Kundalik
30 noyabr 2016

O‘zbek xalqidan o‘marilgan pullar egaciga qaytarilsin!

Bir guruh o‘zbek faollari Telekommunikatsiya sektoridagi korruptsion sxemalar yordamida to‘plangan aktivlarning musodara qilinishi va korruptsiya jabrdiydalariga qaytarilishi lozimligi haqida ularni muzlatgan hukumatlarga ochiq xat yo‘lladi.

Bu yuzadan bugun 30 mart kuni change.org ijtimoiy tarmog‘ida elektron petitsiya ham tashkil etilib unga imzolar yig‘ila boshlandi.

Ular AQSh, Shveytsarii, Shvetsii, Niderland, Belgiya, Irlandiya va Lyuksemburg davlatlariga AQSh Adliya Departamentining O‘zbekiston tepasidagi hukmron korruptsionerlar tomonidan o‘zlashtirilgan $850 million dollarni musodara etish da'vosini qo‘llab quvvatlash iltimosi bilan murojaat etishdi.

Faollar mazkur davlatlardan ushbu aktivlarni ayni jinoyatlar uchun javobgar bo‘lgan O‘zbekiston hukumatiga qaytarmaslikka, balki bu mablag‘larni to‘g‘ridan-to‘g‘ri korruptsiya jabrdiydalari bo‘lgan butun O‘zbekiston xalqiga yo‘naltirishga chaqirishadi.

Nohalol yo‘llar bilan topilgan aktivlarni adolatli repatriatsiya qilinishiga bir misol Qozog‘istondagi Bot Jamg‘armasi bo‘lishi mumkin, demoqda faollar.

Agar O‘zbekiston hukumati bu kabi jamg‘arma ishiga sharoit yaratib berishga rozi bo‘lmasa, u holda ko‘zlangan aktivlar yuqorida qayd etilgan hukumatlar va O‘zbekiston fuqarolik jamiyatining ishonchli boshqaruvi ostida muzlatilishi lozimligi aytiladi mazkur maktubda.

Faollar tomonidan imzolangan tegishli maktubni quyida o‘qish mumkin.

Ushbu maktub faqat, O‘zbekistonning islohotlar yo‘liga qadam qo‘yishini va Korruptsiyadan ozod bo‘lishini qo‘llab quvvatlash niyatidagi barcha shaxslar taklif etiladigan tashabbusning boshlamasi sifatida ko‘riladi.

Imzolar esa bu yerda yig‘ilmoqda.

Eltuz.com

Tag‘in o‘qing
25 sentyabr 2019
Xorazm viloyati televideniesi 25 sentyabr kuni Urganch shahri ma'muriy sudi raisi Dilmurod Ochilovdan iqtibos keltirib, shoir Mahmud Rajabning aybiga ...
3 aprel 2024
O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi raxbariyati ustidan navbatdagi shikoyat maktubi Eltuzga yetib keldi. Uni tag‘in O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasida faoliyat yuritib, qozoni ...
22 mart 2017
Yil boshida Istanbulning Reina tungi klubidagi qirg‘in va o‘tgan yilning yozida o‘zbek vatandoshidan 1 million 900 ming dollar pulning ...
25 aprel 2018
«Chegara bilmas muxbirlar» (RSF) tashkiloti 25 aprel kuni e'lon qilgan 2018 yilgi matbuot erkinligi indeksida O‘zbekiston o‘tgan yilgi 169-o‘rindan ...
Bloglar
21 aprel 2024
Kartinani kecha uyimga olib keldim. Bir kecha termilib yotmoqchi edim. Lekin imkon bo‘lmadi. Doimgidek hayot ...
6 aprel 2024
Bugungi kunda rus propagandasi faqat rus telekanallari orqali berilyapti degan odam qattiq yanglishadi, chunki propaganda ...
28 mart 2024
Rossiya gumondorlarini qiynagani IShID versiyasini yo‘qqa chiqarmaydi.  Bu yerda bir eski siyqa tryuk ishlatiladi. Spetsslujbada bu ...