Dayjest
26 iyul 2016

Tunnel bahona Oqsaroyga yo‘nalgan paxtalar

Qamchiq dovonidagi tunnel bahona Oqsaroyga yo‘nalgan paxta oqimi yanada kuchaydi. Butun O‘zbekiston matbuoti bugun shu qurilishni amalga oshirganlarga emas, ularga «rahnamolik» qilgan yurtboshi sha'niga hamdu sano aytish, unga «paxta qo‘yish» poygasida oldingi safda bo‘lishga intilish bilan ovora.

Avvaliga jurnalistlar oddiy odamlaru turli darajadagi deputatlar tilidan matbuotni shunday hamdu sano bilan to‘ldirdi. Shoiru yozuvchilar qarasa, bayroq boshqalarga ketadigan ko‘rinadi. Shuning uchun otni qamchilay boshlashdi.

«O‘zbekiston adabiyoti va san'ati» gazetasi otni qamchilagan ana shunday «chavandoz paxtakor»ning maqolasini e'lon qildi.

Maqola O‘zbekistona ishlab chiqarilayotgan mashinalar ta'rifi bilan, bugun ularning «xaridorgirligi oshsa oshib, sira tushmayotgani», «eksport salohiyati ham yil sayin oshib borayotgani» to‘g‘risidagi kichkinagina yolg‘on bilan boshlanadi.

Keyin esa: «Bir zamonlar Kavkaz tomonlarga borganda 50-60 metrlik tunnellarni ko‘rib hayratlanardik. Bugun o‘zimiz uncha-muncha emas – 19,2 kilometrlik tunnel barpo etdik»,  deb g‘ururlanadi muallif.

Maqoladan ko‘zlangan asl maqsadga sal keyinroq o‘tiladi. «Sohibqiron bobomiz «Qudratimizga shubhangiz bo‘lsa, biz qurgan boqing, deb bejiz aytmagan… Islom Karimovning bevosita rahbarligi va tashabbusi bilan biri biridan mahobatli… saroylar, mehmonxonalar, yodgorliklar, ko‘priklar, yo‘llar bunyod etilmoqda. Shularga qarab turib, Amir Temur bobomizning yuqorida keltirilgan so‘zlarini bugun ham bemalol aytish mumkin…», deydi muallif.

Buni soddaroq tilga o‘girsak, «Qudratimizga shubha qilsangiz, Islom Karimov rahnamoligida va tashabbusi bilan qurilgan inshootlarimizga qarang», bo‘ladi.

Yashang, hurmatli yozuvchi, deb ko‘nglini ko‘targing keladi muallifning. Chunki hozircha bayroq unda ketdi. Zero, «O‘zbekiston shunday davlat bugun – yaxshilarga havas qilish bilan birga boshqalarda havas uyg‘ota oladigan mamlakat»!

Eltuz.com

Tag‘in o‘qing
12 may 2023
Kecha Eltuz bosh redaktori Qudrat Bobojon bilan gaplashsam¸ «kultur-multur mavzularga avom qiziqmaydi. prosmotri oz bo‘ladi,” dedi. Bugun Bolt taksi ...
19 aprel 2018
Istanbuldagi Otaturk aeroportiga Toshkentdan uchib kelgan o‘rta yoshdagi o‘rangan o‘zbek ayoli 5000 quti sigaretani yashirincha o‘tkazmoqchi bo‘lganida bojgirlar qo‘liga ...
21 may 2018
Prezident Mirziyoev 19-20 may kunlari Andijonda o‘tgan yig‘ilishda DXX xodimlariga uy qurish va maoshini ko‘tarishga va'da berdi. «Hozir qo‘l ...
9 avgust 2021
Rassom Kirpi
Bloglar
11 may 2024
1944 yilning 11 mayida Stalin barcha qrim tatarlarini Qrimdan surgun qilish haqidagi mash'um qarorni imzoladi. ...
6 may 2024
Hayrli kun! Urganch shahrida yashayman. Bugun quyidagi voqea yuz berdi: men avtobusda telefonda gaplashib turgandim. ...
30 aprel 2024
1990 yilning 30 aprelida mustaqil O‘zbekiston tarixidagi ilk demokratik partiya – «Erk»ning ta'sis qurultoyi bo‘lib ...