Multimedia
26 sentyabr 2017

«Podshoga shak keltirgan» o‘zbek yozuvchisi Toshkentga qaytmoqda

26 sentyabr kuni tanqidiy fikrlari uchun o‘zbek hukumatining qora ro‘yxatiga kiritilgan 63 yoshli yozuvchi Nurilla Otaxonov Turkiyadan Toshkentga yo‘l oldi.

Uchish oldidan «Eltuz» nashriga intervyu bergan Nurilla Otaxonov qora ro‘yxatda bo‘lganini, undan o‘chirilgan kuni bilganini aytadi.

«Meni qora ro‘yxatga kiritishganini, ochig‘i ro‘yxatdan o‘chirilgan kunim bildim», deydi u «Eltuz» muxbiri bilan suhbatida. Biroq u buni 2013 yili ishdan bo‘shatilgach, sezganini aytadi.

«Ko‘p joylar meni ishga taklif qiladi. Boraman, hujjatlarim qaergadir ketadi. Keyin bir hafta ikki hafta o‘tib, yo‘q, ishga qabul qila olmaymiz, deyishadi. Demak meni qandaydir qora ro‘yxatga kiritishgan ekan»

2016 yili, Turkiyaga safar qilgan adib, u yerda o‘zining mashxur «Bu kunlar» kitobini chop qiladi. Uning bu asarida O‘zbekistondagi o‘zgacha fikrlovchilar, jumladan, dindorlar va siyosiy muxolifatga qarshi repressiyalar qoralangan.

O‘sha yili Andijonlik 37 yashar masjid noibi Botirjon Tojiboev Nurilla Otaxonovni “Podshoga shak keltirgan” o‘zbek yozuvchisi deb atagan edi.

«Kitob e'lon qilinganidan keyin shov-shuv bo‘lib ketdi. Islom Karimov tirik edi u paytlar. Ko‘pchilik menga endi qaytmang O‘zbekistonga deyishdi, shu zayl muxojirlik ikki yilga cho‘zildi. Biroq, xamisha yuragim vatanga talpinib turdi» dedi u Toshkentga   qaytish oldidan «Eltuz» muxbiri bilan qilgan suhbatida.

Video: https://youtu.be/ToHCkZC03A4

Eltuz.com

 

Tag‘in o‘qing
15 may 2017
Chinozlik «Ahmadboy» nomi bilan mashhur bo‘lgan Ahmad Tursunboev tomonida tashkil etilgan moliyaviy piramida faoliyatiga barham berilganiga ham bir yilga ...
12 sentyabr 2016
Bosh Vazir Shavkat Mirziyoev o‘zining mushtumzo‘rligi bilan, shuningdek, Toshkentdagi aholi uy-joylarini, garajlarini buzish, poytaxt aholisini ommaviy tarzda shahar chekkasidagi ...
28 iyul 2017
O‘zbekiston Bosh prokuraturasi marhum prezidentning to‘ng‘ichi Gulnora Karimova jinoyatiga oid tafsilotlarini ochiqladi. Bunga ko‘ra, u 5 yilga qamalgan, ikkinchi ...
17 may 2023
Bundan 10 yilcha oldin Pragada daryo toshib, uylarni g‘arq qiladi degan gapni ofatdan bir kun oldin aytishdi. Qiziq tuyg‘u ...
Bloglar
30 aprel 2024
1990 yilning 30 aprelida mustaqil O‘zbekiston tarixidagi ilk demokratik partiya – «Erk»ning ta'sis qurultoyi bo‘lib ...
21 aprel 2024
Kartinani kecha uyimga olib keldim. Bir kecha termilib yotmoqchi edim. Lekin imkon bo‘lmadi. Doimgidek hayot ...
6 aprel 2024
Bugungi kunda rus propagandasi faqat rus telekanallari orqali berilyapti degan odam qattiq yanglishadi, chunki propaganda ...