Turkiyada yirik islovot tarmog‘ini yaratgan o‘zbek ayoli qo‘lga olindi
18 mart kuni Turkiyaning turli shaharlarida 76 ta yashirin fohishaxona ochgan O‘zbekiston vatandoshi 36 yashar Madina Shukurova Istanbul Ota-Turk aeroportida Toshkentga uchib ketayotganida ushlandi. Bu haqda turk matbuoti nashrlari xabar berdi. Foto: hurriyet.com
Madina Shukurova ayollarni qul qilib saqlab fohishalikka majburlash, yashirin islovatxonalar tarmog‘ini tashkil qilish, tanfurushlik va noqonuniy qurol saqlashda gumonlanib o‘tgan shanba kuni hibsga olindi.
Bundan oldin Shukurovaga oidligi tahmin qilingan 76 yashirin fohishaxonalar aniqlanib reyd o‘tkazilgan.
Reyd davomida Shukurovaning “islovot“ imperiyasini yuritgan 19 kishi qo‘lga olingan va ularning 3 nafari ayollardir.
Ulardan uchta to‘pponcha va o‘q dorilar musodara qilingan.
Istanbuldagi Eltuz muxbirining aniqlashicha, Turkiya politsiyasi keyingi ikki oy davimida Madina Shukurovani kuzatgan.
Eltuz muxbiriga ko‘ra, o‘zbek fohisha jallobi Shukurova tarafidan tanfurushlikka majburlangan 21 ayol reyd mobaynida qutqarilgan.
Ularning hammasi Shukurovaga qarshi ko‘rsatma berishgan. Bu ayollarning aksari O‘zbekistondan kelganligi aniqlangan.
Ularning politsiyaga aytishicha, “Bola boquvchi enaga va kasal qarovchi kasblarida ishlash niyati bilan kelib Shukurovaning to‘riga tushishgan”.
Bu ayollar O‘zbekistonga deportatsiya qilinishini kutishmoqda.
Eltuz.com