Multimedia
22 aprel 2016

Rok-n roll qiroli Prins o‘ldi

Amerikalik qo‘shiqchi 57 yashar Prins o‘zining Minnesotadagi ovoz yozish studiyasida o‘lik xolda topildi.

Qo‘shiqchi o‘limi haqida uning matbuot kotibi Associated Pressga bildirdi.

The Hollywood Reporterga ko‘ra politsiya sirli o‘lim yuzasidan tergov boshlagan.

Prints jasadi ertalab topilgan, qutqaruv xizmatiga bu haqdagi xabar mahalliy vaqt bilan soat 9.43 da tushgan. To‘liq ismi Prins Rodjers Nelson bo‘lgan qo‘shiqchi bundan 6 kun avval shamollash alomatlari bilan shifoxonaga yotqazilgandi.

Qo‘shiqchi 1958 yilda Minneapolisda tug‘ilgan. U o‘z musiqiy faoliyatini ritm-end-blyuz yo‘nalishidan boshlab, fank, jaz ijrochisi sifatida nom chiqargan.

Qo‘shiqchi musiqiy iste'dodidan tashqari, o‘zining yorqin imiji va mojarolarga sabab bo‘luvchi xatti-harakatlari bilan ajralib turgan.

Musiqachi ommani nafaqat musiqasi va kiyimlari bilan, balki 1993 yilda o‘z taxallusini erkak va ayol ramzini bildiruvchi belgilardan iborat, talaffuz qilib bo‘lmaydigan emblemaga o‘zgartirgani bilan ham hayron qoldirgan.

Bundan keyin uni «avval Prints nomi bilan ma'lum bo‘lgan artist» deb atay boshlashgan.

Qo‘shiqchi hammasi bo‘lib 39 ta albom yozgan. Uning oxirgi albomi 2015 yilda chiqqan.

Qo‘shiqchining eng mashhur qo‘shiqlaridan biri Purple Rain (Qirmizi yomg‘ir) qo‘shig‘i hisoblanadi.

Prins qatorasiga yetti marta “Gremmi” sovrini ni olgan edi. Shuningdek u “Qirmizi yomg‘iri” filmida ijro qilgan saundtrek uchun “Oskar” ham olgan.

Prins ijodi boshlangan 1970 yildan beri dunyo bozorida uning 100 milliondan ziyod disklari sotilgan. 2004 yili Prins “rok-n-roll shon-shuhrati” zaliga nomi oltin harflar bilan zarb qilindi.

Eltuz.com

Tag‘in o‘qing
28 aprel 2021
«Abdulla G‘arip Prodakshn», rassom Elsevar, rassom Tuz va «Eltuz» yangi siyosiy satirik animatsion filmlar turkumining uchinchi qismini taqdim etadi. ...
29 noyabr 2019
Jajjigina o‘g‘il bola otasidan so‘radi:– Yaxshi degan co‘z nimayu, yomon degan nimasi? Bu misralarni yozgan shoir Vladimir Mayakovskiy «Nima ...
15 may 2017
May oyi boshida O‘zbekistonda ommaviy axborot vositalari faoliyatiga daxldor «Oltin qalam» mukofoti g‘oliblarini taqdirlash marosimi ortidan ijtimoiy tarmoqlar va ...
10 may 2019
Magnitni birinchi marta ushlab ko‘rganimda, bir tomoni tortishi va yana bir tomoni o‘zidan itarishini o‘zim uchun kashf qilgan edim. ...
Bloglar
21 aprel 2024
Kartinani kecha uyimga olib keldim. Bir kecha termilib yotmoqchi edim. Lekin imkon bo‘lmadi. Doimgidek hayot ...
6 aprel 2024
Bugungi kunda rus propagandasi faqat rus telekanallari orqali berilyapti degan odam qattiq yanglishadi, chunki propaganda ...
28 mart 2024
Rossiya gumondorlarini qiynagani IShID versiyasini yo‘qqa chiqarmaydi.  Bu yerda bir eski siyqa tryuk ishlatiladi. Spetsslujbada bu ...