Kundalik
2 may 2015

Falokatdagi odamlar yoki oyoq izlari bizni katta yo‘lga eltadimi?

Ammo sal farq bor. MTS yopilib ochilishi¸ GK ning ota mexridan mosuvo qilinishi¸ Rossiyaning Qrimni annektsiya qilishi bilan bog‘liq voqealar bu falaj jamiyatning ba'zi a'zolarining qimirlashiga olib keldi.

Huddi komada yotgan odamning barmog‘i qimirlagani kabi.

Sovet hukumatini shirin tush kabi sog‘inganlar tilga kirib “Oh qanday davrlar edi¸SSSRda tuyalarning tezagi oltindan edi” deya boshlashdi.

Yana birovlari esa o‘zlarini hayolan Putin bilan bir to‘shakda ko‘rib rohatlanishdi. Ba'zilar mamlakat qora bayroq ostidagi hilofotning bir qismi bo‘lsin deya orzumand. bo‘lishdi.

Qoraqalpoqni ajratish¸Xorazmni mustaqil qilish¸ Samarqand va Buxoroni Tojikistonga¸ Toshkentni Qozog‘istonga berish istagida bo‘lgan ko‘knorihayollarga til bitib alahlab aljiray boshladi.

Falaj xolatda yotganida odam tanasidagi turli kasalliklar ham falaj xolatda uxlab yotgan bo‘ladi. Komadan chiqqan odam o‘z tanasidagi turli kasalliklar uyg‘onganini ham ko‘radi.

Bu kasalliklar oqibati inson uchun komadan ham hatarli bo‘lishi mumkin.

Koma xolatidan chiqqan odamlarning sal o‘tmay olamdan o‘tganini tibbiyot shunday izohlaydi.

Jamiyat va davlat uchun falajdan keyin uyg‘onadigan hastaliklar qanchalik tahdidli.

Bu savol javobini kelajakka havola qilib yana bugunni tahlil qilsak.

Men deyarli har kuni o‘zbekistonliklar bilan gaplashish asnosida ularning erkinlik istamayotganligini his qildim.

Ular yana ham totalitar tuzum istashmoqda.

Toshkent qishloqilarga to‘lib ketdi¸ularni shaharga kirgizmaslik uchun choralarni kuchaytirish kerak¸ shahar rezinadan emas deyishadi.

Xolbuki propiska bor¸ cheklov bor. Ular shundoq ham dunyodagi yopiq shaharlardan biri bo‘lgan Toshkentni boshqalar uchun yopilishini istashadi.

Ashulachilar gitara chalmasin¸ milliyligimizga zid deyishadi. Shundoq ham bitta ashulachi ustidan to‘rt idora va sakkizta qaror ho‘jayin.

Yo‘q yetarli emas deyishadi. Taqiq kuchaysin deb talab qilishadi.

Taqiq¸ cheklov va qatag‘on istayotganlar ko‘p. Erkinlik¸hurriyat va tanlov istaganlar kam.

Demokratiya va islohot istagan oddiy odamni hali uchratmadim.

«Ana demokratiya istagan Ukrainani ahvolini ko‘ring » deyishadi. «Bizni tinch qo‘ying ketimizga tepishsa ham qornimiz to‘q bo‘lsa bo‘ldi»¸ deyishadi.

Xolbuki O‘zbekistonda ketiga tepilayotgan odamlarning qorni to‘q emas¸ boz ustida uyida chiroq yonmaydi¸gaz o‘rniga tezak yoqishga mahkum.

Yana o‘sha eski gap. Yig‘i sig‘i . Ox voh . Boshi berk ko‘cha.

Ammo cho‘kayotgan odam oyoq qo‘lini qimirlatadi. Ko‘chada adashgan odam esa odamlardan yo‘l ko‘rsatishni so‘raydi.

Afsus biz cho‘kayotib oyog‘imizga tosh boylagan odamga o‘hshaymiz. (masalan dabdabali to‘ylar)

Biz agar adashgan bo‘lsak nega yo‘l izlamaymiz.

Ba'zan sendan oldin yurgan odamning oyoq izlari seni to‘g‘ri yo‘lga boshlashi mumkin.

Chunki adashgan bir biz emasmiz. Yo‘l topganlar bor.

Albatta Singapurda o‘tkazilgan islohot samarasi haqida gapirish mumkin.

Ammo darxol Singapur mentaliteti bizdan uzoq degan e'tirozni e'shitish mumkin.

Unday bo‘lsa biz bilan yaqin o‘tmishda birga yashagan Gruziya islohoti bizga yo‘l haritasi bo‘la olmaydimi.

Bugun Gruziyada “pora bilan o‘qishga kirish”¸ “GAI ga pora berish” kabi holatlar uzoq o‘tmishga aylandi.

Bugun Gruzyaida uy oldi sottisi 30 daqiqada amalga oshiriladi. Mashinaga nomer olish uchun 20 daqiqa ketadi. Firma yoki shirkatni qayddan o‘tkazish uchun nizomiy kapital zarur emas. Politsiya yahshi ishlagani bois mashinani qulflamasa ham bo‘ladi.

Buni Tbilisidagi tanishlarim aytmoqda.

Albatta «aqlli» vatandoshdan yana e'tiroz eshitamiz.

Gruziyadagi islohotni G‘arb va AQSh moliyaladi degan e'tirozni.

Aytish lozimki bunday yordamni O‘zbekiston dohil 180 mamlakat oladi. Gruziyadan farqli o‘laroq bu mamlakatlarda radikal islohot o‘tkazish istagi yo‘q. Hech kim Gruziya kabi politsiyada ishlaganlarnig 90 foizini almashtirmoqchi emas.

Yana e'tiroz¸ yana shubha…

Xuddi cho‘kayotgan odam uni qutqarmoqchi bo‘lgan odamni savolga tutgani kabi. Ya'ni sen uzatgan xodani tikoni barmog‘imga kirib og‘ritmaydimi degan tarzda.

Barmoq tuzalishi mumkin ammo cho‘kib o‘lgan odam baliqlarga yem bo‘lishi tayin.

Shuhrat Bobojon,
«Qorinja» kitobidan

Tag‘in o‘qing
6 avgust 2018
Jo‘raev ozod bo‘lgan qafasda Pardaev paydo bo‘ladi! Asabi chatoqlar zalni tark etsin! rassom: Tuz Eltuz.com 2015 yil 16 noyabr
27 noyabr 2023
Rossiyaning mustamlakachilik siyosati ta'siri ostidagi O‘zbekistonning bugungi hukumati Turkiston muxtoriyati tuzilgan sanani atay unutishga intilib keladi va bu sana ...
10 avgust 2021
IShIDning Suriyadagi lagerlarda saqlanayotgan ayol a'zolari uchun iyul oyida rus tilidagi yopiq telegram chatda quyidagi e'lon berildi: “O‘zbekistonlik opa-singillar, ...
6 mart 2017
Amakisi prezident bo‘lgan O‘zbekistondagi tuzumning tanqidchisiga aylangani ortidan 2006 yil kuzida ruhiy kasallar shifoxonasida bandi etilgan jizzaxlik jurnalist Jamshid ...
Bloglar
30 aprel 2024
1990 yilning 30 aprelida mustaqil O‘zbekiston tarixidagi ilk demokratik partiya – «Erk»ning ta'sis qurultoyi bo‘lib ...
21 aprel 2024
Kartinani kecha uyimga olib keldim. Bir kecha termilib yotmoqchi edim. Lekin imkon bo‘lmadi. Doimgidek hayot ...
6 aprel 2024
Bugungi kunda rus propagandasi faqat rus telekanallari orqali berilyapti degan odam qattiq yanglishadi, chunki propaganda ...