Asosiy mavzular
31 avgust 2017

«Men bu tushni ko‘rganman oldin…»

Qudrat Bobojon 1965 yil Urganch shahrida tug‘ilgan. ToshDUning jurnalistika fakultetini tamomlagan. Bi-Bi-Si, Ozodlik radiolarining mintnaqaviy muxbiri bo‘lgan. «Urush va tinchlikni yoritish» institutida ishlagan. Ayni paytda Shvetsiyada yashaydi.

Ko‘hna Urganch

Men bu tushni ko‘rganman oldin,
Nohush ta'biri ham esimda:
Borarmishman bo‘shliqqa qarab,
Kelar emish Qo‘rquv izimdan.

Bosib kelar emish kun sayin,
Bosib kelar emish kun sayin…
So‘ngra Vahm-Zulumot bilan
Boshlar emish bir makkor o‘yin.

Ko‘zlarining soqqasi chiqqan
Olomonga o‘xsharmish Qo‘rquv.
Butun Turon emish zanjirband,
Butun yurtni elitmish uyqu…

Va zanglagan zanjirlarini
Shaldiratib yurarmish Qullik.
Bu Qullikning basharasiga,
Ko‘zlariga boqarmishman tik.

Shaldiratib yurarmish Qullik,
Shaldiratib kelarmish zanjir.
Oyoqlari ostida uning
Uch yuz oltmish qabriston ham jim…

Huvillarmish buyuk qabrlar,
Tebranarmish zangilar qalt-qalt.
Uch yuz oltmish zanjir xalqasi,
Uch yuz oltmish xalqa emas – xalq!

Uch yuz oltmish avliyo ham jim,
Ko‘zlarimga munglig‘ yosh qalqar.
Men bilmadim, yo anglamadim,
Nechukdir jim emish bu xalqlar?

Bu yerlarni ortiq kezmadim,
So‘ng xonamda bir o‘zim qoldim…
Eslayapman, barin esladim!
Men bu tushni ko‘rganman oldin.

Qudrat Bobojon
Ozodlik ohanglari
eltuz.com

Tag‘in o‘qing
17 noyabr 2020
Farg‘ona viloyati Beshariq tumani hokimi Rasuljon Jo‘raevning o‘z qo‘li ostidagilarni so‘kishlari aks etgan audio 16 noyabr kuni ijtimoiy tarmoqlarda ...
20 noyabr 2020
Assalom alaykum, Eltuz! Biz Buxoro viloyati Shofirkon tumanidan murojaat qilyapmiz. Havo harorati tushishi bilan quvurlardan kelayotgan gaz bosimi keskin pasayib ketdi. ...
4 may 2015
Shuhrat Bobojon Eltuz.com Bu partiya men orzu qilgan ikki maqsadni ko‘zlagan edi. Birinchisi Sovet Ittifoqidan butkul ajralib chiqib erkin ...
20 dekabr 2017
O‘zbekistondagi huquq-tartibot xodimlariga daromad va mol-mulklarini deklaratsiyalash majburiyati yuklatilishi haqida qonun loyihasi tayyorlanmoqda. «Qonun loyihasida mansabdor shaxslar, shu jumladan, ...
Bloglar
30 aprel 2024
1990 yilning 30 aprelida mustaqil O‘zbekiston tarixidagi ilk demokratik partiya – «Erk»ning ta'sis qurultoyi bo‘lib ...
21 aprel 2024
Kartinani kecha uyimga olib keldim. Bir kecha termilib yotmoqchi edim. Lekin imkon bo‘lmadi. Doimgidek hayot ...
6 aprel 2024
Bugungi kunda rus propagandasi faqat rus telekanallari orqali berilyapti degan odam qattiq yanglishadi, chunki propaganda ...