Kundalik
4 yanvar 2016

O‘likning tabrigi

Qudrat Bobojon
Eltuz.com

Eltuz manbalariga ko‘ra janozada ortiqcha gap so‘z bo‘lmasligini MXX zobitlari maxsus nazorat qilgan.

O‘z TV diktori Abdumo‘min O‘tbosarov 31 dekabr kuni efirda prezident tabrigini o‘qib eshittirdi. Ëzib olingan bu tabrik efirga ketayotganida Abdumo‘min O‘tbosarov allaqachon o‘lib bo‘lgan edi.

O‘tbosarov keng qamrovli infarkt oqibatida olamdan o‘tgani aytiladi. Eltuz manbalariga ko‘ra, O‘tbosarov prezident tabrigini 30 dekabr kuni o‘qigan.

31 dekabrga kelib esa prezident devonidan tabrikning taxrir qilingan varianti tushgan.

O‘tbosarov bu variantni o‘qish asnosida MTRK direktori bilan nizoga kirishgan. MTRK direktori O‘tbosarovni iznsiz uyga ketib qolganlikda ayblab tergagan. MTRK raisi kabinetidan chiqqan diktor o‘zini yomon his qilgan. O‘z TV binosidagi hamshira unga ukol qilgan. Bu kor qilmagach, O‘z TV binosiga tez yordam chaqirilgan. Abdumo‘min O‘tbosarov 31 dekabr kuni taxminan kunduzgi soat 11 larda kasalxonaga olib kelingan va o‘sha yerda jon bergan.

O‘tbosarov jon bergani xabari O‘z TVga yetgach rahbariyat zudlik bilan tabrikni boshqa diktorga qayta o‘qittirgan.

Eltuz manbalariga ko‘ra, tabrikning ikkinchi dublini diktor Alisher Badalov o‘qigan. Ammo rahbariyat Badalov ijrosidan qoniqmgan va marhum suxandon o‘qigan tabrik efirga ketgan.

Bor gap shu. “O‘likning tabrigi” degan jumlani ilk bora 1999 yili men Bosh muxarrir bo‘lgan Urganchdagi Ey El Si telekompaniyasi xodimi Nigora Abdullaevadan eshituvdim. Reklama ishlariga bosh qosh bo‘lgan Nigora o‘sha kuni olamdan o‘tgan mahalliy deputat o‘limi haqidagi xabarni efir setkasiga joylashtirar ekan “O‘likning tabrigi” degan jumlani ishlatdi. Zotan efir setkasidagi “Tabriklar” degan joyga ilk bor ta'ziya e'loni qo‘yilayotgan edi.

Tag‘in o‘qing
23 noyabr 2018
Italiyaning Bari shahrida 22 noyabr kuni bo‘lib o‘tgan maxsus marosimda «Eltuz» nashri direktori Umida Niyazovaga «Tinchlik muxbiri» (Reporter for ...
13 iyun 2016
«O‘zbekiston ovozi» gazetasida e'lon qilingan «Mustaqil yurt odamlari bugunidan rozi, ertasidan ko‘ngli to‘q» sarlavhali maqolada Oliy Majlis Qonunchilik palatasi ...
5 noyabr 2016
O‘zbekiston Xalq shoiri, O‘zbekiston qahramoni Abdulla Oripov 5 noyabr kuni ertalab AQShning Xyuston shahrida 75 yoshida vafot etdi. Eltuz.com ...
21 fevral 2019
Oliy sud raisining o‘rinbosari – ma'muriy ishlar bo‘yicha sudlov hay'ati raisi lavozimida ishlagan Bahodir Dehqonov 21 fevral kuni o‘z ...
Bloglar
21 aprel 2024
Kartinani kecha uyimga olib keldim. Bir kecha termilib yotmoqchi edim. Lekin imkon bo‘lmadi. Doimgidek hayot ...
6 aprel 2024
Bugungi kunda rus propagandasi faqat rus telekanallari orqali berilyapti degan odam qattiq yanglishadi, chunki propaganda ...
28 mart 2024
Rossiya gumondorlarini qiynagani IShID versiyasini yo‘qqa chiqarmaydi.  Bu yerda bir eski siyqa tryuk ishlatiladi. Spetsslujbada bu ...