Asosiy mavzular
12 aprel 2017

Oqilov Stokgolmdagi mahfiy masjidga qatnagan

Raxmat Aqilov Shvetsiyaga kelguniga qadar ham radikal kayfiyatda bo‘lganini yozadi shved nashrlari. Foto: expressen.se

U Shvetsiyaga 2014 yili Turkiya orqali kelgan. Stokgolmga kelganidan so‘ng u IShIDga aloqador shaxslar bilan uchrashgani haqida bildiradi Yexpressen nashri o‘z manbalariga tayanib.

Hujumdan ikki hafta ilgari u, Stokgolm chekkasida faoliyat ko‘rsatayotgan masjidda, bir nechta rekrut yollovchilari bilan uchrashgan.

Expressen nashriga ko‘ra, ayni kvartira faqat maxsus taklif qilinganlar uchungina ochiq bo‘lgan va u yerda Suriyadagi terror harakatiga odam yollangan.

Shuningdek, Reuter axborot agentligi, Oqilovga O‘zbekistonda qidiruv e'lon qilingani va uning Suriyadagi IShIDga qo‘shilishga uringani haqida yozgan edi.

Bundan tashqari uning, qalloblik yo‘li bilan o‘z o‘rniga odam ishlatgani haqidagi faktlar ochiqlanmoqda.

Eltuz muxbiriga jumladan, Scandiya otelida Raxmat Aqilov nomidan bir o‘zbekistonlik bir necha yil ishlagani xaqidagi ma'lumotlar kelib tushgan.

Otel ma'muriyati «bu xizmat» uchun Aqilovga, jami 360 ming kron (40 ming dollar atrofida) ish haqi to‘lagani haqida bildirgan.

7 aprel kuni, Raxmat Oqilov yuk mashinasida Stokgolm markaziy ko‘chasi Drottninggatanda bir necha odamni bosib ketgan va Åhlens cavdo markazi binosiga borib urilgan edi.

So‘nggi ma'lumotlarga ko‘ra to‘rt nafar odam, jumladan 11 yashar qizaloq halok bo‘lgan, 15 odam jarohatlangan.

Eltuz.com

Tag‘in o‘qing
22 fevral 2018
Dunyoda eng uzoq muddat qamoqda bo‘lgan jurnalist, 64 yoshli Muhammad Bekjon 22 fevral kuni o‘zining feysbuk sahifasida shunday yozuv ...
2 mart 2017
1 mart kuni jurnalist Jamshid Karimov ruxiy hastaxonadan ozod qilindi. 49 yashar Jamshid o‘tgan yili o‘lgan O‘zbekiston prezidenti Islom ...
12 yanvar 2017
O‘zbekistonda «Korruptsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida»gi qonunning qabul qilinishi ortidan senator va deputatlarning bu hujjatga oid balandparvoz chiqishlari paydo bo‘la ...
4 fevral 2022
Mana g‘irr etib xafta aylanib yangi yilning ikkinchi oyida siz bilan yana ko‘rishib turibman. Kunlar it quvgan gadoydek tez ...
Bloglar
30 aprel 2024
1990 yilning 30 aprelida mustaqil O‘zbekiston tarixidagi ilk demokratik partiya – «Erk»ning ta'sis qurultoyi bo‘lib ...
21 aprel 2024
Kartinani kecha uyimga olib keldim. Bir kecha termilib yotmoqchi edim. Lekin imkon bo‘lmadi. Doimgidek hayot ...
6 aprel 2024
Bugungi kunda rus propagandasi faqat rus telekanallari orqali berilyapti degan odam qattiq yanglishadi, chunki propaganda ...