Asosiy mavzular
1 oktyabr 2017

Toshturmadan ozod bo‘lgan yozuvchi «Eltuz»ga suhbat berdi

«Eltuz» muxbiri Toshturmadan ozod etilgan yozuvchi Nurullo Otaxonov bilan so‘zlashishga muvaffaq bo‘ldi.

Endigina qamoqdan uyiga kelib turgan 63 yashar yozuvchi “Eltuz” muxbiri bilan suhbatda “erkinlikka qovushish kutilmagan tarzda yuz bergani” aytdi:

«Men kutmagandim, ichkarida o‘tirib bilmagandim shunday katta harakatlar bo‘lib ketishini, o‘zimga kelib olay keyin bir bayonot beraman», deya ta'kidlaydi sevinchga to‘lgan yozuvchi.

Yaqinlariga ko‘ra, Nurullo Otaxonovni 1 oktyabr kuni Yashnabod tuman Ichki ishlar bo‘limi boshlig‘ining shaxsan o‘zi uyi eshigi oldigacha olib kelib qo‘ygan.

Yozuvchi o‘zining ozod etilishiga ijtimoiy tarmoqda keng miqyosda boshlab yuborilgan aktsiyalar sabab bo‘lganini”Eltuz” muxbiri bilan suhbat asnosida e'tirof etdi.

Ayni paytda yozuvchi zimmasidan unga qo‘yilgan ayblar soqit qilingani haqida aniq ma'lumot yo‘q.

28 sentyabr kuni o‘tgan brifingda Toshkent shahar IIB Tergov boshqarmasi boshlig‘i Doniyor Toshxo‘jaev, yozuvchi Nurillo Otaxonovga 11 may kuni sirtdan jinoyat kodeksining 159-moddasi (Konstitutsion tuzumga tajovuz) bo‘yicha jinoyat ishi ochilganini bildirgan edi.

Mulozimga ko‘ra, yozuvchiga 159 moddaning 1 qismi, 244-1 moddaning 3 qismi, «g» bandi yuzasidan tergov amaliyoti o‘tkazilgan, shuningdek sirtdan qamoqqa olish chorasi belgilangan va qidiruv e'lon qilingan.

Brifingda shuningdek Toshxo‘jaev, hozircha surishtiruv davom etayotgani, kerak bo‘lsa qo‘shimcha ekspertiza tayinlanishini. Agar sudlanuvchining aybi tasdiqlanmasa yoki uning harakati amnistiya aktiga tushadigan bo‘lsa qonunga ko‘ra qaror qabul qilinishini aytgan edi.

27 sentyabr kuni Turkiyadan Toshkentga kelgan 63 yashar yozuvchi qo‘liga kishan solinib, transport prokuraturasi talabi bilan Yashnaobod tuman ichki ishlar bo‘limiga olib ketilgan edi, oradan ko‘p o‘tmay u Toshturmaga o‘tkazildi.

Nurilla Otaxonov Toshkentga qaytish arafasida «Eltuz» nashriga bergan intervyusida prezident Mirziyoevning va'dalaridan ruhlanib qaytishga chog‘langanini bildirgan edi.

«Eltuz» nashri voqeani kuzatishda davom etadi.

Eltuz.com

Tag‘in o‘qing
11 aprel 2021
(Shoir va siyosatchi Muhammad Solih audiokitobining davomi. Boshi «Eltuz»ning «Imperativ» ruknida. Davomi bor.) Ha, o‘tmishga qaytamiz yana. Bizning umumiy ...
21 fevral 2017
Bugun O‘zbekistonda barcha banklar «xalq manfaati»ni o‘ylab qolgan. Ularning vakillari uyma-uy yurib, odamlarga kredit tarqatish bilan ovora. Yangi prezidentning ...
11 iyul 2019
Gulchehra Nurillaeva 1938 yilda Toshkent viloyatida tug‘ilgan. Toshkent davlat universiteti va Moskvadagi Oliy adabiyot kurslarida tahsil olgan. 15 dan ...
15 may 2017
Chinozlik «Ahmadboy» nomi bilan mashhur bo‘lgan Ahmad Tursunboev tomonida tashkil etilgan moliyaviy piramida faoliyatiga barham berilganiga ham bir yilga ...
Bloglar
30 aprel 2024
1990 yilning 30 aprelida mustaqil O‘zbekiston tarixidagi ilk demokratik partiya – «Erk»ning ta'sis qurultoyi bo‘lib ...
21 aprel 2024
Kartinani kecha uyimga olib keldim. Bir kecha termilib yotmoqchi edim. Lekin imkon bo‘lmadi. Doimgidek hayot ...
6 aprel 2024
Bugungi kunda rus propagandasi faqat rus telekanallari orqali berilyapti degan odam qattiq yanglishadi, chunki propaganda ...