lgan narsalar esa qishloq xo‘jaligi mahsulotlari, xolos. Ya'ni ishlab chiqarishga bog‘liq. Ishlab chiqarish esa, yuqorida aytganimdek, eng kam qo‘shimcha qiymatga ega.

Yevropada ishlab chiqarishda va uning atrofidagi qora mehnatda tirikchilik qiladiganlarning juda katta qismi musulmonlar. Mahalliy va muhojir musulmonlar. Aynan shu odamlar doim zarba ostida qoladi.

Kompaniyalarda foyda kamayishi bilan qisqartirishga tushadigan odamlar aynan shular. Ular osonlikcha ishsiz qolishi mumkin buning ketidan.

Mening shaxsiy fikrim, sariyog‘ yoki no‘xat konservasining rasmini qo‘yib, boykot e'lon qilinglar, deyish populizm va ojizlikdan boshqa narsa emas. Ayniqsa, ushbu mahsulotlar Frantsiyada emas, balki o‘zimizda va qo‘shni davlatlarda ishlab chiqarilishini bilsak.

Rustam Ashurov
bloger

Tag‘in o‘qing
20 noyabr 2020
Qashqadaryo viloyati ichki ishlar boshqarmasi xodimlari haq talab qilgani (hujjatlarda – “jamoat tartibini buzgani”) uchun uch kunlik ma'muriy hibsga ...
3 iyun 2016
Toshkentda Korruptsiyaga qarshi seminar bo‘lib o‘tgani haqida xabar bergan O‘zA agentligining bildirishicha tadbirda, «Prezidentimiz Islom Karimov rahnamoligida mamlakatimizda qonun ...
6 mart 2018
Ustidan Jinoyat kodeksining 165, 205, 210-moddalari bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, 22 fevraldan beri hibsda qolayotgan sobiq Bosh prokuror Rashidjon ...
22 dekabr 2021
Dekabr oyi o‘rtalarida internetda Farg‘ona viloyati tug‘ruqxonasiga kelgan tug‘roq holatidagi ayol propiskasi boshqa joyda bo‘lgani sababli shifokorlar tomonidan qabul ...
Bloglar
30 aprel 2024
1990 yilning 30 aprelida mustaqil O‘zbekiston tarixidagi ilk demokratik partiya – «Erk»ning ta'sis qurultoyi bo‘lib ...
21 aprel 2024
Kartinani kecha uyimga olib keldim. Bir kecha termilib yotmoqchi edim. Lekin imkon bo‘lmadi. Doimgidek hayot ...
6 aprel 2024
Bugungi kunda rus propagandasi faqat rus telekanallari orqali berilyapti degan odam qattiq yanglishadi, chunki propaganda ...