Document UZ
6 mart 2018

Sobiq Bosh prokurorning o‘g‘li qidiruvga berildi

Ustidan Jinoyat kodeksining 165, 205, 210-moddalari bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, 22 fevraldan beri hibsda qolayotgan sobiq Bosh prokuror Rashidjon Qodirovning o‘g‘li 39 yoshli Alisher Qodirov O‘zbekiston IIV tomonidan qidiruvga berildi.

Qidiruv e'lonida Alisher Qodirov Jinoyat kodeksining 165 (tovlamachilik) va 168-moddasida (firibgarlik) ko‘rsatilgan jinoyatlarni sodir etib qochib yurganligi aytiladi.

«Eltuz» muxbiri bilan gaplashgan Bosh prokuratura rasmiylardan biriga ko‘ra, Alisher Qodirov shu kunlarda Moskva shahrida istiqomat qilmoqda. U Bosh prokuratura talabi asosida otasi o‘g‘irlagan pullardan bir qismini Toshkentdagi «Infinbank» vositachiligida O‘zbekistonga qaytargan. Mulozimga ko‘ra, Alisher Qodirov qaytargan summa 20 million dollar atrofida.

«Eltuz» suhbatlashgan prokuratura rasmiysiga ko‘ra, sobiq prokuror Rashid Qodirov oilasi O‘zbekistondagi yashirin boylardan bo‘lgan. Dunyoning o‘ndan ortiq mamlakatida Rashid Qodirov oilasiga tegishli mol-mulk bor.

«Eltuz» Rashid Qodirov mulki deb ishonilgan Latviyadagi ikkita villaning fotosuratini chop qilgan edi.

Shuningdek, Qodirovning Shveytsariya, Avstriya va Chexiyada ko‘chmas mulklari mavjud.

«Eltuz» muxbiri Qodirovlar oilasiga oid uylar haqida ma'lumot mavjud bo‘lgan Latviya ko‘chmas mulk reestrlariga doir hujjatlarni ko‘rgan.

Rashid Qodirovning qidiruvga berilgan o‘g‘li Alisher Qodirov va kuyovi Temur Karimov juda katta pul mablag‘larini o‘g‘irlaganiga oid ma'lumotlar «Eltuz»da mavjud.

«Eltuz» tasarrufidagi ma'lumotlarga ko‘ra, Toshkent viloyati Zangiota tumanida faoliyat yuritayotgan va bir martalik shpritslar hamda boshqa dori-darmonlar ishlab chiqaradigan “Asia Trade” shirkati muassisi hozir qamoqda qolayotgan Rashid Qodirovning qidiruvga berilgan o‘g‘li Alisher Qodirovdir.

Rashid Qodirov va uning o‘g‘li Alisher Qodirov “kriminal akaxonlar” G‘afur Rahimov hamda Salim Abduvaliev bilan ham yaqin aloqada bo‘lgan.

Rasmiy xabarga ko‘ra, Qodirov joriy yil 23 fevral kuni hibsga olingan bo‘lib, sobiq Bosh prokuror Jinoyat kodeksining «tovlamachilik» (165-moddasi), «hokimiyat yoki mansab vakolatini suiiste'mol qilish» (205-modda) va «pora olish» (210-modda) moddalari bo‘yicha ayblanmoqda.

Eltuz.com

Tag‘in o‘qing
30 yanvar 2018
O‘zbekistonni 27 yil boshqargan va 2016 yilda o‘lgan Islom Karimovning nabirasi Buyuk Britaniya hukumatidan siyosiy boshpana so‘radi. Bu haqida ...
8 iyul 2022
Zebra degan hayvon bor. Eshshakning bir turi. Go‘shti halol bo‘lgani uchun so‘yib yesa bo‘ladi. Zebraning usti oq qora yo‘l ...
6 aprel 2015
O‘zbekiston Inson huquqlari markazi direktori Akmal Saidov deyarli 20 yildan buyon xalqaro tashkilotlarda Islom Karimovning himoyachisi bo‘lib chiqishlar qilib ...
25 iyul 2016
XIV asr oyoqlagan paytda Buxoroning naqshbandiy ulamolari “yo Ollox do‘st, yo Olloh” deya salovat aytaroq sovuq Sibirga yo‘l olishdi. ...
Bloglar
30 aprel 2024
1990 yilning 30 aprelida mustaqil O‘zbekiston tarixidagi ilk demokratik partiya – «Erk»ning ta'sis qurultoyi bo‘lib ...
21 aprel 2024
Kartinani kecha uyimga olib keldim. Bir kecha termilib yotmoqchi edim. Lekin imkon bo‘lmadi. Doimgidek hayot ...
6 aprel 2024
Bugungi kunda rus propagandasi faqat rus telekanallari orqali berilyapti degan odam qattiq yanglishadi, chunki propaganda ...