Dayjest
6 may 2016

Ura-ura uchun berilgan mukofotlar

O‘zbekiston nashrlarida jurnalistika sohasidagi «Oltin qalam» milliy mukofoti sovrindorlari ro‘yxati e'lon qilindi.

Nashrlar bu jurnalistlar sovrinni nima uchun olganiga ham aniqlik kiritib o‘tgan.

Masalan, bosh mukofot sohibiga aylangan «Toshkent» telekanali «mamlakatimizda yuz berayotgan muhim ijtimoiy-siyosiy va sotsial-iqtisodiy o‘zgarishlarni, poytaxtda amalga oshirilayotgan ulkan bunyodkorlik ishlarini keng yoritgani uchun» sovrindor bo‘lgani aytilgan.

Boshqa sovrinlar ham «yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash», «mamlakatimiz ma'naviy hayotida yuz bergan ulkan yangilanishlarni jamoatchilikka keng targ‘ib etish», «tinchlik-osoyishtalikni ta'minlashda mahallalarda amalga oshirilayotgan ishlar», «yoshlarga oid davlat siyosati»ni keng yoritgani uchun berilgan.

Tanlov g‘oliblari ham «jurnalistlarni davlatimiz rahbari, hukumatimiz doimo qo‘llab-quvvatlab kelayotganidan minnatdor» ekanini yashirmagan.

Matbuot yo‘nalishi bo‘yicha birinchi o‘rin olib berilgan «Ma'naviy hayot» jurnali bosh muharriri, aslida missiyasi xalq vijdoni bo‘lishi kerak bo‘lgan shoirlar qatlami vakili Eshqobil Shukur esa o‘zbek jurnalistlari haqiqatgo‘y ekanini iddao qiladi.

«…O‘zini turli ma'naviy tahdidlardan himoya qila olgan xalq o‘z vatanini himoya qilgan bo‘ladi. Bu o‘rinda jurnalistlarimizning haqiqatgo‘yligi, xolisligi, vijdoni uyg‘oqligi, el-yurtiga muhabbati katta ahamiyat kasb etadi», deydi shoir.

Yuqoridagilardan kelib chiqib, bu mukofot amaldagi hukumat chizgan chiziqdan chiqmaydigan jurnalistlarga tashlangan suyakdir, degan xulosaga kelish mumkin.

Eltuz.com

Tag‘in o‘qing
20 iyun 2018
Ayrim nashrlar marhum prezidentning korruptsioner qizi Gulnora Karimovaning Shveytsariya banklarida muzlatilgan pullarni O‘zbekiston hukumatiga qaytarish masalasi «ijobiy hal bo‘layotgani» ...
11 aprel 2020
10 aprel – Abdulla Qodiriy tavallud topgan kunda prezident tomonidan O‘zbekiston Respublikasining «O‘zbek tili bayrami kunini belgilash to‘g‘risida»gi qonuni ...
9 fevral 2024
15 asr jahon ma'naviyatining buyuk siymosi Nizomiddin Mir Alisher Navoiy 1441 yil 9 fevralda Hirotda tug‘ildi. U turkiy tilni ...
30 dekabr 2016
Kun.uz sayti 27 dekabr kuni elektr energiyasidagi uzilishlar tufayli bir necha bor ishlamay qolganini ma'lum qildi. Sayt bunga ba'zi ...
Bloglar
21 aprel 2024
Kartinani kecha uyimga olib keldim. Bir kecha termilib yotmoqchi edim. Lekin imkon bo‘lmadi. Doimgidek hayot ...
6 aprel 2024
Bugungi kunda rus propagandasi faqat rus telekanallari orqali berilyapti degan odam qattiq yanglishadi, chunki propaganda ...
28 mart 2024
Rossiya gumondorlarini qiynagani IShID versiyasini yo‘qqa chiqarmaydi.  Bu yerda bir eski siyqa tryuk ishlatiladi. Spetsslujbada bu ...