Ko‘zqarash
15 aprel 2019

Boshqalar…

O‘tgan asrning 80-yillari so‘nggida mamlakatda erk va demokratiya uchun boshlangan jabhada ko‘plar qatori javlon urarkan, men uchun ham Bertold Brextning “Ortimizdan kelar boshqalar!” degan mashhur so‘zlari shior bo‘lgandi. Biz faqat boshlab beramiz, “Ortimizdan kelar boshqalar, ko‘proq bo‘lar sabri ularning, epchilligi va qat'iyati…”, degan bir samimiy ilinj bor edi.

Maksimalizm otiga minarkanmiz, ortga qaramas, biroq ortimizdan guras-guras olomonning kelayotganiga ishonardik. Ustoz Rauf Parfi ta'biri bilan “Biznikilar kelyapti”, deb qo‘yardik.

Biroq vaqt o‘tishi bilan “Boshqalar” degan so‘z butunlay boshqacha mantiq kasb etdi. Ma'lum davrga kelib menda “Ular boshqalardir”, degan bir sobit gumon uyg‘ondi.

Ular – trollar, manqurtlar, moxovlar, bir hovuch olomon, narxi uch pul xoinlar, xullas, oyoqni qo‘lga olib, ortga qaramasdan uzoqqa qochish kerak bo‘lganlar, ular bizdan emas, ular boshqalardir…

Bu tendentsiya davr o‘tgan sari shiddatli avj oldi, keksa huquq himoyachisi Tolib Yoqubov ta'biri bilan aytganda, bu ijtimoiy tarmoqlardagi “doimiy janjal foni»ga aylandi.

Endi bir zehn solib o‘ylab ko‘ring, biz “boshqalar” deya atayotgan odamlar biz haqdayam ayni biz kabi o‘ylashlari tabiiy emasmi? Axir ularga ham bizniki kabi aql va bilim berilgan. Ular ko‘zimizga «olabo‘ji» ko‘ringan sayin biz ham ularning ko‘ziga husndan benasib, cassig‘u badbo‘ylikda tanho trollar bo‘lib ko‘rinmaymizmi?“

Sanab bera olasizmi menga, o‘zbeklar orasida, o‘zini ateist va demokrat sanaganlar orasida yoki o‘zlarini taqvodoru nasroniy, islomiylardan va o‘z dinlarining qaysidir mazhablaridan deya ajratuvchi guruhlar o‘rtasida qancha ixtiloflar borligini?

Ulardan tashqari, o‘zlarini baynalminalu yoda millatparvar ataganlari qancha-yu, yuqoridagi guruhlardan o‘zini olib qochib, o‘zga qavmdan yoki millatdan ekanini pisanda etib panada o‘tirganlari qancha?

Va nihoyat, “Ular boshqalardir” yoki “Biz boshqalarmiz” degan fikr yangi bir sekta, shovinizm yoki irqchilikning ibtidosi emasmi?

Tag‘in bilmadim, har holda bugungi boshqalar – biz bilgan ilgarigi, bizga ergashgan boshqalardan boshqacha, ular bizni quvayotgan yoki o‘zimiz yonimizdan quvayotgan boshqalardir.

Qudrat Bobojon,
eltuz.com, 2015 yil 15 sentyabr

Tag‘in o‘qing
16 oktyabr 2017
Har dam olish kunlari Toshkentdagi turli vazirliklar, davlat qo‘mitalari, son-sanoqsiz byudjet tashkilotlar oldi erta tongdan gavjum bo‘ladi. Go‘yoki hukumat ...
9 avgust 2021
Rassom Tuz
8 mart 2020
Milliy xavfsizlik xizmati (hozirgi Davlat xavfsizlik xizmati)ning sobiq raisi Rustam Inoyatov O‘zbekiston tennis federatsiyasi rahbari lavozimidan iste'foga chiqdi. Bu ...
16 sentyabr 2019
So‘nggi vaqtlarda O‘zbekiston diniy siyosatida qandaydir o‘zgarishlardan darak berishga ishoralar paydo bo‘lmoqda.  Lekin bo‘layotgan ishoralar siyosatda emas, balki diniy ...
Bloglar
6 may 2024
Hayrli kun! Urganch shahrida yashayman. Bugun quyidagi voqea yuz berdi: men avtobusda telefonda gaplashib turgandim. ...
30 aprel 2024
1990 yilning 30 aprelida mustaqil O‘zbekiston tarixidagi ilk demokratik partiya – «Erk»ning ta'sis qurultoyi bo‘lib ...
21 aprel 2024
Kartinani kecha uyimga olib keldim. Bir kecha termilib yotmoqchi edim. Lekin imkon bo‘lmadi. Doimgidek hayot ...