Asosiy mavzular
18 noyabr 2016

O‘zbek ayol Turkiyada ozarbayjonlik tadbirkorga tuzoq qo‘yganlikda ayblandi

O‘zini avvaliga Sabrina deb tanishtirgan 22 yashar O‘zbekiston vatandoshi Mushtariy. S dugonasi asli ozarbayjonlik 23 yashar Latifa Mamedova bilan birgalikda gazlama biznesida nomi chiqqan ozari tadbirkorini shantaj qilib pul undirgani yuzasidan Turkiyada jinoyat ishi ochildi.

rasm2002
Ozarbayjonlik Latifa Mamedova

Politsiya ma'lumotiga ko‘ra, o‘zbek ayol Mushtariy o‘z dugonasi Latifaning bir vaqtlar boy ozari tadbirkori bilan ishlaganidan habar topgach, uni dugonasi ko‘magida mehmonga chaqiradi.

Mustafo Tayyot (Mustafa Tayat)ismli ozari tadbirkori ilgari birga ishlagan ayolning “bir finjon qahva ichish” taklifini qabul qilib Istanbulnig Yevropa qismida joylashgan Sarier mavzeidagi villaga boradi.

Villaga ularni ortidan uch nafar qora niqobli qurol ko‘targan kishi kelib ozari tadbirkorini oyoq qo‘lini bog‘lab garovga oladi va oldiniga 3 million turk lirasi (bir million AQSh dollari) talab qiladi.

rasm2003
Turk tadbirkori Mustafo Tayyot

Pirovardida qurolli kishilar tadbirkorning hamyonidagi 10 ming lirani olib ko‘zdan g‘oyib bo‘lishadi.

Bir muddatdan keyin qo‘llarini yechishga muvaffaq bo‘lgan tadbirkor politsiya chaqiradi. Tadbirkorning politsiyaga qilgan shikoyati Eltuz nashrida mavjud.

Mustafo Tayyotning iddaosiga ko‘ra, Latifa Mamedova ismli eski hamkasbi bilan kelgan O‘zbekistonlik ayol shantaj tashkilotchisi bo‘lgan:

«U qimmat mashina haydab kelib o‘zini AQSh dagi boy ayolning qiziman. Onam siz bilan biznes qilmoqchi. Onam hozir Istanbulga kelgan, Sarierdagi villada sizni kutyapti, bir finjon qahva ichamiz deganidan keyin men eski hamksabim hurmati uchun borib tuzoqqa tushdim», deya shikoyat qilgan ozari tadbirkori.

Bu shikoyat ortidan qo‘lga olingan o‘zbek ayoli o‘z jazmani tahdididan qo‘rqib bu ishga qo‘l urganligini politsiyaga bildirgan. Ayol iddaosiga ko‘ra ozarbayjonlik biznesmenni garovga olib pul undirishga jazmani majburlagan.

Ayni paytda O‘zbekiston vatandoshi Mushtariy. S va Latifa Mamedova hibsda qolmoqda.

Bu Istanbulda o‘zbek vatandoshlari tarafidan sodir etilgan ilk jinoyat emas.

Abdujamil Do‘stmuhammad
Eltuz.com

Tag‘in o‘qing
30 may 2022
Telegramdagi «Eltuz» Portaliga har kuni ko‘plab shikoyat maktublari kelishda davom etmoqda. Ba'zan ularni mustaqil manbalar orqali tekshirish imkoni yo‘q. ...
19 avgust 2020
Belarusdagi norozilik namoyishlari o‘n birinchi kun davom etmoqda. Namoyishchilar iqtidordagi prezident Aleksandr Lukashenko saylovlarda yutqazdi, deya hisoblashmoqda va tinch ...
22 mart 2023
Salom qadrli muxlislar bugun 21 inchi mart, e'tiboringizga Eltuz «600 sekund»ning  navbatdagi sonini taqdim etadi. O‘zbekistonda Navro‘z bayrami nishonlanmoqda. Bugun ...
29 iyun 2019
Tepada o‘tirganlar kaptarning butiga xat solib menga jo‘natishdi. Shu yaqin orada 9 ta ayol prezident tarafidan kechirilib, qamoqdan chiqarilar ...
Bloglar
6 may 2024
Hayrli kun! Urganch shahrida yashayman. Bugun quyidagi voqea yuz berdi: men avtobusda telefonda gaplashib turgandim. ...
30 aprel 2024
1990 yilning 30 aprelida mustaqil O‘zbekiston tarixidagi ilk demokratik partiya – «Erk»ning ta'sis qurultoyi bo‘lib ...
21 aprel 2024
Kartinani kecha uyimga olib keldim. Bir kecha termilib yotmoqchi edim. Lekin imkon bo‘lmadi. Doimgidek hayot ...