UzPoster
21 fevral 2023

Rassom Tuz: Populist bo‘l, insof bilan bo‘l!

O‘zbekiston rahbariyati konstitutsiyani ochib o‘qib ko‘rsa bo‘lardi. (Harf taniydi degan yaxshi niyatdamiz) Konstitutsiyada vatandoshlarning teng huquqli ekani va hech bir din mamlakatda hukmron mafkura emasligi aniq yozilgan. O‘zbekiston byudjeti butun xalq to‘lagan soliqdan tarkib topadi. Byudjetni Abdulla G‘arib Parkentdagi dala hovlisida ekkkan qulupnayini sotib shakllantirmaydi. Soliqni musulmonlar bilan birga boshqa dindagilar, agnostik, deist va ateistlar ham to‘laydi. Asosan o‘rtahol va boylar soliq to‘laydi. Aholining musulmon qashshoq qismiga imtiyoz berib, ularni byudjet hisobidan tekin umraga yuborilishi KONSTITUTsIYa BUZILIShIDIR. Teng huquqlilik printsipi buzilishi bu. Mamlakat rahbariyatidan qattiq iltimos qilaman: yo bu konstitutsiyani bekor qip tashanglar yoki jiddiy o‘qib amal qilinglar. Kattaning aytgani konstitutsiyaga zid bo‘lsa, kattani gapi emas, qonun ustivor bo‘lishi kerak. Populist bo‘l, qashshoqqa qayish, ammo insop bilan bo‘l! @eltuz2022

Tag‘in o‘qing
5 iyul 2019
“Yoshim yetmishdan oshdi. 50 yildan ortiq haydovchilik tajribam bor. Lekin peshonada bor ekan, nevaram tengilar bilan yana haydovchilikka o‘qiyapman”. ...
19 dekabr 2016
Taniqli xonanda Ozoda Nursaidova 17 dekabr kuni o‘zining instagramm sahifasida Shavkat Mirziyoevdan kechirim so‘rashi haqida yozdi va saylovda unga ...
2 aprel 2016
Bu albatta bir xazil maktub, masalaning jiddiy tomoni, «VimpelCom” chindan ham feyk-hisobotlar uchun Gibraltarda ro‘yxatga olingan Gulnora Karimovaning bank ...
31 iyul 2023
Shaxrixonsoyda uch o‘spirin jasadi topildi. 30 iyul kuni Andijon viloyati Xo‘jaobod tumanidan oqib o‘tuvchi Shahrixonsoydan uchta o‘spirin yigit murdasi ...
Bloglar
30 aprel 2024
1990 yilning 30 aprelida mustaqil O‘zbekiston tarixidagi ilk demokratik partiya – «Erk»ning ta'sis qurultoyi bo‘lib ...
21 aprel 2024
Kartinani kecha uyimga olib keldim. Bir kecha termilib yotmoqchi edim. Lekin imkon bo‘lmadi. Doimgidek hayot ...
6 aprel 2024
Bugungi kunda rus propagandasi faqat rus telekanallari orqali berilyapti degan odam qattiq yanglishadi, chunki propaganda ...