Dayjest
21 may 2016

O‘zbek matbuotining kechmish haqidagi gaplari bugunni aks ettiradi

Surxondaryoda o‘tkazilgan «Kim edigu, kim bo‘ldik, ertaga qanday yuksak marralarni egallashimiz kerak?» mavzuidagi tashviqot tadbirlari haqida maqola e'lon qilgan «Hurriyat» gazetasi go‘yoki bugunga ko‘chgan kechagi kun haqida yozadi.

Muallif sovet davri ko‘rguliklarini qoralarkan: «Qatag‘onlar, qama-qamalar va adoqsiz xo‘rliklar bilan butun el-ulusni qo‘rqitish, inson qadr-qimmatini yerga urish mustabid tuzumning asosiy tamoyili edi. Bu zulm va bedodliklar u yoki bu ko‘rinishda 1991 yilga qadar ustma-ust davom etdi», deydi.

Mustaqillik mafkurasi doirasidan chiqib, oq-qora haqida sal fikrlay olish qobiliyatiga ega insonlar aslida sovet davridagi o‘sha ko‘rguliklar hozir ham muallif aytgani kabi «u yoki bu ko‘rinishda» davom etayotganini anglay olsa kerak nazarimizda.

Maqolada davom ettiriladi: «Hali suyagimiz qotmasdan, ya'ni o‘n-o‘n bir yoshdan paxta yaganaga, so‘ng chopiqqa chiqardik. Keyin esa kuzdan to dekabr oyigacha paxta terimida qatnashardik. … qishloq bolasi borki, paxta dalasidan beri kelmasdi».

Bugun ham «paxta dalasidan beri kelmayotgan qishloq bolasi» yo‘qmi? Har yili o‘qishdan paxta dalasiga haydalayotgan kollej va universitet talabalarichi? Yoki ularning suyagi qotib bo‘lganmi? Ularni o‘qishdan mosuvo qilib, «ko‘ngilli ravishda» dalaga haydasa bo‘laveradimi?

Yoki gazetada yozilganidek: «Zotan, yoshlarimizga yaratilayotgan shart-sharoitlar, qulayliklar shuni taqozo etadi»mi?

Eltuz.com

Tag‘in o‘qing
3 sentyabr 2019
Samarqandda 27 avgust kuni o‘tgan “Sharq taronalari” festivali arafasida daydi itlar va mushuklarning ommaviy o‘ldirilishi jamoatchilik noroziligiga sabab bo‘ldi.  ...
31 yanvar 2018
Stokgolm markazida terror hujumi uyushtirganlikda ayblanayotgan 39 yoshli Rahmat Oqilovga shved prokurori umrbod qamoq jazosi berilishini so‘radi. Eltuz.com
29 aprel 2020
Hikoyani Absattorning o‘z tilidan eshitamiz. – Ko‘zimni ochsam, kimdir boshini parashaga egib o‘qchib -o‘qchib qusyapti. Qusiqlari ustimga sachradi. (So‘kinadi) ...
16 sentyabr 2019
Toshkentning jinoyat ishlari bo‘yicha Yashnobod tumani sudida 9 sentyabr kuni O‘zbekiston mustaqil bosma ommaviy axborot vositalari va axborot agentliklarini ...
Bloglar
21 aprel 2024
Kartinani kecha uyimga olib keldim. Bir kecha termilib yotmoqchi edim. Lekin imkon bo‘lmadi. Doimgidek hayot ...
6 aprel 2024
Bugungi kunda rus propagandasi faqat rus telekanallari orqali berilyapti degan odam qattiq yanglishadi, chunki propaganda ...
28 mart 2024
Rossiya gumondorlarini qiynagani IShID versiyasini yo‘qqa chiqarmaydi.  Bu yerda bir eski siyqa tryuk ishlatiladi. Spetsslujbada bu ...