Muxolifat faollarini qamash bilan tanilgan sobiq prokuror Bo‘ritosh Mustafoev o‘ldi
2017 yil 12 aprel kuni O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudi raisining o‘rinbosari 68 yashar Bo‘ritosh Mustafoev yurak kasalligi bois yuzaga kelgan komadan chiqa olmay kasalxonada olamdan o‘tdi.
Sobiq Bosh prokuror Bo‘ritosh Mustafoev o‘tgan hafta Toshkentdagi yurak xastaliklari klinikasida og‘ir ahvolda keltirilgan edi.
Bo‘ritosh Mustafoev 1989 yildan 1998 yilgacha Bosh prokuror bo‘lib ishlagan davr, respublikadagi muxolifat faollarini qamash, uylarini asossiz tortib olish kabi bedodlik davri sifatida tarixda qoldi.
Mustafoev 2001 yil 15 iyunida Qashqadaryolik muxolifatchi, parlament deputati Shovriq Ro‘zimurodov qo‘lga olishga bosh-qosh bo‘lgan edi.
Shovriq Ro‘zimurodovning tergov davomidagi qiynoq oqibatida o‘lgani aytib kelinadi.
O‘sha yili O‘zbekiston muxolifati lideri Muhammad Solihni qamash va unga tegishli kvartirani tortib olish kabi qonunsiz xolatlar borasidagi hujjatlarda ham Bo‘ritosh Mustafoevning imzosi bor.
Navoiy viloyatining Xatirchi tumanida tug‘ilgan. 1971 yilda Toshkent davlat universitetining yuridik fakultetini tugatib, mehnat faoliyatini Samarqand viloyat prokuraturasining bo‘lim prokurori lavozimidan boshlagan.
Eltuz.com