UzPoster
21 fevral 2019

«Hokimlar Toshkentni o‘ldirmoqda!»

Qachonlardir, Hamza teatrini vayron qilishganida, meni ortiq hech narsa bunchalik yaralamaydi, deb o‘ylagandim. Keyin xiyobon voqeasi yuz berdi, o‘shanda men zaifligimdan o‘kinib yig‘ladim. Xiyobondan so‘ng mening alleyamni yo‘q qilishdi… Shahar miqyosidagi boshqa kasofatlar bilan taqqoslaganda, mening alleyam mayda narsa bo‘lib qoldi. Biroq bizning tumanimiz uchun emas… Qachonlardir hayot qaynagan bu joylar kimsasiz, jimlik hukmron.

Bu yil Kinochilar uyini qatl qilishdi… Eri yaratgan asar vayronalari fonida o‘kirib yig‘layotgan Rafael Xayrutdinovning bevasi fotosini biz hammamiz ko‘rdik va umrbod eslab qoldik. Har bir yo‘qotish endi har bir toshkentlik dilida bitmas chandiqlar qoldiradi.

Biroq hozir yuz berayotgan voqealar – allaqachon binolarning yo‘q qilinishi emas, bu shaharning qatl qilinishi… Biz hammamiz bilamiz va nafasimizni ichga yutib eslaymiz – «Shunday millat bor – toshkentliklar». Mana endi mendan bir shumxabar. Bunday millat yaqinda umuman bo‘lmaydi. Toshkentga u yerda tug‘ilmaganlar egalik qilishadi va qaychilashadi. Dadasi Gorkiy bog‘iga olib bormagan yoki maktabdan qochib «O‘ttizinchi» yoki «Pioner» (Toshkentdagi kinoteatrlar. Eltuz) ga bormaganlar, talabalik yillari xiyobonda o‘pishmaganlar… Umuman, bu shaharni seva olmaydiganlar…

Va siz Navoiy yaqinidagi yarmarkalar ham, yangi turar joylar ham «Toshkent siti» arxitektura ansambliga mos kelmasligini yaxshi bilasiz. Aha… ularniyam o‘choqqa tashlang… Men ularga achinmayman va ularni deb aniq qayg‘uga botmayman… Ular hali shunchalik yangiki, mening qalbimdan joy olmagan… Biroq shaharning har bir yangi hokimi boshqasi ortidan ayni ahmoqgarchilikni takrorlashi hayratga soladi… Va har bir shunday hodisa ortida insonlar fojeasi…

Bizning shahar jimgina o‘lar…
U qum – tuproqqa aylanadi.
Va faqat atrofning sokin yog‘dusi
Hamon satrlarga boylanadi.
Uni chopishar bamaylixotir,
har soat ildiziga bolta urishar,
Bizning shahar jimgina yo‘q bo‘lar,
bizlardan ertaroq…
Bizning shahar kun sayin mengzaydi
Bir sarob, arvohga.
Bizning shahar og‘riqla yuz tutar,
Shu zayl samoga.
Bizning shahar ortiq
bizniki emas…

(Bax Ahmedov, she'r muallifi)

Yana bir qo‘shimcha… Ko‘pincha biz Sobyaninni (Moskva hokimi) qanday so‘kishayotganini eshitamiz, o‘qiymiz… Albatta, bunga bir sabab bo‘lsa kerak. Lekin uning kallasiga hech qachon eskirib qolgani uchun «Ostojenka»ni yoki «Eski Arbat»ni buzish fikri kelmagan bo‘lsa kerak.

Lola Ahmedova
Ijtimoiy media blogeri

Tag‘in o‘qing
26 avgust 2022
30 yildirki sargardonlikda, avval Norvegiyada keyin Turkiyada yashayotgan Muhammad Solih yangi kulliyoti – asarlar to‘plami ustida ishlamoqda. Unga bir ...
15 sentyabr 2016
O‘zbekistonda hukumat vakillari har yilgi paxta mavsumini urush jabhasiga tenglashtirishadi. Ko‘pincha selektor tarmog‘i orqali Bosh vazir (endilikda prezident) Shavkat ...
28 fevral 2019
So‘nggi ikki yil davomida O‘zbekiston bir necha bor yanada ochiq bozor iqtisodiyotiga o‘tishi haqida e'lon qildi. Asta-sekin bu o‘zgarishlar ...
15 iyun 2022
30 yildan buyon Toshkentda ishlayotgan turkiyalik 56 yoshli tadbirkor Ug‘ur Aqin (Ugur Akin) “New Life Insurance” MChJdan ikki million ...
Bloglar
11 may 2024
1944 yilning 11 mayida Stalin barcha qrim tatarlarini Qrimdan surgun qilish haqidagi mash'um qarorni imzoladi. ...
6 may 2024
Hayrli kun! Urganch shahrida yashayman. Bugun quyidagi voqea yuz berdi: men avtobusda telefonda gaplashib turgandim. ...
30 aprel 2024
1990 yilning 30 aprelida mustaqil O‘zbekiston tarixidagi ilk demokratik partiya – «Erk»ning ta'sis qurultoyi bo‘lib ...