Asosiy mavzular
26 mart 2019

Yonidan Muhammad Solih kitoblari chiqqan shoirning telefoni ham musodara qilindi

O‘zbekistonlik shoir, 56 yashar Mahmud Rajab 26 mart kuni ertalab 8.30 larda Gurjistonning Tiflis shahridan qaytayotganida Toshkent aeroportida o‘zbek bojxonachilari tomonidan ushlandi.

Bu haqda «Eltuz»ga xabar yetkazgan hamrohlari Mahmud Rajabning yonidan muxolifat lideri Muhammad Solih va uning ukasi Muhammad Bekjonning kitoblari topilgani, kitoblari va telefoni musodara qilinib, qo‘yib yuborilganini bildirishdi.

«Erk» demokratik partiyasi lideri Muhammad Solih o‘zbek she'riyatining ulug‘ daholaridan biridir. Muhammad Bekjon esa «Eltuz» tinglovchilariga «Alvido, Jasliq» (Qo‘rquvning nariyog‘ida) kitobi audioversiyasi bilan yaxshi tanish.

Mahmud Rajab Muhammad Solihni vatanga qaytarishni so‘rab prezident Shavkat Mirziyoevga murojaat bilan chiqqan o‘zbek ziyolilarining biridir.

Bir yil ilgari, 2018 yilning 29 mayida shoir Mahmud Rajab va yana uch nafar shaxs Muhammad Solih rasmi bilan tushgan suratini tarmoqqa qo‘ygani uchun prokuraturaga chaqirilgan edi.

Kitoblariga qo‘shib telefoni ham musodara qilingan shoir Mahmud Rajab so‘nggi soatlarda taksi kira qilib Toshkentdan Xorazm viloyatiga qaytmoqda. Biroq uning o‘zi bilan bog‘lanishning iloji bo‘lgani yo‘q.

Eltuz.com

Tag‘in o‘qing
4 mart 2016
O‘tgan fevral oyida ham O‘zbekiston telekanallari “eski ashulalari”ni baralla kuylashdan charchamadi. Ya'ni telekanallarning bosh mavzulari yana o‘sha “ma'naviyatni yuksaltirish”, ...
3 noyabr 2023
Charx avzoyi bu dam avvalgilarg‘a o‘xshamas, Kotibu davru raqam avvalgilarg‘a o‘xshamas, Endi inson qadri ham avvalgilarg‘a o‘xshamas, Ko‘nglum ichra ...
18 yanvar 2022
Tarmoqda ikki toifa mullalar bir-biri bilan qirpichoq bo‘lmoqda. 1-toifa: Hukumat va DXX yo‘rig‘ida yurib chiziqdan chiqmaydigan «mo‘'tadillar» 2-toifa: IShID ...
26 mart 2020
24 martdan boshlab hukumat qarori bilan koronavirus tarqalishiga qarshi kuchaytirilgan tartib e'lon qilindi. Virusga chalingani aniqlanganlar karantin manzillariga olib ...
Bloglar
30 aprel 2024
1990 yilning 30 aprelida mustaqil O‘zbekiston tarixidagi ilk demokratik partiya – «Erk»ning ta'sis qurultoyi bo‘lib ...
21 aprel 2024
Kartinani kecha uyimga olib keldim. Bir kecha termilib yotmoqchi edim. Lekin imkon bo‘lmadi. Doimgidek hayot ...
6 aprel 2024
Bugungi kunda rus propagandasi faqat rus telekanallari orqali berilyapti degan odam qattiq yanglishadi, chunki propaganda ...