Asosiy mavzular
28 yanvar 2018

Taniqli o‘zbek qo‘shiqchisi masjidga imom bo‘ldi

Mashhur xonanda 49 yashar Doniyor Toshmuhammedov 26 yanvardan Toshkentning Uchtepa tumanidagi «Istiroxat» ko‘chasida joylashgan, Abdulhamid Hoji masjidida imomlik qila boshladi.

O‘zbekiston Vazirlar mahkamasi huzuridagi Din ishlari qo‘mitasi mulozimining «Eltuz»ga bildirishicha, Doniyor Toshmuhammedov masjid shtat ro‘yhatida muazzin sifatida qayd qilingan.

Ayni paytda mulozim Toshmuhammedovning jamoat namozlarida imomlikka o‘tib turishini tasdiqladi.

Doniyor Toshmuhammedov, 90-yillarda «Seni sevdim», «Jonon bo‘laman deb…» «Feruzabonu», «Nozanin» kushiklari bilan tanilgan edi.

Xonandaning muxlislariga ko‘ra u 2002 yili qo‘shiq aytishdan voz kechib, qur'on tilovat qilib qorilik qila boshlagan.

Shuningdek, «Eltuz» bilan suhbatlashgan sobiq maxbusning bildirishicha, Toshmuhammedov 90-yillarning oxirlarida u qora ro‘yhatga tushgan va bir muddat qamoqda bo‘lgan.

Uchtepa masjidi namozxonlaridan biri “Eltuz”ga, bir vaqtlar dunyoviy qo‘shiqlar kuylagan xonandaning imom bo‘lishini olqishlashini bildirdi:

“Qo‘shiq ayta oladigan odam agar haqiqiy ovoz egasi bo‘lsa, Qur'onni ham chiroyli o‘qiydi. Uning imom bo‘lgani yaxshi” dedi u.

«Tinchlik» masjidi imomi Shermurod Tog‘ay ham «Eltuz» nashriga bu yuzadan bergan sharhida xonandaning qarorini olqishladi

«Nafs ustidan g‘olib kelish osonmas, atrofingda turli jononlar, maishatbozlik, ko‘tar-ko‘tar, shuhrat… bundan kechgan Doniyor ukamizga ming rahmat!» dedi u.

Ayni paytda, dindorlar orasida, xonandaning diniy ilmiga shubha bildiruvchilar ham bor.

“Masjidga imomlik qilish uchun xushovoz bo‘lishning o‘zi kamlik qiladi, bugungi kunda qur'onni hifz qilib murattab qori bo‘layotganlar, ilmsiz imomlar ko‘p”, dedi “Eltuz”ning yana bir suhbatdoshi.

O‘tgan jumadan boshlab Toshmuhammedov imomlik qila boshlagan Uchtepa masjidi 1998 yili “Istirohat” mahallasi faollari, jumladan Abdulhamid hoji tashabbusi bilan barpo etilgan edi.

Doniyor Toshmuhammedovgacha Uchtepa masjidiga Azimov Jamoliddin imomlik qilgan.

Eltuz.com

Tag‘in o‘qing
9 dekabr 2021
Mahalliy mulozimlarning «qabr biznesiga» aylantirilgan Xo‘jaylidagi Xalifa Erajab masjidi va Mazdakxon maqbarasini vandallardan himoya qilishni O‘zbekiston sport va turizm ...
18 may 2020
Rossiya Tashqi ishlar vazirligi mulozimasi Mariya Zaxarova «rasmiy idoralarda o‘zbek tilining majburiy qilinishini kamchilik yoqlayotgani»ni yozg‘irgani ortidan tarmoqdagi mo‘'tadil ...
2 iyul 2020
6-sinfda o‘qirdim, Kampuchiyada davlat to‘ntarishi bo‘lib hukumatga Pol Pot rahbarligidagi «Qizil kxmerlar» kelganini, ular butun mamlakat bo‘ylab fashistik diktatura ...
26 sentyabr 2015
Nafaqat ko‘rganlar, bizga o‘xshab ko‘ra olmaganlar ham eshitib og‘zimiz ochilib qoldi. O‘sha ko‘rsatuvda bir guruh o‘zbek bolalari .., ha-ya ...
Bloglar
30 aprel 2024
1990 yilning 30 aprelida mustaqil O‘zbekiston tarixidagi ilk demokratik partiya – «Erk»ning ta'sis qurultoyi bo‘lib ...
21 aprel 2024
Kartinani kecha uyimga olib keldim. Bir kecha termilib yotmoqchi edim. Lekin imkon bo‘lmadi. Doimgidek hayot ...
6 aprel 2024
Bugungi kunda rus propagandasi faqat rus telekanallari orqali berilyapti degan odam qattiq yanglishadi, chunki propaganda ...