Dayjest
18 yanvar 2016

Militsiya niqobidagi firibgarlar va Samarqanddagi o‘g‘irlik

Rejalar zo‘r, aslidachi?

Rasmiy nashrlarda yozilishicha, O‘zbekiston prezidenti Vazirlar Mahkamasi yig‘ilishida mamlakatning yalpi ichki mahsulotini 2030 yilgacha 2 barobar oshirish rejasini e'lon qilgan.

Islom Karimovning aytishicha, mamlakatda YaIMning 2016-2030 yillarda 2 barobar ko‘payishiga erishish uchun o‘rtacha yillik o‘sish sur'atlari 4,8 foiz darajasida bo‘lishini ta'minlash zarur.

“Agar keyingi 11 yilda bu ko‘rsatkich 8 foizdan yuqori bo‘lib kelganini hisobga oladigan bo‘lsak, bu vazifani amalga oshirish uchun mustahkam asos va zamin borligi yaqqol ayon bo‘ladi”, deydi prezident.

Birorta nashr: “Agar 11 yildan beri uzluksiz ravishda 8 foizdan oshiq o‘sishga erishib kelayotgan bo‘lsak, demak bu davrda YaIM kamida 3 barobar oshgan bo‘lishi kerak edi-ku. Nega bu hayotda ko‘zga tashlanmayapti”, deya mulohaza qilib ko‘rmagan.

Shuningdek, I.Karimov 2020 yilgacha mamlakatda paxta xomayoshsi yetishtirish hajmi 3 million 350 ming tonnadan 3 million tonnaga bosqichma-bosqich qisqartirilishini ham ma'lum qilgan.

Oylik oshishi narx-navoga qanday ta'sir etadi?

“Tasvir” gazetasi mamlakatda byudjet tashkilotlari xodimlari maoshini oshirish to‘g‘risidagi farmon chiqar-chiqmas bozordagi narx-navo birdan keskin oshib ketishiga munosabat bildiradi.

“Bu savdo sohasidagi yurtdoshlarimizning insofi bilan bog‘liq masala. Qolaversa, bozorda haqiqiy dehqonni uchratish mahol bo‘lib qoldi. Rastayu peshtaxtalarni olibsotarlar egallab olgan”, deyiladi gazetada.

Shuningdek, gazeta qishloq xo‘jaligi mahsuloti bozorga yetib kelgunga qadar uchta qo‘ldan o‘tishini ham yozadi.

Militsiya niqobidagi firibgarlar

Shuningdek, “Tasvir” gazetasi o‘zini ichki ishlar xodimi deya tanishtirgan holda firibgarlik bilan shug‘ullangan jinoyatchilar qo‘lga olinganini ham ma'lum qildi.

Gazetaning yozishicha, jinoyatchilar o‘zlarining militsiyada ishlashini aytib, IIBda saqlanayotgan Pavel Chexiryov ismi shaxsni ozod qilish uchun uning tanishlaridan avval 100 AQSh dollari, so‘ng esa 670 ming so‘m undirgan.

Jinoyatchilarning har biri besh yil muddatga qamoq jazosiga hukm qilingan.

Ijtimoiy tarmoqlar kim uchun xavfli?

“Adolat” gazetasi ijtimoiy tarmoqlar “qarmoq”qa aylanib qolmasligi haqida qayg‘uradi.

Gazetaning mutaxassislar xulosasiga tayanib yozishicha, “Facebook”, “Odnoklassniki”, “Twitter”, “Instagram” kabi ijtimoiy tarmoqlar “domiga tushgan” yoshlarda begonalarga ishonish darajasi yuqori bo‘ladi.

“Bugun terrorizm, odam savdosi, fohishabozlik, giyohvandlik, qurol-yarog‘ savdosi singari umuminsoniy illatlar ishtirokchilari aynan shunday ishonuvchan bolalar bo‘lgandir”, deya mulohaza qiladi gazeta.

“Islomiy davlat” jangari filmlarni yaxshi ko‘radimi?

“Huquq olamida” gazetasi zo‘ravonlik, jangarilik sahnalari namoyish etiladigan filmlar, ayniqsa, yoshlar ruhiyatiga salbiy ta'sir etishi haqida maqola e'lon qildi.

“Odamlar ruhiyatini yaxshi o‘rgangan, o‘zlarini “Islomiy davlat” deb ataydigan terror tashkiloti Iroqning Mosul shahrida faqat zo‘ravonlik aks etgan filmlar namoyish etiladigan kinoteatr ochdi. Shafqatsiz filmlar namoyish etish orqali terrorchilar o‘z saflariga yangidan yangi kallakesarlarni jalb qilishga urinmoqda”, deb yozdi gazeta.

O‘zbekistonning harbiy xarajatlari o‘sishda davom etadi

Sputniknews-uz.com internet nashrining Strategicdefenceintelligence.com ga asoslanib yozishicha, O‘zbekiston harbiy byudjeti 2007 yildan beri to‘xtovsiz ravishda o‘sib kelmoqda. 2014 yilda respublika harbiy byudjeti 2,2 mlrd dollarni, 2015 yilda 2,4 mlrd dollarni tashkil etgan. 2019 yilga kelib ushbu ko‘rsatkich 3,4 mlrd dolllarga yetishi taxmin qilingan.

O‘zbekiston Qurolli kuchlarida taxminan 65 ming askar va zobit xizmat qilmoqda, deb xabar beradi nashr.

Samarqandda davlatning katta miqdordagi mablag‘i talon-toroj qilingan

Sputniknews-uz.com nashrining “Samarkandskiy vestnik” gazetasiga tayanib yozishicha, 2015 yilda prokuratura tomonidan o‘tkazilgan tekshiruvlar natijasida, yo‘l qo‘yilgan qoidabuzarliklar, xususan, ijtimoiy to‘lovlarni belgilash, oyliklarga qo‘shib yozish, o‘z vaqtida to‘lamaslk, pensiya va boshqa ijtimoiy to‘lovlarini banklar, javobgar shaxslar va tashkilotlar tomonidan o‘g‘irlash holatlari aniqlangan.

Byudjet tashkilotlarini tekshirish vaqtida bir qator moliyaviy qoidabuzarliklar aniqlangan. 2015 yilda byujdet mablag‘larini ishlatish borasidagi qoidabuzarliklar 16,5 mlrdni tashkil qilgan, ulardan 2,2 mlrd so‘mi o‘g‘irlangan. Birgina Samarqand shahrining o‘zida 1 milliard 185 million so‘m byudjet mablag‘i o‘marilgan.

Viloyatdagi mazkur qonunbuzarliklar yuzasidan viloyat prokuraturasi 2015 yilda 125 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atgan.

Tag‘in o‘qing
5 noyabr 2016
O‘zbekiston Xalq shoiri, O‘zbekiston qahramoni Abdulla Oripov 5 noyabr kuni ertalab AQShning Xyuston shahrida 75 yoshida vafot etdi. Eltuz.com ...
6 mart 2019
“Milliy tarix” mohiyatan konstrukt ekanligi haqida ko‘p gaplashganmiz. Bugungi o‘zbek milliy tarixi o‘tgan asrning 20–40-yillarida Yakubovskiy va boshqa olimlar ...
1 oktyabr 2020
24 sentyabr kuni andijonlik bokschi Hasan Ergashev “Damas” boshqaruvidagi IIB xodimi Saidjon G‘ofurjonovni do‘pposladi.  Kapitan “Damas” rusumli xizmat avtomashinasini ...
16 may 2019
Haqiqatga qaysi tomonidan qarasang ham bir xil ko‘rinadi, deyishadi. Mahmud Rajab -shoir, yozuvchi, shu millatning chin bir fidoiysi, Matnazar ...
Bloglar
6 may 2024
Hayrli kun! Urganch shahrida yashayman. Bugun quyidagi voqea yuz berdi: men avtobusda telefonda gaplashib turgandim. ...
30 aprel 2024
1990 yilning 30 aprelida mustaqil O‘zbekiston tarixidagi ilk demokratik partiya – «Erk»ning ta'sis qurultoyi bo‘lib ...
21 aprel 2024
Kartinani kecha uyimga olib keldim. Bir kecha termilib yotmoqchi edim. Lekin imkon bo‘lmadi. Doimgidek hayot ...