Kundalik
9 may 2016

Bosh vazir o‘rinbosari Ulug‘bek Ro‘ziqulov izolyatsiyadaligi iddao qilinmoqda

Eltuz.com manbasining aytishicha, bosh vazir o‘rinbosari, ayni paytda «O‘zavtosanoat» AK boshqaruv raisi, Mashinasozlik, elektrotexnika va aviatsiya sanoatini rivojlantirish, mahsulotlarni standartlashtirish masalalari majmuasi rahbari “Ulug‘bek Ro‘ziqulov mamlakatdan chiqib ketish paytda MXX xodimlari tarafidan aeroportda to‘xtatilib izolyatsiya qilingan«.

Faqat bir manba aytayotgan bu “voqea” 7 may kuni peshindan keyin ro‘y bergan.

Manbaning aytishicha, Ro‘ziqulov GM-Uzbekistan bilan bogliq kriminal sxemalarga oid jinoyat ishi bo‘yicha tergovchilarga so‘roq bermoqda.

rasm1352
Bu orada rassom Tuz Bosh vazir o‘rinbosarining qochishini hajv qildi. Eltuz.com

O‘zbekistonda GM Uzbekistan ishi bo‘yicha shirkat bosh direktori Tohir Jalilovdan tashqari yana kamida 10 odam hibsga olingani ortidan “O‘zavtosanoat” boshqaruv raisi, O‘zbekiston bosh vazirining o‘rinbosari Ulug‘bek Ro‘ziqulovning ham tergovga chaqirilgani haqida Ozodlik radiosi bildirgan edi.

1 may kuni Eltuz.com avtosanoat uchun ma'sul bo‘lgan O‘zbekiston Bosh vazir o‘rinbosari Ulug‘bek Ro‘ziqulov “gunoh echkisi” sifatida qurbonlikka hozirlanayotgani haqida yozgan edi.

“Har xolda o‘tgan juma kuni Ro‘ziqulov o‘z vazifasidan iste'fo berish haqida arizani yozdi” deb takidlagan edi Eltuz.com manbasi.

Ayni paytda Ro‘ziqulov Uzbekiston bosh vaziri urinbosari sifatida xukumat internet portalida turibdi. Uning hibs kilingani haqida rasmiy ma'lumot yo‘q.

Manbalarning aytishicha, boshqaruv elitasidagi aksar mulozimlardan farqli tarzda “uch xonali kvartirada namoyishkorona kamtar” istiqomat qiladigan va “o‘ta extiyotkor” Ro‘ziqulovni “maydondan supurib tashlash” uchun informatsion mujodala boshlangan.

Pul egalarining taxt uchun kurashi

rasm1353
Ayni paytda Ro‘ziqulov Uzbekiston bosh vaziri urinbosari sifatida xukumat internet portalida turibdi

Eltuz.com muxbirining o‘rganishicha, bu masala 26 aprel kuni O‘zbekiston va Rossiya rahbarlarining uchrashuv paytida ham kun tartibining matbuotga ochiqlanmagan qismida bo‘lgan.

Yana aniqlanishicha, Jalilovning hibsga olinishiga sabab bo‘lgan avtomobil ishlab chiqarish sohasiga oid kompromatlar O‘zbekiston moliya vaziri Rustam Azimovga qarshi guruhning ishidir.

Azimov muhtamal voris, ya'ni O‘zbekistonning “ertangi prezidenti” bo‘lishi haqidagi gap-so‘zlar ortidan Azimovga qarshi axborot urushi nishonalari ko‘rina boshladi.

Eltuz.com muxbiri, o‘z tasarrufidagi ma'lumot iddaolar asosida “Rustam Azimov guruhi o‘zlariga qaratilgan hujum strelkasini Bosh vazir o‘rinbosari Ulug‘bek Ro‘ziqulovga qarshi yo‘naltirdi” degan hulosaga kelgan edi.

Abdujamil Do‘stmuhammad
Eltuz.com

Tag‘in o‘qing
9 aprel 2019
Toshkent hokimi Jahongir Ortiqxo‘jaev poytaxt bo‘ylab 9 may kuni Rossiyaning «O‘lmas polki» yurishi o‘tkazilishiga 4 aprelda rasman ruxsat berdi. ...
28 yanvar 2024
Milliy Gvardiyachining narkotik savdosi bilan shug‘ullanishini tasavvur qila olasizmi? O‘zbekistonda bo‘lishi mumkin, deyishingiz mumkin. Lekin, bangivor moddalar tujjori yoki ...
28 iyul 2017
O‘zbekiston Bosh prokuraturasi marhum prezidentning to‘ng‘ichi Gulnora Karimova jinoyatiga oid tafsilotlarini ochiqladi. Bunga ko‘ra, u 5 yilga qamalgan, ikkinchi ...
4 aprel 2024
Eltuz O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi xodimlarining o‘z raxbariyati ustidan yozgan shikoyatlarini o‘qishda davom etadi. Shu oy ichida bir qancha murojaatlar bo‘ldi, ...
Bloglar
30 aprel 2024
1990 yilning 30 aprelida mustaqil O‘zbekiston tarixidagi ilk demokratik partiya – «Erk»ning ta'sis qurultoyi bo‘lib ...
21 aprel 2024
Kartinani kecha uyimga olib keldim. Bir kecha termilib yotmoqchi edim. Lekin imkon bo‘lmadi. Doimgidek hayot ...
6 aprel 2024
Bugungi kunda rus propagandasi faqat rus telekanallari orqali berilyapti degan odam qattiq yanglishadi, chunki propaganda ...