Asosiy mavzular
14 fevral 2019

Qor ostidan oson pul topayotgan «dangasalar» videosi tarqaldi

12 fevral kuni tarmoqda Sankt-Peterburgda qor kurayotgan o‘zbeklar videosi tarqaldi.

«Pul topish juda oson. Qorlarning tagidan pul chiqadi. Necha kundan beri yig‘ib yotibmiz. Yozda bo‘lsa barg tozalaymiz, barglarning tagidan pul chiqadi», deydi piterlik gasterbayter va qorkurak bilan qalinligi tizzadan baland qorlar orasidan 200 rubl va 100 dollar «pul topib» ko‘rsatadi.

Izohlardan ma'lum bo‘lishicha, bu video Rossiyaga O‘zbekistondan faqatgina dangasalar, ishyoqmaslar ketadi, degan gaplarga o‘zbek gastarbayterining navbatdagi o‘ziga xos achchiq hazil aralash javobidir.

«Bu Moskvaga kelganlar pul qazib oladi, deganlarga… Sizlar ham kelinglar, 17, 22 qavatli uylarga chiqib qor kurab ko‘ringizlar… Qiyinchiligini ko‘rasiz… Keyin ahvollaringizni tomosha qilish kerak… Musofirning noni mana shunaqa qiyinchilik bilan keladi…», deya yozadi bu fikrni davom ettirib Azizbek Jo‘raev.

O‘zbekistonning 2016 yili o‘lgan prezidenti Islom Karimov ish topish ilinjida xorijga chiqib ketganlarni «dangasa» deb atab, ulardan ijirg‘anishini bildirgan edi.

Karimov o‘lganidan keyin ham uning o‘zbek gasterbayterlari haqidagi gaplari atrofidagi munozara to‘xtamadi.

Yana bir feysbuk yuzeri Sanamoy Alibekova esa yosh yigit-qizlarning mamlakatni tark etayotganini O‘zbekistonda munosib ish yo‘qligi bilan bog‘laydi.

«Ayrim qo‘shtirnoq ichidagi rahbarlar faqat o‘zini o‘ylaydi. O‘zimizda ish yo‘q. Bor bo‘lsa ham xizmatchilar o‘z ishlarini emas, hokimiyat buyurgan ishlarni qilib yurishadi. Ekin-tikin, «uyingizni, dumingizning tagini tozalang!» deb ko‘chadagi ishlarni qilib, ishxonadan kech qaytishadi. O‘ylashmaydiki, ularning uyi, bola-chaqasi bor. Ishimdan ajralib qolmay deb majbur ishlashyapti», deydi Alibekova.

Eltuz.com

Tag‘in o‘qing
8 yanvar 2019
Shvetsiyada terrorchilikni moliyalash va teraktlar tayyorlashda gumon qilingan olti nafar o‘zbek ustidan sud 7 yanvar kuni ertalab Ctokgolm okgrug ...
13 fevral 2024
Tarmoqning o‘zbek segmenti o‘zbek davlat ramzlariga nafratni parvarishlamoqda. Ijtimoiy tarmoqlarda mahalla raisi va faollarning davlat madhiyasini kuylayotgani masxara qilingan ...
18 sentyabr 2020
Yaxshilik, ezgulik va odamlarga qayishish haqida gapirgim keldi bugun. Ko‘zlarimga xunuk dunyoni ham go‘zal ko‘rsatadigan rangli ko‘zoynak taqqim keldi. ...
1 iyul 2022
Qullik zehniyati nima degani, bilasizmi? Birgina qorni uchun ajnabiyga tobe bo‘lgan xalqda qullik zehniyati bor. Misol uchun, «Mustaqillik bizga ...
Bloglar
6 may 2024
Hayrli kun! Urganch shahrida yashayman. Bugun quyidagi voqea yuz berdi: men avtobusda telefonda gaplashib turgandim. ...
30 aprel 2024
1990 yilning 30 aprelida mustaqil O‘zbekiston tarixidagi ilk demokratik partiya – «Erk»ning ta'sis qurultoyi bo‘lib ...
21 aprel 2024
Kartinani kecha uyimga olib keldim. Bir kecha termilib yotmoqchi edim. Lekin imkon bo‘lmadi. Doimgidek hayot ...