Catira
22 noyabr 2018

Samarqand forumi O‘zbekistonda inson haqlari buzilishiga hamohang boshlandi

Camarqandda 22 noyabr kuni Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasiga bag‘ishlangan Osiyo forumi inson haqlaridan ko‘z yumilishi fonida kechmoqda.

Paradoks shundaki, prezident Mirziyoev va YeXHT vakillari ishtirokida o‘tayotgan Samarqanddagi xalqaro anjuman inson huquqlarini yoritgani uchun bosim ko‘rsatilgan xorazmlik jurnalistlarning sudlari boshlangan va ortga surilayotgan bir kunga to‘g‘ri keldi.

O‘z faoliyati uchun kaltaklangan va qamalgan jurnalist

22 noyabr kuni Xorazm viloyati Qo‘shko‘pir tumani ma'muriy sudi urganchlik 47 yashar jurnalist Davlatnazar Ro‘zmetov shikoyati bo‘yicha ishni ko‘rib chiqishi kerak edi. Biroq Ro‘zmetovning «Eltuz» nashriga bildirishicha, bugun sud unga majlisning 29 noyabrga qoldirilganini bildirgan.

Shuningdek, sud davogar Ro‘zmetovga tanishib chiqish uchun javobgar tomon – Qo‘shko‘pir tumani ichki ishlar bo‘limining 20 varaqdan iborat ish hujjatlarini taqdim qilgan. 

“Xorazm yoshlari” gazetasi muharriri o‘rinbosari Davlatnazar Nurmetov Qo‘shko‘pir tumani hokimligi binosidagi majlisda majburiy mehnat va inson huquqlari buzilishi holatini o‘rganishga harakat qilgani uchun hokim buyrug‘i bilan olib ketilgan, militsiya tomonidan kaltaklangan, shu yilning 29 oktyabrida yetti sutka qamoqqa tashlangan edi.

Uylari tortib olingan jurnalistlar

23 noyabr kuni esa Urganch shahrida xorazmlik jurnalistlar – aka-uka Bobojonovlarning uylarini tortib olish yuzasidan da'vo arizasiga ko‘ra sud boshlanishi kutilmoqda.

Shu yilning avgustida Xorazmda «Ozodlik» jurnalisti Shuhrat Bobojonov, «Eltuz» muharriri Qudrat Bobojonov va ularning ukasi, videotasvirchi G‘ayrat Bobojonovning Xorazmdagi uy-joylari tortib olingan.

Bu haqda ularga 6 oy o‘tib xabar berilgan, keyinchalik ular sudga shikoyat qilishgan edi.

Vaziyat yaxshilangani haqida gapbozlik…

Inson huquqlarini yoritib kelgan ko‘plab jurnalistlar forumga qo‘yilmagan. Jumladan, samarqandlik jurnalist Toshpo‘lat Rahmatullaev feysbukda bu yuzadan fikrlarini yozib qoldirdi.

«Tashkilotchilar o‘zlarining oxirgi yig‘ilishiga taklif etishgan edi. Bugun ertalab tegishli organlar yangi ro‘yxat tuzganligini va kamina unga kiritilmaganligimni aytishdi», dedi u.

Samarqand forumiga bag‘ishlab Toshkentda o‘tkazilgan brifingda ishtirok etgan o‘zbekistonlik jurnalist Yuriy Chernogaev xo‘jako‘rsin tadbir haqidagi o‘z fikrlarini feysbukda qoldirdi. 

«Gapbozlik va o‘zaro bir-birinikini yalashdan boshqa narsani ko‘rmadim. Hamma hamma narsadan mamnun, vaziyat hammasidan yaxshi…».

Rassom Mahmud Eshonqulov
eltuz.com

Tag‘in o‘qing
8 mart 2020
Rassom Dumham Eltuz.com
8 noyabr 2017
Rossiyaning «Rodina» partiyasi, «Vatan yo‘lbarslari» yoshlar qanoti va «Rossiya milliy-vatanparvarlari» jamoatchilik tashkiloti faollari Moskva shahri ma'muriyatining O‘zbekistonning marhum prezidenti ...
18 iyul 2024
Videoda Kasbi tumani hokimi To‘xtamurod Meyliev fermerni uryapti. Voqea aprel oyida yuz bergan. Kuni kecha esa majlisda hokim Do‘stlik ...
20 yanvar 2024
Salom qadrli muxlislar bugun 23 yanvar, Eltuz o‘zining kundalik ko‘rsatuvlarini davom ettiradi. Poytaxt viloyatining Oqqo‘rg‘on tumanida 35 yoshli va ...
Bloglar
22 noyabr 2024
Qudratlar ayrilgan tuzum, ya'ni demokratiya avtokratiyadan yaxshidir. Bu gapni aytaverib tilim qavardi. Demokratik jamiyat bo‘lgan ...
28 oktyabr 2024
(Eltuzga telegram orqali kelgan maktub) “Xorazm viloyati Urganch tumanlararo sud raisi Yo.A.Almosov janobi oliylarining bugungi ...
24 oktyabr 2024
Bir odam hammaga yaxshilik qilishga so‘z beribdi. Qo‘shnisi kelib uni otini so‘rab olib minib ketganicha ...