Dayjest
29 aprel 2016

O‘zbekiston yoshlariga dunyo havas qilsinmi?

«Hurriyat» gazetasida Xalqaro yoshlar birdamlik kuni munosabati bilan e'lon qilingan maqolada bugungi kunda dunyo yoshlari muammolar girdobiga botib qolgani, o‘zbekistonlik yoshlar esa hukumatning e'tibori tufayli omon-omon zamonda yashash baxtiga erishgani bayon etiladi.

Maqolada yozilishicha, Markaziy va Sharqiy Yevropa mamlakatlarida yoshlarning 33,6 foizi hech qaerda o‘qimaydi yoki ishlamaydi. Bu yerda OITSga chalinish darajasi ham yuqori. Bekorchi yoshlar esa ichkilikbozlik, giyohvandlikka ro‘ju qo‘ygan.

«Bugungi g‘arblik yoshlarning oyoqqa turib olishlari, hayotda o‘z o‘rinlarini topishlari qiyin kechadi», deyiladi gazetada.

«Jonajon O‘zbekistonimizda esa yoshlarning hayotiy muhim masalalarini hal etishga qaratilgan davlat siyosati izchil amalga oshirilayotgani samarasida yoshlarimiz barcha sohalarda ulkan yutuqlarni qo‘lga kiritmoqda», deydi muallif.

Ammo gazetada bir burda non ilinjida har yili mardikorlik uchun chet elga ketayotgan yuz minglab yoshlar, ishsiz yurgan o‘g‘il-qizlar nega «g‘amxo‘r hukumatning, oqilona davlat siyosati»ning ta'sirini o‘z taqdirida his qilmayotgani haqida hech narsa deyilmaydi.

Eltuz.com

Tag‘in o‘qing
3 iyun 2020
Bir narsaga e'tibor qaratdim: AQShda bo‘layotgan voqealarga e'tibor rus internetida juda yuqori; runetda bu voqealarni anarxiya deb qoralash, afroamerikaliklarni ...
20 dekabr 2018
«Bojalar» guruhi solisti Jahongir Poziljonov 18 dekabr kuni siyqasi chiqqan «digidon-digidon» qolipidagi «Selfi» deb atalgan yangi klipini tarmoqqa qo‘ydi. ...
2 mart 2021
Rassom Elsevar
28 iyul 2017
Prokuraturaning O‘zbekiston hukumatiga qaytarilishi kerakligi iddao qilingan Gulnora Karimova mulklari ro‘yhatida dunyoning bir qancha yirik mamlakatlaridagi ko‘chmas mulklari, pul ...
Bloglar
30 aprel 2024
1990 yilning 30 aprelida mustaqil O‘zbekiston tarixidagi ilk demokratik partiya – «Erk»ning ta'sis qurultoyi bo‘lib ...
21 aprel 2024
Kartinani kecha uyimga olib keldim. Bir kecha termilib yotmoqchi edim. Lekin imkon bo‘lmadi. Doimgidek hayot ...
6 aprel 2024
Bugungi kunda rus propagandasi faqat rus telekanallari orqali berilyapti degan odam qattiq yanglishadi, chunki propaganda ...